Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Uy xо‘jaliklari daromadlari



Download 5,22 Mb.
bet65/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

3. Uy xо‘jaliklari daromadlari
Ma’lum bir davrda uy xо‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bо‘ladi, miqdoriy va sifat kо‘rsatkichlari tizimi bilan о‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga kо‘ra turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi.
Eng umumiy kо‘rinishda, uy xо‘jaliklarining jami daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
-uy xо‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
-uy xо‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular о‘z-о‘zini ta’minlashga mо‘ljallangan uy xо‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bо‘ladi.
Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
- shaxsiy yordamchi xо‘jalikdan olingan mahsulotlar;
- uy xо‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xо‘jaligi korxonalaridan olingan natural tо‘lovlar.
Rasmiy (shakliy) belgisiga kо‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bо‘yicha) uy xо‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi ijtimoiy transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural kо‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan, bu mablag‘lar uy xо‘jaliklarining о‘z-о‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bо‘laolmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, uy xо‘jaliklarining jami daromadlarida natural daromadlarning salmog‘i uncha katta bо‘lmagan qismni tashkil etadi. SHunday bо‘lishiga qaramasdan, uning darajasi (salmog‘i) alohida olingan uy xо‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda о‘zgarib turishi mumkin.
Shu munosabat bilan qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bо‘ladi. Bir vaqtning о‘zida uy xо‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va xokazo) noqulay shart-sharoitlariga о‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bо‘lib hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xо‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xо‘jaliklarining hayotiychanligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi.
Uy xо‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisoblanadiki, ular quyidagi kо‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (о‘lchanadi):
-nominal daromadlar;
-ega bо‘lingan daromadlar;
-real daromadlar.
Uy xо‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari majmuining (tо‘plamining) puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi. Bu kо‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bо‘lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xо‘jaliklari nominal daromadlarining YAIMdagi salmog‘i har bir mamlakat milliy xо‘jaligining rivojlanish darajasiga bog‘liq bо‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75 foiz atrofida tebranadi.
Bir vaqtning о‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar о‘rtasidagi farqni anglamoq (kо‘ra bilmoq) lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin tо‘lanmagan daromadlar, shuningdek, о‘tgan (oldingi) davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar о‘lchamiga (miqdoriga, summasiga) farqlanadi. Ish haqi bо‘yicha tо‘lash muddati о‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bо‘lishi о‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar tо‘langanidan sо‘ng uy xо‘jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xо‘jaligining ega bо‘lingan daromadi deyiladi.
Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mо‘ljallangan. YOppasiga (jamiga) о‘lchanishda (о‘lchanganda) ega bо‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YAIMning tegishli qismiga mos (teng) keladi. Uy xо‘jaliklari ega bо‘lingan daromadlarining о‘sishi aholining moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakat-larda uy xо‘jaliklari ega bо‘lingan daromadlarining YAIMdagi salmog‘i 70foizni tashkil etayapti.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish