Samarqand iqtisodiyot va servis


Byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondashuv va uning darajasini kamaytirish chora-tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari



Download 381,06 Kb.
bet4/13
Sana20.06.2022
Hajmi381,06 Kb.
#683517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
xoliqov

Byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondashuv va uning darajasini kamaytirish chora-tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari.
Byudjet defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:

  1. byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo‘l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotni “davolash” o‘rniga uning kasalligi kuchayadi;




  1. byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko‘pligi sog‘lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bo‘lishi mumkin;




  1. byudjet defitsitining miqdori (darajasi) odatda, mamlakat yalpi milliy mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‘rish kerak;




  1. byudjet defitsitini qoplash uchun eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgi-larini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak;




  1. byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‘zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko‘zda tutilgan har qanday tadbir albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:





  1. byudjet xarajatlarining (mablag‘larining) investitsion yo‘nalishini o‘zgartirish, ularni eng ko‘p samara beradigan yo‘nalishlarga yo‘naltirish;




  1. xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;




  1. davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko‘rsatishni keskin kamaytirish;




  1. harbiy xarajatlarni qisqartirish;

  1. eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi das-turlarni qabul qilishni to‘xtatib turish;




  1. qarzlarni davlat qimmatli qog‘ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo‘yish;




  1. xorijiy sarmoyalarni jalb etish;




  1. va boshqalar.

Byudjet defitsitini qisqartirish maqsadida quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:





  1. konversiya;




  1. moliyalashtirishdan kreditlashtirishga o‘tish;




  1. zararga (ziyonga) ishlayotgan korxonalarga dotatsiya berishni uzluksiz ravishda qisqartirib borish;




  1. davlat boshqaruvi xarajatlarini qisqartirish;




  1. soliqqa tortish tizimini o‘zgartirish;




  1. mahalliy byudjetlarning rolini oshirish.

Davlat byudjetining daromadlariga va shunga mos ravishda byudjet defitsitining ko‘lamiga (darajasiga) mamlakat milliy valyutasi va pul muomalasining barqarorligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aksincha, mamlakat milliy valyutasining zaifligi, iqtisodiy aylanmagan xizmat ko‘rsatish uchun uning yetarli emasligi barter operatsiyalarining rivojlanishiga, pul surrogatlarining paydo bo‘lishiga, sog‘lom hisob-kitoblarning buzilishiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga va byudjetga bo‘lgan noto‘lovlariga olib keladi.



Download 381,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish