Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet16/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bо‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar о‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni echish, yuridik xizmatlar kо‘rsatish va shunga о‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarining oldiga qо‘yilgan maqsadlar xilma-xil bо‘lganligi uchun bu sektor о‘zining ham juda keng va rang-barang bо‘lishi, tabiiydir.
Notijorat sektorning bir guruh korxonalari, asosan, о‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sektori, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, bir necha miqdoriy tavsifnomalarning (kо‘rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga о‘xshash tavsifnomalarga (kо‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:
-notijorat tashkilotlarining soni. Evropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4 ta notijorat tashkiloti tо‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda etakchi hisoblanib, bu erda har 1000 kishiga 21 tadan tо‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu kо‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3 ga tengdir;
-notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bо‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining о‘rtacha 3,4 foiz ishlaydi (Vengriyada-1 foizdan boshlab, AQShda-7 foizgacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat kо‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qо‘shimcha ish о‘rinlarining yaratilishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bо‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi;
-notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. Bu kо‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning о‘rtacha 3,5 foizini tashkil etadi (Vengriyada-1,2 foiz, AQShda-6,3 foiz). Rossiyada bu raqam 2 foizga tengdir.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bо‘la borib, bu erda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi tо‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xо‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yо‘naltirilganligi;
-e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;
-bozor xо‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qо‘shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh asosiy guruhga ajratish mumkin:
-byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);
-tijorat faoliyati:
- tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
-aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar bо‘yicha olinadigan daromadlar;
-notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xо‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
-va boshqalar.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, kо‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy qurbonliklarning miqdori 1 foizdan (Yaponiyada) 20 foizgacha (AQShda) tebranadi va о‘rtacha 11 foizni tashkil etadi.
Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26 foizdan (Germaniya) 71 foizgacha bо‘lib, uning о‘rtacha darajasi 48 foizga tengdir. Notijorat tashkilotlarining о‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23 foizdan (Vengriya) 71 foizgacha tebranib, uning о‘rtacha darajasi 41 foizdan iboratdir.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bо‘lishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan tо‘g‘ri (bevosita) qо‘llab-quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:
-tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
-hamkorlikda moliyalashtirish;
-davlat ijtimoiy buyurtmasi.
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi tо‘lovlari va boshqa shunga о‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish