Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet67/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Xususan, klassifikatsiya me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib о‘tish maqsadga muvofiqdir:
- iqtisodiy mazmuniga kо‘ra;
- ijtimoiy tо‘lanmalarning shakli bо‘yicha;
- moliyalashtirish manbalariga kо‘ra.
Iqtisodiy mazmuniga kо‘ra ijtimoiy tо‘lanmalarning quyidagi kо‘rinishlari mavjud:
- mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bо‘lgan tо‘lanmalar - mehnat, ijtimoiy va harbiy pensiyalar;
- ijtimoiy xarakterdagi (tavsifdagi) tо‘lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola parvarishi bо‘yicha, homiladorlik va tug‘ish bо‘yicha);
- individual foydalanish xizmatlari bilan bog‘liq bо‘lgan tо‘lanmalar-sog‘liqni saqlash, maorif, boshqa notijoriy tashkilotlar xizmatlarini tо‘lash;
- cheklangan harakatga ega bо‘lgan tо‘lanmalar – ishsizlik bо‘yicha nafaqalar, stipendiyalar.
О‘zlarining shakli bо‘yicha ijtimoiy tо‘lanmalar quyidagi kо‘rinishlarga ega bо‘lishi mumkin:
- pensiyalar - mehnat, ijtimoiy va harbiy pensiyalar;
- nafaqalar - kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi, ishsizlik bо‘yicha nafaqa va boshqalar;
- stipendiyalar - oliy, о‘rta - maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar о‘quvchilariga, aspirantlarga stipendiyalar;
-imtiyozli tо‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar - uy-joy - kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriya - kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini tо‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar;
- sug‘urta qoplamalari - kо‘zda tutilmagan sabablar bо‘yicha sug‘urta hodisa rо‘y bergandagi tо‘lanmalar;
- moddiy yordam - ishsizlar, qochoqlar va majburiy kо‘chib о‘tganlarga bir martalik tо‘lanmalar va boshqalar.
Moliyalashtirish manbalariga kо‘ra ijtimoiy tо‘lanma-larning quyidagi kо‘rinishlari bor:
- barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy tо‘lanmalar: respublika byudjetidan - urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash choralari; mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan - mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qо‘shimchalar;
- davlat maqsadli fondlarining byudjetlaridan moliyalashtiriladigan ijtimoiy tо‘lanmalar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan - mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan - vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va xokazo
- korxonalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy tо‘lanmalar-pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va boshqalar;
- kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan moliyalash-tiriladigan ijtimoiy tо‘lanmalar-oilaviy holatlarga kо‘ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.
Yaxlit olinganda uy xо‘jaliklari daromadlarining ijtimoiy tо‘lanmalar kо‘rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, boshqa ijtimoiy va sug‘urta tushilmalarini о‘zida birlashtiradi. Ijtimoiy tо‘lanmalarni moddiy -buyumlashgan tarkibiga kо‘ra uch kо‘rinishga ajratish mumkin:
- pul mablag‘lari bilan yordamlashuv;
- imtiyozlar;
- natural kо‘rinishdagi yordam.
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning echilishini kо‘zda tutadi:
- imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini о‘zgartirish (natural imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va byudjet resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji bо‘lmagan kо‘plab imtiyozlarni bekor qilish;
- ob’ektiv ravishda muhtoj bо‘lgan, kasbiy me’zonlari va alohida xizmatlari belgilari bо‘yicha manzilli qо‘llab - quvvatlashga о‘tish;
- ijtimoiy qо‘llab - quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini qattiq (keskin) chegaralash.
Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi ijtimoiy transfertlarni (tо‘lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga о‘tishning samarali adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xо‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbatdagi muhim manba bо‘lib xizmat qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy biznesni yuritish va uy xо‘jaligida tо‘plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog‘liq bо‘lmagan holda vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari doirasida vujudga keladi.
Keyingi yillarda uy xо‘jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan olinadigan daromadlarning salmog‘i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy xо‘jaliklarining mulkida bо‘lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat.
Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag‘larini bank omonatlariga, qimmatli qlg‘ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar uy xо‘jaliklariga tegishli bо‘lgan uy-joy binolari va er uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bо‘ladi.
SHunday qilib, kо‘rinib turibdiki, uy xо‘jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari quyidagi kо‘rinishlarda amal qiladi:
- foizlar;
- dividentlar;
- rentalar.
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bо‘lgan xususiy mulkchilik institutlarining rivojlanishi uy xо‘jaliklari daromadlarining umumiy summasida mulkdan olinadigan daromadlarning yanada о‘sishiga olib kelishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Uy xо‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasi bir - biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning tabaqalanishi (differensiatsiya qilinishi) juda kо‘p ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida sodir bо‘ladi. Ularning eng asosiylari quyidagilardir:
- mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);
- oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, о‘lchami (kо‘lami),
ijtimoiy maqomi, jamg‘arilgan (tо‘plangan) boyligi;
-inson kapitaliga quyilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, ularning о‘sish salohiyati).
Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bо‘lmagan holda daromadlarning differensiatsiya qilinganligi (tabaqalangan-ligi) barcha mamlakatlar uchun xos. Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini koeffitsienti (daromadlarning konsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol kо‘rsatadi. Uning umumiy kо‘tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bо‘linganligidan darak beradi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning о‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda barqaror pozitiv (ijobiy) tendensiyalarning shakllanishi, daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarali instrumentlari, kambag‘allikni (qashshoqlikni) ogohlantirish mexanizmlari uy xо‘jaliklarida ega bо‘lingan real pul daromadlarining о‘sishiga, daromadlarning notengligi muammosini silliqlashtirishga (yumshatishga) о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish