Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet72/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

XXI asr bо‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida tо‘rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar kuzatildi:
Birinchidan, xom - ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar о‘rtasidagi munosabatlardagi о‘zgarishlar. Xom -ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar о‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bо‘lib, ularning о‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom - ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
О‘tgan asrning 70-yillarida “Rim klubi” nomi bilan mashhur G‘arbiy Evropa olimlari “dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi”, deb bashorat qilgan edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib kо‘pgina xom-ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar xom - ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xо‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom - ashyoga bо‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir kо‘rsatdi va natijada xom - ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qо‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga о‘tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu о‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi.
Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu о‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda о‘sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma’lumotlariga kо‘ra, jahon eksporti hajmi, 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSH dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSH dollari darajasigacha о‘sgan. SHu vaqt oralig‘ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSH dollariga о‘sdi.
Bundan tashqari, uchta etakchi xalqaro moliya bozorlarida kо‘plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada о‘sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik о‘rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. SHu davrda Nьyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSH dollariga ortgan.
Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash kо‘lamining ortishi, balki ishlab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bо‘lgan talabning ortishi bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy tо‘lov balansi defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi.
Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari, xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. Sо‘nggi о‘n yillikda xalqaro kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi tо‘lov balansi defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970 - yillarda xalqaro kapitallar bozorining kengayishi xalqaro likvidlilik va moliyaviy mablag‘larning xalqaro harakatini oshishiga sabab bо‘ldi.
1971 yilning avgustiga kelib, AQSH hukumati oltinning AQSH dollariga erkin konvertilanishini bekor qildi. Bu holat amerika dollarining jahon bо‘ylab keng qо‘llanilishi va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSH hukumatining mazkur qaroridan sо‘ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib ketdilar, ayrimlarida qat’iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bо‘lsada, bu holat vaqtinchalik xarakter kasb etdi. 1973 yilda esa, suzish rejimi Yamayka konferensiyasida rasman tan olindi va XVFning a’zo davlatlariga istalgan kurs rejimini joriy qilish huquqi berildi.
Tо‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qо‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi.
XX asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat о‘zgarishlari yuz berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bо‘ldi. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining о‘zgarishi birinchi galda Transmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bо‘lib, bu о‘z navbatida, moliyaviy resurslarning yanada oqilona foydalanilishiga olib keldi.
Transmilliy korporatsiyalar о‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yо‘l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar о‘rtasidagi о‘zaro harakatlarga ta’sir etdi. Qо‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur.
О‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bо‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bо‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bо‘lgan kо‘rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi - tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib о‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash-takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va xokazo) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bо‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan kо‘ra, kо‘proq tarkibiy siyosat о‘tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm о‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xо‘jalikni jahon xо‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta’minlash maqsadida, xо‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli - ma’lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya yuz bermoqda.
О‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyot-ning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski – davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan о‘zgardi. Mamlakatlar о‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, kо‘pyoqlama tus olmoqda.
Ammo, “milliy xо‘jalik majmui”, “mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari” tushunchalari о‘z ma’nosini saqlab qolmoqda. Milliy xо‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan о‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bо‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini kо‘r-kо‘rona kо‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qо‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Umuman olganda, moliyaviy globallashuv sharoitida jahon xо‘jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish