Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Uy xо‘jaliklari xarajatlari



Download 5,22 Mb.
bet68/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

4. Uy xо‘jaliklari xarajatlari
Uy xо‘jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy tо‘lovlarni amalga oshirishga va jamg‘arishga yо‘naltiriladigan pul mablag‘lari uy xо‘jaliklari byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etib, ularning xarajatlari deyiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda uy xо‘jaliklarining xarajatlari quyidagilar bо‘yicha klassifikatsiya qilinadi:
- davriylik nuqtai - nazaridan;
- xarajatlarning turlari (kо‘rinishlari) bо‘yicha;
- xarajatlarning funksional mо‘ljallanganlikka bog‘liq-ligiga kо‘ra;
- majburiylik darajasi bо‘yicha;
- tо‘lovlarning avtonomlilik xarakteriga kо‘ra;
- iste’mol va jamg‘arishga yо‘naltirilayotgan real pul xarajatlarining turlari (kо‘rinishlari) bо‘yicha.
Davriylik nuqtai-nazaridan uy xо‘jaliklarining xarajatlari quyidagilarga bо‘linadi:
- qisqa muddatli xarajatlar;
- о‘rta muddatli xarajatlar;
- uzoq muddatli xarajatlar.
Xarajatlarning turlari (kо‘rinishlari) bо‘yicha uy xо‘jaliklarining xarajatlari quyidagilardan tarkib topadi:
- joriy xarajatlar;
- kapital xarajatlar.
Uy xо‘jaliklarining xarajatlari funksional mо‘ljal-langanligiga kо‘ra quyidagilardan iborat:
- shaxsiy iste’mol xarajatlari;
- soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar;
- pul tо‘planmalari va jamg‘armalar.
Avtonomlilik xarakteriga kо‘ra uy xо‘jaliklarining xarajatlari ikkiga bо‘linadi:
- daromadlarning о‘lchamiga (kо‘lamiga) bog‘liq bо‘lmagan va hayotiy minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy, qattiq) xarajatlar;
- daromadlarning dinamikasiga bog‘liq bо‘lgan elastik xarajatlar.
Ayrim hollarda uy xо‘jaliklari xarajatlarining ana shunday klassifikatsiyalanishi doirasida kam elastikli xarajatlar alohida guruhga ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy-kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini tо‘lash bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar kiritiladi.
Real pul xarajatlarining turlari (kо‘rinishlari) bо‘yicha ham uy xо‘jaliklarining xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:
- iste’molga yо‘naltirilgan xarajatlar;
- jamg‘arishga yо‘naltirilgan xarajatlar
Uy xо‘jaliklarining iste’molga yо‘naltirilgan xarajatlari (iste’mol xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega bо‘lingan daromadning bir qismidan iborat.
Iste’mol xarajatlarining kо‘lami quyidagilar bog‘liq:
- ega bо‘lingan daromadga;
- baholar darajasiga;
- iste’molchilarning mol-mulklariga;
- real foiz stavkalariga;
- iste’mol bо‘yicha qarzdorlikning miqdoriga;
- iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xо‘jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’ektiv omillarga ham ta’sirchan bо‘lib, ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:
- iste’mol qilishga bо‘lgan intilishning chegarasi;
- baholarning о‘zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi;
- pul daromadlari;
- soliqlar;
- tovarlarning mavjudligi;
- va boshqalar.
Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xо‘jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:
- birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xarajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi;
- ikkinchidan, uy xо‘jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir etish mumkin bо‘lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy kо‘rinishi quyidagicha bо‘lishi mumkin (navbatdagi betga qarang):

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish