1.2 ZAMONAVIY SOLIQ SIYOSATINI ISHLAB CHIQISH VA UNI HAYOTGA TATBIQ ETISHNING FUNDAMENTAL ASOSLARI. Soliq – bu davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larini shakillantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to’lovlarni undirish shakli.
Zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishni uning fundamental asoslarini aniqlab olishsiz tasavvur etib bo’lmaydi.Buning uchun eng avvalo,soliqlar,soliq tizimi va soliq siyosatiga tegishli bo’lgan amaldagi vaziyatga aniqlik kiritish zarur.
Umumiy jihatdan olib qaraganda mamlakatimiz soliq tizimini isloh qilishning bir nechta yo’llari mavjud bo’lib,ular quyidagicha bo’lishi mumkin:
muvaffaqiyatli ravishda faoliyat ko’rstayotgan va O’zbekiston sharoitiga yaqin bo’lgan g’arb mamlakatlaridan birining soliq tizimidan nusxa olish;
o’tish davri iqtisodiyotiga moslashtirilgan soliq tizimlarining biridan foydalanish;
iqtisodiy taraqqiyot yo’lidan muvafiqiyatli ravishda ilgari borayotgan o’tish iqtisodiyotga ega bo’lgan mamlakatlatlar tajribasiga tayangan holda butunlay yangi soliq tizimini ishlab chiqish.
XX asrning 70-80-yillarida G’arb mamlakatlarida Amerika iqtisodchisi A.Lafferning byudjet konsepsiysi tan olindi.Uning fikricha,soliq tushumlari ikki asosiy omilning muhsulidir:1.Soliq stavkasi. 2.Soliq bazasi.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Naflilik tamoyili-turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanish darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soli stavkasi (R) deyiladi;
R=
To’lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to’lovchining boyligi va doromadlari darajasiga mos kelishi zarur.Boshqacha aytganda,soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishi taqazo qilishi zarur.
Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo’yicha teng bo’lgan kishilar teng miqdorda soliq to’lashi zarur.
Soliq bo’yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o’rnatiladi.Amalyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
Obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
Soliq to’lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan,urush faxriylarini) ozod qilish;
Soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
Soliq olinadigansummadan chegrish;
Soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorda kamaytirish)
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressive (o’sib boruvchi),proporsional (mutanosib) va regressive(kamayib boruvchi) soliqlarga bo’linadi.
Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.
Daromadlar hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.
Daromadlar hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.