O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
5640100-HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI
2-BOSQICH HFX-AU-20 GURUH TALABASI
A bdumutalova Gulchiroy Muxtorali qizining
(familiya, ism va sharfi)
«FAVQULODDA VAZIYATLAR VA AHOLI MUHOFAZASI»
fanidan
Fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Topshirdi
|
______________
|
H.U.Rahimova
|
|
|
|
Qabul qildi
|
_______________
|
Sh.B.Mamadboyev
|
Namangan-2022
MUNDARIJA
|
KIRISH
|
2
|
|
NAZARIY QISM
|
|
1.1
|
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. O’zbekiston Respublikasi «Fuqoro muhofazasi to’g’risida»gi qonuni, fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari
|
6-11
|
1.2
|
Fuqaro muhofazasini boshqarish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
|
12-16
|
1.3
|
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburyatlari
|
17-18
|
|
METODIK QISM
|
|
2.1
|
Fuqarolarning himoya qilishning asoslari va xususiyatlari. Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari
|
19-25
|
2.2
|
Fuqaro muhofazasini moliyaviy ta’minlash.Fuqaro muhofazasi obyektlar va mol-mulki
|
26-27
|
|
XULOSA
|
28
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
29
|
|
|
|
KIRISH
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, texnogen avariya va falokatlardan himoya qilish bo’yicha yaxlit Davlat tizimi, zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, aholini falokatlar davrida harakat qilishga tayyorlash borasida ko’lami va mazmuni jihatdan ulkan tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish siyosiy ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Jahon miqiyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlari so’zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatni shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida «Harakatlar strategyasidan- Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo’nalishdan iborat 2022-2026- yillarga mo’ljallangan Yangi o’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasini VII bob 92-maqsadda: «Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish» haqida keltirib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |