MAMLAKATDA IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA BANK XIZMATLARINIG RO’LI
To’raqulov Zuhriddin Farxod o’g’li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchi talabasi
Email: zukhriddin.turakulov@inbox.ru
Annotatsiya: Hozirgi global iqtisodiy rivojlanish zamonida mamlakatda iqtisodiy barqarorlilkni ta’minlashda hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy invеstorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini kеng qo’llagan holda, ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko’lamini kеngayib borishi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadib bormoqda.
Kalit so’zlari: bank nazorati, tijorat banklari, markaziy bank, moliyaviy xizmat, bank xizmati, bank operatsiyasi va bank mahsuloti
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ya’ni mamalakatda sa’noat va ishlab chiqarish ko’lami kun sayin oshib borishi tijorat banklari xizmatlariga bo’lgan talabning ham to’xtovsiz o’sishiga xizmat qiladi. Tijorat banklari rivojlanish stratеgiyalarida asosiy yo’nalish sifatida yangi bank xizmatlari va mahsulotlarini ishlab chiqishga o’z e’tiborlarini qaratadilar.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3620-sonli qarorida banklar 1 iyuldan kredit (mikroqarz) berish to’g’risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to’g’risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko’rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro’yxatdan o’tkazish va ko’rib chiqish uchun sharoitlarni yaratishi belgilab qo’yildi. Bank mahsuloti innovatsiyalari sohasida xaridorlar talabi omilining rivojlanish ko’lami zamonaviy bank tеxnologiyalari bilan bеlgilanadi. Rеspublikamizda bank infratuzilmasining kеngayib borishi banklar o’rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko’lamining oshishiga xizmat qilmoqda.1
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning qabul qilgan 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-sonli Farmonida aynan bank tizimini isloh qilish bo’yicha juda ham muhim ko’rsatmalarni ko’rsatib o’tganlar. Jumladan, quyidagi yo’nalishlar belgib qo’yilgan:2
-bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
-bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish. 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan:
-bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari yetarlilig va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab- quvvatlash; -boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, ilg‘or xorijiy amaliyotlari asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish;
-tijorat banklari faoliyatiga, shu jumladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan ma’muriy aralashuvlarning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik;
-tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada oshirish;
Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy invеstorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot- kommunikatsiya tеxnologiyalarini kеng qo’llagan holda, ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kеngaytirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini taqozo qiladi. Darhaqiqat, bu borada mobil aloqa, intеrnеt, vidеotеlеfon tizimi, raqamli tеlеvidеniya, zamonaviy bank xizmatlari, lizing, sug’urta, audit, injiniring va boshqa zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bank xizmati – bank operatsiyalarini o’tkazishni optimallashtiruvchi nazariy, texnologik, moliyaviy, intelektual va professional bank faoliyatidir.
Bank xizmati haqiqatdan ham bank faoliyati majmuasidir. Mijozlarning bank faoliyatiga bo’lgan talablarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlardir. Shu bilan bir qatorda bank xizmati tushunchasiga bank operatsiyalarini optimallashuvini ham muhim element sifatida kiritildi, chunki banklar xizmatning u yoki bu turini tanlashda ushbu operatsiyaning samaradorligi, qulayligi va sifatliligi darajasiga e’tibor berishlari va ushbu ko’rsatkichlar uning raqobatbardoshligini ta’minlash asosi hisoblanishini his etmoqlari lozim.
Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarga 50 dan ortiq bank xizmat turlarijoriy etilgan bo’lib bularda taklif etilayotgan xizmatlar bo’yicha to’lovlar miqdorini ham belgilab berishgan va ular xilma-xildir.
Odatda, tijorat banklarini ko’rsatadigan xizmatlarining turlari bo’yicha quyidagilar kiradi:
iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, jismoniy shaxslarni kreditlash;
davlat qimmatli qog’ozlari bilan amalga oshiriladigan xizmatlar;
korxona va tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari bilan oshiriladigan xizmatlar;
milliy va xalqaro valyuta bozorlaridagi xizmatlar, mijozlarga hisob-kitob va kassa xizmati ko’rsatish;
tijorat banklarining trast xizmatlari;
banklarning konsalting xizmatlari;
lizing, faktoring, forfeyting xizmatlari.
Bank xizmati bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egadir:
mavhumlik
xizmatning manbadan ajratilmasligi
xizmatlar sifatining nobarqarorligi
bank xizmatlarining saqlanmasligi
bank xizmat ko’rsatishining shartnomali xarakteri
bank xizmat ko’rsatishining pullar bilan bog’liqligi
xizmat ko’rsatishning vaqt bo’yicha davomiyligi
bank xizmatlari bilan qondiriladigan extiyojlarning ikkilamchiligi.
Quyidagi jadvalda bank xizmatlari turlari va unga mos keluvchi bank mahsulotlari keltirilgan3
Do'stlaringiz bilan baham: |