Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet56/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

- ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qо‘llab-quvvatlash xarajatlari;
- milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
- mudofaa xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari о‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi.
Davlatning ijtimoiy funksiyasini о‘zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bо‘lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yо‘l ochib beradi.
Milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xо‘jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan in-vestitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida о‘rin egallaydi.
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning о‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog‘liqdir. Qurolli kuchlarning barcha turlari byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, uning xо‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xara-jatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi tо‘rtta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’i nazar, ular о‘zlarining aniq maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha ham bir necha qismlarga bо‘linadi. Bu qismlar Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi. Kapital qо‘yilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar, byudjet ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy ta’mirlash, kanselyariya va xо‘jalik xarajatlarini Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida kо‘rsatish mumkin.
Byudjet xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha turkumlanishi byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga aj-ratish bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va xokazo).
Davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Byudjet xarajatlarining yuqori tashkilotlar bо‘yicha guruhlanishi byudjet mablag‘larini aniq oluvchilarni kо‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bо‘lib, ajratilgan byudjet assignovaniyalaridan о‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda bо‘linishi ularning markazlashuvining turli darajalarini о‘zida aks ettiradi. SHu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasiga kо‘ra, О‘zbekiston respublikasi davlat byudjetining xarajatlari respublika va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.
Respublika byudjetidangina moliyalashtiriladigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
a) О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Senati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, ijroiya hokimiyatning respublika va hududiy organlari faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar va umumdavlat boshqaruvi xarakteridagi boshqa xarajatlar;
b) respublika sud, prokuratura, huquq-tartibot organlari tizimi;
v) umumdavlat manfaatlari uchun xalqaro faoliyatni amalga oshirish;
g) milliy mudofaa va davlatning xavfsizligini ta’minlash, sanoatning mudofaa tarmoqlari konversiyasini amalga oshirish;
d) fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraq-qiyotini moliyalashtirish;
e) temir yо‘l, havo va daryo transportini davlat tomoni-dan qо‘llab-quvvatlash;
yo) iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash;
j) respublika yoki davlat hokimiyati organlari tasarru-fida bо‘lgan muassasalarni saqlash;
i) respublika mulkini shakllantirish;
y) О‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish;
k) davlatning qimmatbaho metallari va moddiy zaxiralarini tо‘ldirish;
l) saylovlar va referendumlar о‘tkazish;
m) hukumat investitsion dasturlarini moliyalashtirish;
n) respublika hukumatining qarorlari bajarilishini ta’minlash;
o) respublika sub’ektlarini moliyaviy qо‘llab-quvvat-lash;
p) boshqa xarajatlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday о‘zaro bog‘liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga о‘zaro ta’sir kо‘rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi.
О‘z navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu erda byudjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xо‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag‘laridan foydalanishning shunday muddatlarini о‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin.
Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning о‘sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy - texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xо‘jalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xо‘jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qо‘yadi. Bunda milliy xо‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bо‘lgan daromadlarning qо‘shimcha ravishda о‘sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas.
Bunda, bir vaqtning о‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xо‘jalikning yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, byudjet mablag‘laridan tо‘g‘ri, tejamli va samarali foydalanishga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjet xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish lozim.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish