Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'G'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”



Download 34,5 Kb.
Sana09.04.2017
Hajmi34,5 Kb.
#6356
INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN KREDITLAR BERAYOTGAN TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN DAROMAD (FOYDA) SOLIG'I BO'YICHA IMTIYOZLARNI QO'LLASH TARTIBI TO'G'RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 12 iyuldagi PQ-670-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'g'risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.



Vazirlar Mahkamasining
2007 yil 15 avgustdagi 174-son qaroriga
ILOVA


Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'g'risida nizom

1. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 12 iyuldagi PQ-670-son qarorining 3-bandida belgilangan va tijorat banklariga 2012 yil 1 yanvargacha bo'lgan davrda daromad (foyda) solig'i bo'yicha soliqqa tortiladigan bazani tasdiqlangan maqsadli dasturlarga muvofiq iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uch yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardan olingan daromadlar summasiga teng miqdorda kamaytirish huquqini berishni nazarda tutadigan soliq imtiyozini qo'llash tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom ular bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2005 yil 15 apreldagi PQ-56-son qarori bilan alohida soliq imtiyozi berilgan tijorat banklarining respublikamiz korxonalariga uch yildan ortiq muddatga investitsiya kreditlari berishdan olingan va banklarning o'z kapitalini ko'paytirishga yo'naltirilgan daromadi (foydasi)ga tatbiq etilmaydi.

2. Mazkur Nizom maqsadi uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

modernizatsiyalash — asosiy vositalar ob'ektining texnologik yoki xizmat vazifasini o'zgartirishga, ularning unumdorligini oshirishga yoki boshqa sifat tavsiflarini yaxshilashga yo'naltirilgan ishlar;

texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash — ilg'or texnika va texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma'naviy eskirgan va fizik jihatdan yaroqsiz bo'lib qolgan asbob-uskunalarni unumliroq yangi asbob-uskunalarga almashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar. Texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish va ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham o'z ichiga oladi.

3. Tijorat banklarining kreditlar berishdan olgan daromadi (foydasi) deganda quyidagilar tushuniladi:

jalb etilgan mablag'lar hisobiga berilgan kreditlar bo'yicha — bankning kreditlardan olgan foizli daromadi bilan ushbu jalb etilgan mablag'lar bo'yicha foizli xarajatlar o'rtasidagi ijobiy tafovut (marja);

yalpi kreditlar bo'yicha — yalpi kreditlash har bir qatnashchisining ushbu kreditlardan olgan foizli daromadi;

o'z mablag'lari hisobiga berilgan kreditlar bo'yicha — ushbu kreditlardan olingan foizli daromad.

4. Maqsadli dasturlar va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari investitsiya loyihalari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tasdiqlanadi.

5. Daromad (foyda) solig'i yuzasidan hisob-kitoblarni tuzishda soliq solinadigan baza kamaytiriladigan daromad summasi belgilangan namunadagi hisob-kitob shaklining «Amaldagi soliq haqidagi qonunlarga muvofiq soliq solinadigan daromadni (foydani) kamaytirish (imtiyozlar bo'yicha ma'lumotnoma ilova qilinadi)» satrida aks ettiriladi. Imtiyozlar bo'yicha ma'lumotnomada ushbu summa alohida satrda ko'rsatiladi.

6. Kredit berish fakti, kredit shartnomasidan tashqari, loyihaning biznes-rejasi yoki texnik-iqtisodiy asoslanishi bilan ham tasdiqlanadi.

7. Tijorat banklari qarz oluvchi tomonidan kreditdan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladilar.

Qarz oluvchi ko'rsatib o'tilgan maqsadlar uchun berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalangan taqdirda kredit bo'yicha imtiyozlarni qo'llash boshqa maqsadlarda foydalanish sanasidan boshlab to'xtatiladi.

Kreditdan maqsadli foydalanilganligi sotib olingan asbob-uskunalar qarz oluvchiga kelib tushgandan yoki modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlari tugallangandan keyin tijorat banki bilan qarz oluvchi o'rtasida tuziladigan tegishli hujjat bilan tasdiqlanadi.



8. Tijorat banklari mazkur Nizomning to'g'ri qo'llanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

9. Mazkur Nizomning to'g'ri qo'llanishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Download 34,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish