Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Xalqaro hisob - kitob shakllari



Download 5,22 Mb.
bet78/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

4. Xalqaro hisob - kitob shakllari
Xalqaro hisob – kitoblar - bu turli davlatlarning о‘zaro va ularning yuridik shaxslari va fuqarolari о‘rtasida iqtisodiy va boshqa munosabatlarda vujudga keldaigan pullik talablar va majburiyatlarning tartibga solinishi va amalga oshirilishidir. Xalqaro hisob-kitoblar deganda, turli mamlakatlar о‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan pullik talablar va majburiyatlar yuzasidan tо‘lovlarni amalga oshirish tizimi tushuniladi.
Xalqaro hisob-kitoblar” tushunchasi:
- jahon amaliyotida ishlab chiqilgan va xalqaro hujjatlar va udumlar bilan mustahkamlab qо‘yilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish va tо‘lovlarni о‘tkazish shartlari va tartibini;
- xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha banklarning amaliy faoliyatini qamrab oladi.
Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro hisob-kitoblarning mazmunida yangi о‘zgarishlar paydo bо‘lishiga olib keldi. Xalqaro hisob-kitoblar keng qamrovli bо‘lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bо‘lmagan tо‘lovlar-sayyohlik, sport, fuqarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul о‘tkazishlar, xorijiy davlatlarda diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, о‘zga davlatlar hududida harbiy qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati bо‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni о‘z ichiga oladi.
Xalqaro hisob-kitoblarning samaradorligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- davlatlar о‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar;
- valyuta qonunchiligi;
- xalqaro savdo qoidalari va udumlari;
- bank amaliyoti;
- tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari;
- pullik hisob-kitoblar ishtirokchilarining tо‘lovga qobilligi.
О‘tish davri qiyinchiliklarini boshdan kechirayotgan davlatlarda xalqaro hisob-kitoblarning tovarlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar bо‘yicha tо‘lovlarning о‘z vaqtida kelib tushishini kafolatlovchi shakllari keng qо‘llanilishi mumkin.
Tashqi savdo shartnomalarida valyuta-moliyaviy va tо‘lov shartlari yaqqol aks ettirilib, ular sirasiga quyidagilar kiradi:
- baho valyutasi;
- tо‘lov valyutasi;
- tо‘lov sharti;
- hisob - kitob shakli.
Baho valyutasi - bu tovarning bahosi о‘lchanadigan valyuta. Ushbu valyutani tanlashda tovarning turi, hukumatlararo shartnomalarning shartlari, va ayniqsa, valyutaning barqarorligi hisobga olinadi. Shartnomada kо‘rsatilgan baho tarkibiga tovarlarni ishlab chiqarish, uni yuklash, import qiluvchi mamlakat portiga tushirish, omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni etkazib berish xarajatlari kiradi.
Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud:
1. Qat’iy belgilangan baholarni о‘rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan vaqtda о‘rnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida о‘zgarmasdan qoladi.
2. Tovarlar bahosini, shartnoma imzolanayotgan paytda yuzaga kelgan bozor bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bо‘lsa, ularning biron-bir tovar birjasida (London yoki Nьyu-York tovar birjalari va xokazo) xorijiy bahosi asosida shartnoma ijro etiladi.
3. Baho qat’iy belgilab qо‘yilishi. Ammo, shartnoma imzolanayotgan paytda tovarlarning bahosi keskin о‘zgarsa, belgilangan baho о‘zgartiriladi.
4. Tovarlar bahosi qatьiy belgilab qо‘yiladi, ammo xarajatlar tarkibida о‘zgarish bо‘lgan taqdirda belgilangan baho о‘zgartiriladi. Bu usul, kо‘pchilik hollarda, asbob- uskunalarni sotishda qо‘llaniladi.
5. Aralash shakl. Tovarlarning ma’lum qismi qat’iy belgilangan baholarda, ma’lum qismi о‘zgartiriladigan baholarda sotiladi.
Tо‘lov valyutasi - bu haqiqatda import qiluvchining majburiyati tо‘lanadigan valyuta. Agar, tо‘lov valyutasi nobarqaror valyuta bо‘lsa, unda shartnomada tovarlarning bahosi barqaror valyutada о‘lchanadi.
Tо‘lov shartlari-bu tо‘lov naqd valyutalarda yoki naqdsiz shaklda, ochiq hisob-raqamlari orqali, kredit shaklida yoki veksellar orqali amalga oshirilishi mumkinligini kelishib olishdir.
Hisob-kitob shakllari tovarni jо‘natishga oid hujjatlar va tо‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish, uzatish va tо‘lash usullari sifatida namoyon bо‘ladi.
Xalqaro hisob-kitoblar 2 guruhga bо‘linadi: hujjatlashtiriladigan; hujjatlashtirilmaydigan tо‘lovlar.
Hujjatlashtiriladigan tо‘lovlarga:
1. Hujjatlashtirilgan akkreditiv;
2. Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma tо‘lovlar kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan tо‘lovlarga:
1. Tо‘lov topshiriqnomasi;
2. Cheklar;
3. SVIFT (SWIFT) kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan tо‘lovlarni turkumlashda mezon shartlarini tо‘lov shartlari о‘taydi. Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 tо‘lov asosida amalga oshirilsa, bu hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bо‘lib hisoblanadi:
1.Oldindan tо‘lash;
2.Tovarni olgandan sо‘ng tо‘lash;
3.Ochiq hisobvaraqlar bо‘yicha hisob-kitoblar.
Jahon amaliyotida keng qо‘llaniladigan asosiy hisob-kitob shakllari sifatida bank о‘tkazmasi, inkasso va hujjatlashtirilgan akkreditivni ajratib kо‘rsatish mumkin. Ta’kidlash lozimki, xalqaro hisob-kitoblarning sezilarli qismi (80foiz) inkasso va akkreditiv hissasiga tо‘g‘ri keladi. Ushbu hisob-kitob shakllarida importyor shartnomadagi tо‘lov shartlariga muvofiq tо‘lovni amalga oshiradi, eksportyor esa, shartnomada kо‘rsatilgan tovarni etkazib bersagina tо‘lovni qabul qiladi.
Bank о‘tkazmasi - bir bank tomonidan boshqa bank topshirig‘iga kо‘ra ma’lum pul summasini о‘tkazmani qabul qiluvchiga tо‘lanishidir.
1-chizma.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish