1)Raqamli texnologiyalar tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari.
2) Moliyaviy texnologiyalarda raqamlashtirish.
3)Raqamli texnologiyalarni ta`limdagi o`rni.
4)Texnologiyalarning yutuqlari va kamchiliklari
5)Xulosa.
Raqamli texnologiyalar asl mazmuni o‟zi nima? “Texnologiya” so`zi yunoncha “techne”-san’at , mahorat va “logos”- ta`limot so`zlaridan olingan bo`lib, san`at haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni bildiradi. Kompyuter xotirasi bu, maxsus elektron yacheykalar to`plami bo`lib, ularning har biri nol va birlar kombinatsiyasidan iborat bir axborot saqlab qoladi. Aynan shu sababli ham bu turdagi texnologiyalar raqamli texnologiyalar deb ataladi. Kompyuterning asosini tashkil etishi bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar zamonaviy hayot asosi bo`lgan Internetning o`zagi hisoblanadi. Internet-bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog`idir.
Raqamli texnologiyalar tushunchasi,uning maqsad va vazifalari
Yangi raqamli ekotizimlar yaratish orqali «hammaning iqrisodiyoti» vujudga vujudga kelmoqda. Media, chakana savdo va bank sohasidagi kompaniyalar eng rivojlangan kompaniyalar hisoblanadi. Masalan, chakana savdo magazinlari ijtimoiy tarmoqlarda ishtirok etishimizni tahlil qilish orqali bizning didimizga mos keladigan yangi tovarlar to‘plamlarini yaratadilar. Bank hisob raqamlari egalari operatsiyalarni yetakchi internet kompaniyalar bilan birgalikda banklar tomonidan yaratilgan yechimlar orqali amalga oshirmoqdalar.
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Raqamli texnologiyalarni ta`limdagi ahamiyati
O‘zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta’lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog‘liq.
Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish so‘zsiz yangi axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib, fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak.
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Raqamli texnologiyalar inson hayotini turmush tarzini yengillashtiradi. . Hozirgi kunda hayotimizni ularsiz tasavvur qila olmaymiz.Tibbiyotda, ta`limda va ko`plab sohalarda ular tufayli yutuqlarga erishildi. Ammo ulardan o`rinli foydalanish, to`g`ri maqsadlarga yo`naltirish kerak