Byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari.
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashti-rish manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirish-ning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir.Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qayta rish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning o‘z milliy valyutasida ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo‘ladi.
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag‘larning barcha asosiy turlari bo‘yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo‘ljallangan byudjet to‘g‘risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albat-ta tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbayi sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo‘lish qabul qilingan:
ichki manbalar;
tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
davlat zaxiralari va rezervlar bo‘yicha daromadlarning xarajatlardan o‘sgan qismi summasi;
byudjet mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘ining o‘zgarishi;
va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlarni qo‘shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to‘liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‘g‘risidagi shartnomalar;
o‘tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o‘zgartirish to‘g‘risi dagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
va boshqalar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari o‘zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo‘lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to‘lov muddatlari, foiz to‘lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o‘zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
hukumat davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qarzining asosiy nominal summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar hajmi;
va boshqalar.
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo‘ladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirish jarayonini quyidagi yo‘llardan foydalangan holda boshqarish mumkin:
moliyalashtirish manbalarining u yoki bu turlarini tanlash yordamida;
davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish shartlari (hajmi, muomalada bo‘lish muddatlari, daromadlilik darajasi va sh.k.) bilan manyovr qilish orqali;
ichki va tashqi qarzlarning o‘zaro nisbatlaridan foydalangan holda;
aholining ichki jamg‘armalarini saqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish asosida;
qimmatli qog‘ozlar va omonatlarni indeksatsiya qilish yo‘li bilan;
davlat qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha cheklovlarni o‘rnatish orqali;
va boshqalar.
O‘z navbatida, byudjet defitsitini samarali boshqarish davlat xarajatlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini oshirish yo‘nalishlarida sarflanishini ko‘zda tutadi. Shunga muvofiq ravishda byudjet ajratmalari va kredit-lar ma’lum bir samaraga erishiliga qarab va mablag‘larning qaytarilishi uchun kafolatlar yetarli bo‘lgan taqdirda aniq dasturlar ostida ajratilmog‘i lozim. Ana shuni hisobga olgan holda byudjet defitsitini moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar davlatning umumiy iqtisodiy, moliyaviy va byudjet siyosati bilan muvofiqlashtirilmog‘i maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari xalqaro amaliyotda byudjet defitsitini kamaytirish uchun uning mamlakatga xorijiy kapitalni jalb qilish shaklidan ham foydalanish mumkinligi e’tiborga olinmog‘i lozim.
Bu jarayonda deflyatsion tadbirlarning o‘ta murakkabligi shunda namoyon bo‘ladiki, ularning amalga oshirilishi davlat xarajatlarining qisqarishini, kredit resurslarining qimmatlashuvini, pul massasining kamayishini taqozo etadi. Bularning barchasi o‘z navbatida, yalpi talabning kamayishiga, kapital qo‘yilmalarning qisqarishiga va demak, ishbilarmonlik faolligining pasayishiga va ishsizlikning ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Va nihoyat, yuqoridagilar byudjet defitsiti muammosi pul muomalasi, byudjet siyosati, iqtisodiy faollik va sotsial sohadagi jarayonlarga davlat ta’sirchanligining samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab muammolar
Do'stlaringiz bilan baham: |