Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi



Download 2,79 Mb.
bet1/50
Sana01.12.2022
Hajmi2,79 Mb.
#876687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi
J.M.Qurbonov, J.S.Fayziyev
FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQARO MUHOFAZASI
fanidan

O’QUV QO’LLANMA


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Ilmiy Kengashining 2009 yil 27 fevral №7 - sonli bayonnomasiga ko’ra o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan
SAMARQAND – 2009
J.M.Qurbonov, J.S.Fayziyev. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. O’quv qo’llanma. SamISI. 2009 y. – 284 bet.
Taqrizchilar:

  1. Turdiqulov A. - Samarqand viloyati favqulodda

vaziyatlar boshqarmasi mutaxassisi

  1. B.T.Eshquvvatov - SamISI professori, t.f.d., O’zFA akademigi

Institut Ilmiy Kengashi №7 bayoni bilan tasdiqlangan. 27 fevral 2009 yil.

Annotasiya


Ushbu o’quv qo’llanma bakalavriaturaning barcha yo’nalishlari uchun, tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi institutining va boshqa chet davlatlar manba’lardan foydalanib tuzilgan bo’lib, unda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni muhofazasi haqida ma’lumotlar berilgan.
O’quv qo’llanma ta’lim yo’nalishlaridagi bakalavriatura va mutaxassislar uchun mo’ljallangan.
© J.M.Qurbonov, J.S. Fayziyev. 2009 y.

KIRISH


Ona sayoramizda ilk qadamlarni qo’ygan va tafakkur imkoniyati darajasiga ko’tarilgan uzoq ajdodlarimiz yashash joylarida o’zlariga xavf solib turgan yirtqichlardan ham xavfli ofatlar bo’lishini tezda tushinib yetishgan. Chunki, o’sha davrlarda ham zilzilalar, vulqonlar, to’fonlar, suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar insonlarning ojiz va siyrak qabilalariga sezilarli zarar yetkazib turgan.
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, o’tgan davr mobaynidagi sovuq urushlar, tinchlik davrlarida qo’llanilgan zamonaviy qurollar, turli ko’rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi asr bo’sag’asida bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda belgilab oladi.
XX asr poyonida xafsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlashi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodni barqaror rivojlanishiga xavf solib turibdi. Shuning uchun eng muhim vazifalar O’zbekiston aholisi va hududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizni ta’minlash hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan»ligini e’tirof etganlar. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida Prezidentimiz vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi to’g’risida batafsil to’xtab o’tganlar.
Oldingi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg’in qurollari va hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo’lsa, hozirgi vaqtda fuqaro muhofazasi yangi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat asosida shallanmoqda, mamlakatimizni va aholini turli falokatlar va halokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yo’naltirilmoqda.
Shuning uchun bir tomondan fuqarolarni dushman tomonidan bo’ladigan ta’sirlardan saqlash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblansa, ikkinchi tomondan esa, bizning o’lkamiz tabiiy ofatlar (yer silkinishi, yer surilish, sel, suv toshqini va h.k.) bo’lishiga moyil o’lka bo’lganligidan hamda texnogen avariyalar va ekologik muvozanatni buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni xalq xo’jaligi tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko’rgan hududlarda qutqarish – tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim vazifalardan hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni hal qilishda O’zbekiston mintaqasi uchun xos bo’lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga keladigan ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil etish natijasidagina har qanday favqulodda vaziyatlardagi moddiy, ma’naviy yo’qotishlar ko’lamini qisqartirishga erishish mumkin.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish