Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi



Download 2,79 Mb.
bet8/50
Sana01.12.2022
Hajmi2,79 Mb.
#876687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

§2. HOZIRGI ZAMON URUSH TAFSILOTLARI VA UNDAGI

FUQARO MUHOFAZASI


Ommaviy qirg’in qurollar turlari va ularni keltirib
chiqaradigan oqibatlari
Zamonaviy urush qurollari XX asrda yaratilib o’z rivojini topdi va XXI asrda ham ularni takomillashtirish, yangi-yangi turlarini yaratish uchun katta ishlar olib borilayapti.
Hozirgi zamon talofat berish vositalari turlari rasm-2.1 da berilgan.
Ular qayerda joylashganligi, qanaqa qurollar tipi ekanligi bilan ajraladi. Biz bulardan ommaviy qurollarni ko’rib chiqamiz.
Haqiqatdan ham zamonaviy urushning eng xavfli vositasi bu ommaviy qirg’in qurollari hisoblanadi va ular o’tgan asrning ikkinchi yarmida juda ko’plab ishlab chiqildi.
Ommaviy qirg’in qurollariga, yoki juda katta talofat beruvchi qurollarga: yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollar kiradi. Ilm, fan va texnikaning rivojlanishi bilan bu qurollar ham rivojlanib, yangi prinsipdagi qurollar paydo bo’ldi, bunga infratovushli, radiologik, nurli, etnik va h.k. kiradi.
Yadroviy qurollar, yadroviy bombadan, uni eltuvchi vosita va boshqaruv sistemasidan tuzilgan bo’ladi.
Uning ta’siri uran va pulotoniy ba’zi izotoplari og’ir yadrolarining zanjirli parchalanish reaksiyasi yoki yengil yadrolar – vodorodning deyteriy, tritiy izotoplarining issiqlik yadro sintezi reaksiyasi natijasida ajralib chiqayotgan ichki yadro energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Bularning quvvati oddiy portlovchi modda trotil ekvivalenti bilan o’lchanadi. Trotil ekvivalenti tonna, kilo tonna va megatonnalarda o’lchanadi.
Yadroviy qurollar o’zining quvvati bo’yicha: o’ta kichik (quvvati 1 kt gacha); kichik (1-10 kt); o’rtacha (10-100 kg), katta (100 kt-1Mtn) va o’ta yuqori katta (1 Mt katta) quvvatli bo’lishi mumkin.
Yadroviy bombaning portlashi: yuqoridagi, havodagi, yer usti (suv usti) va yer osti (suv ichidagi) turlariga bo’linadi.
Yuqorida, ya’ni yerning troposferasidagi (10 km dan yuqori) portlashda, uning talofatli ta’siri havo bilan to’lqini, singib boruvchi radiasiya (30-60 km masofada), rentgen nurlari, gazli oqim, elektromagnitli impuls, atmosferaning ionizasiyalanishi va h.k. da namoyon bo’ladi.
Masalan: 1 Mt quvvatli bombaning portlashi natijasida (77 km yuqorida) uning turli ta’siri 10 soatda 800-1000 km radiusdagi maydonga tarkalgan. Bu portlash asosan kosmik, havo obyektlari va radiotexnik qurilmalariga ta’sir etish uchun qo’llaniladi.
Shunga o’xshash, lekin 10 km balandlikgacha havodagi portlash ham xuddi shunday ta’sirga ega bo’ladi, yer va suv ustidagi portlashda esa qo’shimcha ravishda juda ko’p mustahkam yer usti (suv osti) obyektlar, yer osti va port inshoatlari buziladi. Bularga nisbatan, yer osti portlashda ta’sir kuchi kichik radiusda bo’lsada, ammo kuchli yer silkinishiga olib keladi.

Talofat beruvchi vositalar







R asm-2.1. Hozirgi zamon talofat berish vositalari turlari.

Yadroviy qurol ham tuzilishi jihatidan turlicha bo’ladi. Ayniqsa ulardan eng zamonaviysi bu neytron bomba hisoblanadi. Uning yuqorida keltirilgan bombalardan farqi, tirik jonni o’ldirib, material boyliklarga zarar yetkazmaydi.


Masalan, 1 kt neytron bombaning portlashida 500 m radius tashqarisida, asosiy ta’sir etuvchi omil singib boruvchi radiasiya nurlari hisoblanib, 1 km masofada odamlarni halok bo’lishi (neytron va gammanur ta’sirida), 2 km radiusda esa og’ir nurlanish kassaligiga chalinishlari va keyinroq bu ham o’limga olib borishi kuzatiladi.
Bu urush vositalarini obyektlar (nishonlar)ga turli yo’llar bilan olib borish mumkin. Buning uchun yer usti, dengiz va havoda saqlanadigan raketalar va maxsus jihozlangan samolyotlar, artileriya vositalari, razvedka-diversion guruhlar qo’llaniladi.
AQSh da yerda joylashtirilgan, asosan, kontinental balistik raketalar qo’llaniladi. Bunga Titan, Minitmen-3, Minitmen-2, MX, Pershing-2, qanotli raketalar qo’llaniladi. Xuddi shunday rivojlangan davlatlarda ham turli xil raketalar qo’llanishi mumkin.
Olib borish yoki saqlash vositalaridan ayniqsa, suvosti atom kemalari butun dunyoda ko’p qo’llanilib, ular «Polyaris-AZ», «Poseydon3», «Traydent-1», yangilaridan «Traydent»-«Ogayo» ballistik raketalar bilan qurollangan.
Xuddi shuningdek, suv usti avianoses va kreyserlar mavjudki, ular ham turli kattalikdagi raketalarni olib borishlari mumkin.
Bu ommaviy qirg’in qurollarini aviasiya yordamida ham olib borish mumkin. Hozirda, «Vulkan» (Buyuk Britaniya), «Miraj» IV (Fransiya), Stratofortress V-52, V-1, FB-111 (AQSh) samolyotlari, turli xil bombalar va raketalarni olib borishi mumkin.
Bundan tashqari, Rossiya va boshqa davlatlarda ham, xuddi shunday turdagi ommaviy qirg’in qurollari mavjud.
Ommaviy qirg’in qurolining yana biri, bu kimyoviy qurol hisoblanadi.
Kimyoviy xavfli moddalar (KXM) turlari rasm-2.2. da keltirilgan. Albatta, ular turlicha bo’lishi bilan, ayniqsa, kimyoviy qurol sifatida qo’llanilishi o’ta xavfli hisoblanadi. Ularning xavfsizlik darajasi esa jadval-2.1 da keltirilgan. KXM o’ta xavfli darajada ekanligini uning konsentrasiyasiga bog’liqligini ko’rish mumkin.
Jadval – 2.1
Kimyoviy zaharli moddalarning xavfsizlik darajasi

Kimyoviy modda

* tкип0

**Смакс20 , mg/m3

LC50, mg/m3

PDK, mg/m3

KVIO

Xavflilik sinfi

Xlor

-34,0

19640000

360

1,0

54560

Favqulodda xavfli

Ammiak

-33,0

5800000

4500

20,0

1290

Favqulodda xavfli

Oltingugurt angidrid

-10,1

8390000

1580

10,0

5310

Favqulodda xavfli

Fosgen

8,2

6400000

100

0,5

64000

Favqulodda xavfli

Etilen oksidi

10,7

11985000

1500

1,0

1320

Favqulodda xavfli

Ftorli vodorod

19,9

1875000

400

0,5

400

Favqulodda xavfli

Oltingugurt uglerod

46,0

1255000

30000

1,0

72

Favqulodda xavfli

Sinil kislotasi

26,0

952000

50

0,3

50

Favqulodda xavfli

* tкип0 - qaynash harorati; *Смакс20 - gazning maksimal konsentrasiyasi.
Bunda, asosan tirik mavjudot, havo, oziq-ovqat, suv va boshqalar zaharlanadi.
Albatta, zaharlanish darajasi uning dozasi va turiga bog’liq bo’ladi. Ular, turli xil ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bularga asabni falajlovchi (zarin, zoman, Vi-Iks), umumiy zaharlovchi (sinil kislotasi, xlorsian va h.k.), zaharlovchi-bug’uvchi (fosgen, difosgen), zaharlovchi teri yiringlatuvchi
(iprit, azotli iprit), zaharlovchi-qo’zg’atuvchi (xlorasetofenon, adamsit, SiEs), zaharlovchi ruxiyatga ta’sir etuvchi (Bi-Zet, LSD) kimyoviy moddalar tegishlidir.
Hozirgi vaqtda, yer yuzida bo’lgan jonzodlarni o’ldirish uchun keng ko’lamda bakteriologik (biologik) qurollar ham qo’llaniladi. Bunda, ommaviy infeksion kassaliklarning tarqalishi, ayniqsa ularning bir-biriga juda tez o’tib tarqalishi, ko’p yillar saqlanib qolishi, yashirin ravishda qo’llanib borishi, ularni topish murakkabligi va boshqalar ularning qudratini oshiradi.
Bularga asosan o’lat, xolera, sibir kuydirgisi, botulizm va boshqalar kiradi.
O’lat kasalida, odam juda ko’p terlaydi, yo’taladi, yuqori harorat beradi va ko’krak qismlari og’rib, umumiy kuchi va xayoli yo’qoladi va tez kunda o’limga olib boradi.
Xolera-kasalida, xolera vibrioni natijasida, ich ketishi, qayt qilishi va tomirlarning tortishi yuz beradi. Odam juda tez ariqlaydi, harorati 35,1 0S ga pasayadi va tez kunda o’limga olib boradi.
Sibir kuydirgisi – terida, nafas yo’llarida va oshqozonda bo’lib, unda avvalo dog’ paydo bo’ladi, so’ng puffakchaga aylanadi va uning ichida qonli suyuqlik yig’ila boshlaydi. Tez orada pufakcha yorilib yara paydo bo’ladi, yara qora bo’lib atrofida qo’qimtir shishlar bo’ladi. Bunda xarakterli tomon shundaki, odam hyech qanday og’riq sezmaydi.
Botulizm – bu toksinlar bilan zaharlanganda paydo bo’ladigan kassalik bo’lib, ko’p holda o’limga olib boradi.
Ko’p holda yuqorida keltirilgan ommaviy qirg’in qurollari kompleks ravishda qo’llanilishi mumkin.
Biologik, terroristik aktlarni sodir etilishi ehtimoli ham mavjud. Ular tomonidan ishlatiladigan biologik vositalar tavsifi jadval-2.2 da keltirilgan.
Jadval-2.2
Bioterrorizmni ehtimolli biologik vositalari tavsifi


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish