Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet54/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Mulkchilik shakliga kо‘ra davlat byudjetining daromadlari quyidagi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin:
- nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
- davlat xо‘jaliklaridan olinadigan daromadlar;
- aholidan olinadigan mablag‘lar.
Byudjet daromadlarining yuqorida sanab о‘tilgan har bir guruhlari daromadlarning manbalari, tо‘lovlarning turlari va hokazolar bо‘yicha kichik guruhlarga bо‘linishi ham mumkin.
Masalan, davlat xо‘jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining tо‘lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan kо‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi.
Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag‘lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlardan iborat bо‘lishi mumkin. О‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat byudjetining daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat.
Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga о‘tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i va boshqalar kiradi. SHuningdek, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jо‘natmalarini, meros huquqi bо‘yicha davlatga о‘tgan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat.
Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan kо‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobil inspeksiyalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun yig‘imlar, о‘lchov asboblarini davlat tekshiruvidan о‘tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga kо‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol о‘ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi tо‘lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablag‘lar belgilangan muddatlarda byudjetga о‘tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu tо‘lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi tо‘lanmagan summalarning majburiy undirilishini kо‘zda tutadi. Bu holat byudjetning ijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bо‘lib, mablag‘larni tо‘liq va о‘z vaqtida byudjetga jalb etishga yо‘naltirilgan.
Sub’ektlarning daromadlari Davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil metodlarni qо‘llab, olinishi mumkin:
1) soliqli metodlar;
2) nosoliqli metodlar.
Soliqli metodlar uchun mablag‘larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan о‘rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bо‘lgan mablag‘larning bir qismi davlat ixtiyoriga о‘tkaziladi.
Soliqlarning tarkibiga qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqa soliqlar kiradi. Soliqsiz daromadlar davlatga tegishli bо‘lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan tо‘lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarishni talab etmaydigan mablag‘lar ham davlat byudjetining daromadlari bо‘lishi mumkin. Biroq ayrim tо‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun о‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag‘larni sarf etsada, u bu mablag‘larni belgilangan muddatlarda va tо‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet daromadlarining kо‘rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjetining daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mо‘ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Byudjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mо‘ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug‘urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, tо‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va majburiy ajratmalar-ning alohida shakllari va turlarining yig‘indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan Davlat byudjetining daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir - biri bilan о‘zaro bog‘langandir.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy emas. Ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning о‘zgarishiga muvofiq ravishda о‘zgarib boradi.
Milliy iqtisodiyotda qо‘llanilayotgan Davlat byudjeti daro-madlari tizimining samaradorligi mablag‘larning byudjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog‘liq. Bu narsa о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- byudjetga tegishli bо‘lgan daromadlarni (soliqlar, tо‘lovlar, bojlar, ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish;
- mablag‘lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi;
- daromadlarni (tо‘lovlarni) byudjetga о‘tkazish tartibi;
- byudjetga daromad о‘tkazuvchilarni hisobga olish;
- byudjetga daromad о‘tkazuvchilarning javobgarligi;
- byudjetga daromadlarni о‘z vaqtida va tо‘liq о‘tkazi-lishini ta’minlashga yо‘naltirilgan chora - tadbirlar tizimi;
- byudjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari.
Yuqoridagilarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va byudjetga daromadlarni tо‘lovchilar о‘rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish