2000-2016 yillar va 2017 yilning 9 oylik natijalariga ko‘ra YaIM va davlat budjeti xarajatlarining aholi jon boshiga nisbatan dinamikasi
Mazkur ko‘rsatkichlarni mos ravishda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholiga nisbatan taqqoslaganda 2005 yilda 292,3 AQSh dollari, 2010 yilda 684,7 AQSh dollari va 2015 yilda esa 1 020,3 AQSh dollarini tashkil etganini ko‘rish mumkin. 2016 yilda mazkur ko‘rsatkich 979,0 AQSh dollariga teng bo‘lgan. 2017 yilning yanvar-avgust oylarida Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha hisoblaganda band aholiga nisbatan 655,9 AQSh dollari, valyuta kursining liberallashtirishi natijasida mazkur ko‘rsatkich 2017 yilning 9 oylik natijalariga ko‘ra 416,1 AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, rivojlangan davlatlarda davlat budjeti xarajatlarining multiplikator samarasini hisoblash amaliyoti keng joriy etilgan. Mazkur amaliyotlarni nazariy o‘rgangan holda, milliy iqtisodiyotimizda davlat budjeti xarajatlarining multiplikator koeffitsientini hisoblashga harakat qildik. Tahlillar natijasida 5-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar tayyorlandi. Unga ko‘ra, davlat budjeti xarajatlari tarkibida markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar 1,35 koef., iqtisodiyot sohasi xarajatlari 1,04 koef., ijtimoiy soha xarajatlari esa 1,01 koef., yalpi holda davlat budjeti xarajatlarining YaIMga nisbatan multiplikatorlik koeffitsienti 1,07 ga teng ekanligini quyidagi jadval misolida ko‘rish mumkin.
2.2 Byudjet daromadlarida soliqlarning dinamik tahlili va prognozi.
Yozilgan kurs ishi bo’yicha ma’lumki olingan tahlil mavzumiz byudjet – soliq siyosat . Hamda buni yuroridagi jadvallarda hisoblab tahlil qildik va aks ettirdik. Endilikda esa navbattagi ishimiz, bu ko’rsatkichlarni pragnozini korrelyatsion va regression tahlil yordamida hisoblab ularni tahlil qilamiz hamda xulosalar berishdan iborat bo’ladi. Demak bizning prognozimiz uchun zarur bo’lgan korrelyatsion va regression tahlil haqida va ularning mohiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tasak hamda formulalarini keltirib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Korrelyatsion tahlilning mohiyati shundan iboratki, natijaviy ko’rsatkich bilan omilli ko’rsatkichlar orasidagi miqdoriy bog’liqlikni aniqlashdan iborat. Korrelyatsion tahlili usullarini qo’llayotgan har bir izlanuvchining shu qatorda bizning ham oldimizda asosiy muammolar mavjud:
Natijaviy belgi (Y) bilan omil (x) o’rtasidagi korrelyatsion bog’lanishni ifodalaydigan regressiyning chiziqli tenglamasi quyidagicha aniqlanadi: x . Natija bilan omil o’rtasidagi bog’liqlik bevosita bo’lganda, ushbu tenglamdan foydalanib, tahlilni amalga oshirish mumkin. Bunda, Y- natija, x- omil ko’rsatkichi, – x nolga teng bo’lganda natija a0 ga ya’ni natijaviy ko’rsatkichga teng bo’lishini bildiradi, esa- x birlikka o’zgarganda u o’rtacha qanchaga o’zgarishini ifodalovchi koeffitsient (regressiya tenglamasining koeffitsient). No’malum parametrlar ( ) aniqlashda esa eng kichik kvadratlar usulidan foydalaniladi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Regression tahlil esa, natijaviy belgiga ta’sir etuvchi omillarning samaradorligini aniqlab beradi. Ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlil quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Omillar o’rtasidagi bog’liqlikning jipsligini o’lchash;
Modelga kiruvchi omillarni ya’ni ko’rsatkichlarni yanlab olish;
Omillar bog’liqligining no’malum sabablarini aniqlash;
Regressiya tenglamasi yoki tahlilining xilini aniqlash;
Regressiya modelini tuzish va uning parametrlarini baholash;
Bog’liqlik parametrlarining ahamiyatliligini tekshirish.
Yx=a0+a1xi1+a2xi1+………+akxik+Ei
Regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning kelajak davrlar uchun istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.
Ko’rsatilgan hamda bilib olgan ushbu nazariya asoslari va formulalardan foydalanib 1-jadvalda keltirilgan davlat byudjeti daromadlaridagi soliqlar ko’rsatkichlarini yuqoridagi tahlillar yordamida prognoz qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |