Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish
MAJMUA Moliya va soliqlar
Uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni tо‘lash (iste’mol xarajatlari) о‘z ichiga quyidagilarni oladi: - uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi xizmatlarini tо‘lash; - dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yо‘llanmalar xarajatlari va tibiy xizmatlarni tо‘lash; - kino, teatr va boshqa tamoshalar xarajatlari; - passajir transportining barcha turlarini tо‘lash xarajatlari; - aloqa xizmatlarini tо‘lash; - qolgan boshqa xizmatlarni tо‘lash. Majburiy tо‘lovlar va ixtiyoriy badallar uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda, о‘sish tendensiyasiga ega bо‘lib, ular quyidagi omillar bilan bog‘langan: - birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi yakka tartibdagi tadbirkorlarning xо‘jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy tо‘lovlar va yig‘imlarning ham kengashi (kо‘payishi) bilan kuzatilmoqda; - ikkinchidan, sug‘urta tizimining rivojlanishi, notijoriy sektorning о‘sishi (masalan, turli jamoatchilik tashkilotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomondan, sug‘urta bо‘yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijoriy tashkilotlarga ajratmalarni kо‘paytiradi; - uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivojlanishi uy xо‘jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bо‘yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi. Sug‘urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yо‘nalishlari faqat о‘sish tendensiyasiga ega bо‘lishi mumkin. SHuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xо‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug‘urta badallari” xarajatlar moddasining ham о‘sishiga olib keladi. Uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy tо‘lovlarida soliqlar va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xо‘jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni echishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari darajalarida daromadlarning etarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliqlar olingan daromadlardan ratsional foydalanishni rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yо‘llari bilan uy xо‘jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xо‘jaliklarining ijtimoiy muammolarini echish uchun qayta taqsimlanadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, er solig‘i va er uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy tо‘lovlar va yig‘imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxslardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini tо‘laydi. Bir vaqtning о‘zida, uy xо‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va xarajatlarining balansida majburiy tо‘lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham о‘zining ta’sirini kо‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bо‘lib, ular tovar sotib olinayotganda tо‘lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim tо‘g‘ri (bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman yoki tо‘liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi. Download 5,22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |