4-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: PAXTANI TITILGANLIK VA TOZALANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH
(2-SOAT)
Amaliy ishining maqsadi: paxtani titilganlik va tozalanganlik darajasini aniqlash usullarini o’rganish.
Amaliy darsi uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar:TTA LVSA kondensori, BE bunkeri. DX mashinalaridan na’munalar, sxemalari, tarozilar.
Topshiriq
Paxtani titilganlik va tozalanganlik darajasini aniqlash.
TTA tozalash samaradorligini aniqlash
Uyda: Amaliy ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.
Аsosiy ma`lumotlar
Titish-tozalash va aralashtirish agregatining qanday ishlayotganini baholash uchun quyidagi kо‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-chiqindilarning ajralishi;
- ajralgan chiqindilarning sifat kо‘rsatkichlari;
- tozalash samarasi;
- titilganlik darajasi;
Titilganlik darajasini quyidagi uch usuldan biri yordamida aniqlash mumkin:
Paxtaning xajmiy massasi (kg/m ) ni aniqlash;.
Paxta bо‘lagining о‘rtacha massasini aniqlash; .
3. Aerodinamik usulda, ya’ni paxta bо‘lagining ma’lum balandlikdan erkin tushish vaqti bо‘yicha.
Paxta tolasining xajmiy massasi bо‘yicha titilganlik darajasini aniqlash
Titilganlik darajasi xajmiy og‘irlik bо‘yicha aniqlash uchun bochkadan foydalaniladi.
H- bochkaning balandligi;
Н
D- bochkaning diametri.
D
Tozalash samaradorligi
Tolali mahsulotdan ajratilgan iflosliklarning foizlardagi miqdoriga tozalash samaradorligi deyiladi, unga baraban tezligi, pichoqlar bilan baraban va kolosniklar orasidagi razvodka kattaligi ta’sir ko‘rsatadi. Baraban tezligining oshishi bilan tola bo‘lakchalariga ko‘rsatiladigan zarba ta’siri ko‘payadi va tola bilan nuqsonlarlarni bog‘lab turuvchi kuchni yengish osonlashadi.
Pichoqlar va kolosniklar orasidagi razvodkaning kamayishi bilan bo‘lakchalarning maydaroq bo‘lishini ta’minlashga erishiladi. Natijada nuqsonlar ajralishi yengillashib, tozalash samaradorligi ham ortadi. Kolosniklar orasidagi razvodka kattalashsa ham tozalash samaradorligi ortadi, chunki kattaroq tirqishdan iflosliklar va nuqsonlarning o‘tishi yengillashadi.
Kolosniklar orasidagi razvodka tolalar turiga, ifloslik darajasiga qarab yopiq, yarim ochiq va to‘la ochiq holatda o‘rnatiladi. Yopiq holat kimyoviy tolalar va toza tolalar uchun qo‘llanilsa, yarim ochiq va to‘la ochiq holatlar paxta tolasining ifloslik darajasiga qarab qo‘llaniladi.
Bitta mashina uchun tolali mahsulotni tozalash samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
R=Sch / ST ∙100 %
Sch – 1 tonna aralashmaga ishlov berilganda ajralgan chiqindilar tarkibida mavjud qattiq iflosliklar va xas cho‘plar, kg.
ST – 1 tonna aralashma tarkibidagi qattiq iflosliklar va xas cho‘plar, kg.
Titish-tozalash agregati uchun tolali mahsulotni tozalash samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Sch1, Sch2, ... Schn – alohida mashinalarning chiqindilari tarkibidagi qattiq ifloslik va xas cho‘plar, (kg) (1tonna aralashmaga ishlov berilganda).
Do'stlaringiz bilan baham: |