Kurs ishining maqsadi. Byudjet – soliq siyosatining ob’ektiv zaruryati,maqsad va vazifalari haqida qarashlarga ega bo’lish.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Byudjet – soliq siyostining rivojlanish tarixi va istiqbollari;
Byudjet – soliq siyosati haqidag ilk qarashlar va qarashlar;
Davlat daromadlari va harajatlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili;
O’zbekiston Respublikasi byudjet – soliq sektorining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlilini keltirish va prognozlashtirish;
Kurs ishining obyekti.O’zbekiston Respublikasi byudjet – soliq siyosati va davlat xarajatlari va daromadlarining bir-biri bilan bogliqligi.
Kurs ishining predmeti. O’zbekiston Respublikasi byudjet – soliq siyosati rivojlanishiga ta’sir o’tkazadigan barcha omillar yig’indisi hamda bu omillar ta’sirida milliy iqtisodiyotimizning shakillanishi.
Kurs ishining tuzilish va hajmi.Kurs ishi kirish, asosiy qism ya’ni ikkita murakkab reja,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I BOB. BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISH MODELLARI VA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI NING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI.
Har bir mamlakatda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi lozim bo‘lgan byudjet-soliq siyosatining mazmun-mohiyati va uning yo‘nalishlarini eng avvalo, shu mamlakatda bozor munosabatlarini shakllantirishda uning qanday modeliga tayanilgani (asoslanganligi) belgilab beradi. Shu ma’noda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati o‘zaro vobastadir. Ularning ikkinchisi (byudjet-soliq siyosati)ni birinchisi (bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari)dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Agar aksincha ish tutilsa, bu bir tomondan, mamlakatda sog‘lom bozor munosabatlarining rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi, uni murakkablashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, byudjet-soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning u yoki bu modelining o‘ziga xos xususiyatlari, talablari va prinsiplari inobatga olinmasa, bu bunday siyosatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga o‘ziga xos zamin tayyorlaydi va byudjet-soliq siyosati albatta, ertami-kechmi, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuning uchun ham bu yerda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligini to‘g‘ri idrok etish prinsipial ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan alohida qayd etish lozimki, u yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib toptirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi:
Liberal model.
Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu ikki modeli o‘ziga xos xususiyatlarga yoki xarakterli belgilarga ega. Buni 1-chizmadan yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
1-chizmada qayd etilgan holatlarni tahlil qilish va ularning xarakterli belgi yoki xususiyatlarini bir-birlari bilan qiyoslash natijasida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu har ikki modeli bir-biridan tubdan farq qilishini aniqlashimiz mumkin. Ular deyarli barcha pozitsiyalar bo‘yicha, haqiqatdan ham bir-birining aksidir. Buning ustiga bir modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgi ikkinchi modelga xos emas.
Shu o‘rinda har bir modelga tegishli bo‘lgan bu xarakterli belgilarni kimlarningdir ijod mahsuli sifatida emas, balki iqtisodiy hayot aksiomasi tarzida e’tirof etish lozimligini ham qayd etib o‘tish joiz. Bizning hohish irodamizga bog‘liq bo‘lmagan holda ular tabiiy ravishda o‘zini namoyon etib turibdi. Bu yerda sun’iy ravishda u yoki bu modelga “tiqishtirilgan” xarakterli belgi yo‘q. Shu bois ba’zi-birovlar tomonidan ular “reviziya” qilinmasligi yoki shubha ostiga olinmasligi kerak.
|
|
|
|
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Liberal (erkin, ochiq)
|
|
Sotsial (ijtimoiy) yo’naltirilgan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xo‘jalik jarayonlariga davlatning
kam aralashuvi
|
|
|
|
Davlat tomonidan tartibga solishning
nisbatan yuqori darajadaligi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Iqtisodiyotda davlat sektorining
torligi
|
|
|
|
Iqtisodiyotda davlat sektorining
nisbatan kengligi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
keng erkinligi
|
|
|
|
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning
nisbatan kamroq erkinligi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarishda davlatning minimal ishtirok etishi
|
|
|
|
Sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarishda davlatning ko‘proq ishtirok etishi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Davlat tomonidan tartibga solishning monetar xarakterdaligi va asosan, makroiqtisodiy jarayonlar bilan cheklanganligi
|
|
|
|
Bozorni faqatgina makrodarajada emas, balki mikrodarajada ham reglamentatsiya qilinishi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvat-lashning faqat aholi kambag‘al qashshoq qismiga yo‘naltirilganligi
|
|
|
|
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning aholi barcha qatlamiga yo‘naltirilganligi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Minimal darajada(gi) soliqlarning olinishini, shunga mos ravishda, davlatning ixtiyorida kamroq mablag‘larnig bo’lishini va byujet-soliq siyosatining shunga qaratilishi kerakligini taqozo etadi.
|
|
Maksimal darajada(gi) soliqlarning
olinishini, shunga mos ravishda, davlatning ixtiyorida ko‘proq mablag‘larnig bo’lishini va byujet-soliq siyosatining shunga yo‘naltirilganligini taqozo etadi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va
boshqa mamlakatlar
|
|
Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya,
Avstriya, Yaponiya va boshqalar
|
|
|
|
1-chizma. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va byudjet-soliq siyosatiga ta’siri
Odatda, yaratilgan u yoki bu model ma’lum bir muallif(lar) tomonidan ishlab chiqiladi. Yaratilgan va amalda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari ham bundan mustasno emas. Ularning ham muallif(lar)i bor. Lekin bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellarining muallif(lar)i Siz bilan biz ko‘nikib qolgan va nazarda tutadigan muallif(lar)dan farqlanadi. Ularning muallif(lar)i
– HAYOT, deb ataladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu modellari alohida olingan shaxslar tomonidan ishlab chiqil(yaratil)maganligini yoki “ixtiro” qilin-maganligini yana bir marta qayd etib, ularning ana shunday ko‘rinishda tarkib topganligi o‘z navbatida, uzoq vaqt davom etgan tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojining natijasi ekanligini ta’kidlash joiz.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va ularning har biriga xos bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olish barcha sohalarda (shu jumladan, byudjet-soliq siyosatiga nisbatan ham) oqilona qarorlarni qabul qilish uchun prinsipial ahamiyatga ega. Shuning uchun gap alohida olingan mamlakat xususida ketayotganda, eng avvalo, bu mamlakatning bozor munosabatlarini qaysi model asosida shakllantirayotganligiga aniqlik kiritish lozim. Undan so‘ng bu modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olgan holda qarorlar qabul qilishga chog‘lanmoq kerak. Aks holda qabul qilingan qaror Siz bilan bizni ko‘zlangan maqsad sari yetaklamaydi.
O‘z holimizga qo‘yib berilsa, albatta, har ikki modelning faqat o‘zimizga ma’qul keladigan tomonlarini qabul qilishni va shunday ijobiy xarakterli belgilarni o‘zida mujassam etuvchi uchinchi modelning yaratilishini istaymiz. Ammo bunin iloji yo‘q. Chunki, birinchidan, bozor munosabatlarining rivojlanish tarixi shundan dalolat bersa, ikkinchidan, bunday modelni yaratishga harakat qilish behuda urinishdan boshqa hech narsa emas. Buning boisi shundaki, bu yerda ham tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni o‘z kuchini ko‘rsatadi. Zero, bu qonunning o‘zini namoyon etishi Siz bilan bizning hohishirodamizga bog‘liq emas. Shuning uchun ham usiz bozor iqtisodiyotini shakllantirish modella-rining amalda faqat ijobiy yoki faqat salbiy tarzda namoyon bo‘lishini tasavvur etish o‘z-o‘zini aldash bilan barobar.
Do'stlaringiz bilan baham: |