O‘zbekistonda davlat budjetining iqtisodiy o‘sishdagi ulushining yillar bo‘yicha dinamikasi
(foizda)
2018 yilda YaIM 290,6 trln. so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda va davlat budjetini YaIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan bajarilishi kutilmoqda. Davlat budjetiga tushumlar YaIM nominal o‘sishiga mos ravishda 25,9 foizga ortishi rejalashtirilgan. Davlat budjetining YaIMdagi ulushi esa 21,4 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda ortib borayotganligi davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning moliyaviy asoslari shakllanganligidan dalolat beradi. Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari oshib borgan (3-rasm). So‘nggi o‘n yil mobaynida jami budjet xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2007 yilda 49,9 foizdan 2016 yilda 55,6 foizga o‘sganligi hamda 2017 yilning 9 oylik natijalariga ko‘ra 54,8 foizni tashkil etganligining guvohi bo‘lamiz. Ushbu holat jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadiki, o‘z navbatida, respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligini ko‘ramiz.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibining tahlili
(jami budjet xarajatiga nisbatan foiz hisobida)
Davlat budjetining iqtisodiyot xarajatlari so‘nggi yillarda 10-11 foiz atrofida, markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar o‘rta hisobda 6-7 foiz, davlat boshqaruvi va saqlash xarajatlari 3-4 foiz, boshqa xarajatlar esa o‘rta hisobda 20-23 foizni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan davlat budjeti xarajatlari 2000 yilda 38,5 ming so‘mdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yilda mazkur ko‘rsatkich 131,4 ming so‘mga, 2010 yilda 478,1 ming so‘mga, 2015 yilda 1 169,8 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan. 2016 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1 296,3 ming so‘m hamda 2017 yilning 9 oylik ma’lumotlariga ko‘ra, jami aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan budjet daromadlari 1 102,1 ming so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, mazkur ko‘rsatkich iqtisodiyotda band bo‘lgan faol aholiga nisbatan 2000 yilda 104,5 ming so‘m, 2005 yilda 334,5 ming so‘m, 2010 yilda 1 089,6 ming so‘m hamda 2015 yilda 2 635,9 ming so‘mdan iborat bo‘lgan. 2016 yilda mazkur ko‘rsatkich 2 918,9 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha esa 2 465,5 ming so‘mga to‘g‘ri keldi. Yuqorida keltirilgan raqamlarni yuqori likvidlikka ega bo‘lgan AQSh dollari ekvivalenti hisobida oladigan bo‘lsak, aholi jon boshiga nisbatan 2005 yilda 114,9 dollar, 2010 yilda esa 300,4 va 2015 yilda 452,8 dollarga teng. 2016 yil yakunlari bo‘yicha 434,8 dollarga to‘g‘ri kelgan. 2017 yilning dastlabki 8 oylik Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha hisoblaganda aholi jon boshiga nisbatan davlat budjeti xarajatlari 293,2 dollar, valyuta kursining liberallashtirish natijasida 2017 yilning 9 oylik natijalariga ko‘ra 186,0 dollardan iborat bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |