§1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQARO MUHOFAZASINI TASHKILLANTIRILISHI
Faning mohiyati, maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari
“Bugunimiz va ertamizni Ollohning o’zi yomon ko’zlardan, baloqazolardan, ofat va falokatlardan asrasin, ezgu ishlarimizda madadlar bo’lsin!” - deb Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek hayotimizda beriladigan turli favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasiga ham Ollohning o’zi madadkor bo’lsin deymiz.
Inson va tabiat jamiyat o’rtasidagi munosabatda, ham inson tabiatning qonunlari va undan kelib chiqadigan ko’pgina hodisalarning oldida jamiyatlarning o’rtasida yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan vaziyatlarda ancha ojizlik qilishi mumkin.
Tabiat hodisalaridan biri bo’lgan, so’ngi yillardagi yer yuzining global ishi bilan bog’liq bo’lgan iqlim o’zgarishi natijasida dunyoning qator mintaqalarida tabiiy ofatlarni ro’y berishda o’sish kuzatilmoqda. Masalan, Yevropadagi bulturgi yog’ingarchilik ko’p bo’lishi natijasida mintaqada joylashgan ko’pgina mamlakatlarda, Rossiyaning janubiy qismlarida, Xitoy Xalq Respublikasida kuchli suv toshqinlari bo’lib o’tdi. Bu minglab kishilarning uy-joylariga katta moddiy zarar yetkazish bilan birga, aholi hayot muvozanatining buzilishiga olib keldi. Eng ayanchlisi ofatlar oqibatida yuzlab kishilar qurbon bo’ldi.
Ilk shaharlar yuzaga kelganidan so’ng seysmik faol hududlarida yashovchi aholi vaqti-vaqti bilan zilzilalardan katta talofat ko’ra boshladi. O’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng ayanchi fojea 2001 yilning yoz oylarida yuz bergan. Yaqin Sharq va O’rta yer dengizi sharqiy hududlarida ketma-ket sodir bo’lgan zilzilalar oqibatida milliondan ortiq insonlar qurbon bo’lgan.
Tarixiy va yaqin o’tmishdagi kuchli zilzilalar davrida bu ofatlarning ko’pi ro’y bergan va kuzatilgan. Masalan, 1556 yilda Xitoydagi Shansi zilzilasidan 830 ming, 1737 yil Hindistondagi Kalkuttada 300 ming, 1923 yil Yaponiyadagi Kantoda 142 ming 807, 1970 yil Peruda 70 ming, 1976 yilda Xitoydagi Tanshanda 240 ming kishi hayotdan ko’z yumgan. Zilzila dahshatlarini tasavvur qilish uchun yaqinginada Yaponiyada, Xitoyda, Hindistonda, Eronda, Turkiyada bo’lib o’tgan zilzilalarni yoki 1948 yilgi Ashxobod va 1949 yildagi Xayit zilzilalarini esalb o’tish kifoya. Ularda yuz minglab odamlarning halok bo’lganliklari sir emas. 150 yil mobaynida zilzila tufayli dunyo bo’yicha umumiy qurbonlar soni 2 mln 300 mingdan ortiqroqdir.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda 838-839 yillarda Farg’onada, 942 yilda Buxoroda, 1208-1209 yillarda Urganchda, 1490 yilda Samarqandda, 1494 yilda Namanganda, 1620 yilda Axsikentda, 1821-1822 yillarda Buxoro va Samarqand yaqinida talofatli zilzilalar bo’lib o’tgan. Ularning ayrimlari haqida to’xtab o’tamiz.
Axsikent zilzilasi – 1620 yilda Namanganda 5-15 km janubi-g’arbda sodir bo’lgan kuchli zilzila. U qadimiy shahar Axsikentni to’la vayronaga aylantirgan. Shahar keyin tiklanmagan. Hozirda ayrim arxeologik qoldiqlar saqlangan, xolos.
Andijon zilzilasi. Andijonda 1902 yili sodir bo’lgan 9-10 ballik zilzila xalqimiz boshiga tushgan eng qora kunlar va ayanchli voqyealarga sabab bo’ldi. Zilzila tufayli o’sha paytdagi shahardan nishona qolmadi. Ming-minglab odamlarning yostig’ini quritdi. Xalqning bu voqyeaga atalgan yuzlab mungli marsiyalari ma’lum.
Masalan: Tandirda noni qoldi. Qozonda oshi qoldi.
Beshikda bola qoldi. Bechora andijonlik.
Toshkent zilzilasi. Ko’pchilik yurtdoshlarimizning yodida qolgan yer qimirlashi – 1966 yilning 26 aprelida ro’y bergan Toshkent zilzilasidir. Bu zilzila Respublikamiz uchun, millatimiz uchun nihoyatda ayanchli tarixiy voqyea hisoblanadi. Zilziladan qurbon bo’lganlar soni bor-yo’g’i 45 kishini tashkil etgani holda, shaharning juda ko’p uylariga jiddiy zarar yetdi. Ming-minglab odamlar boshpanasiz qoldi.
Birinchi Xitoy Xalq Respublikasining shimoliy qismida joylashgan
Shansi viloyatida 18 iyunda bo’lib o’tgan kuchli suv toshqini oqibatida 1milliondan ortiq aholi jabrlandi, 600 kishi qurbon bo’ldi. Oradan 4 kun o’tib, ya’ni 22 iyun kuni Rossiyaning Janubiy qismlari Stavropol o’lkasi, Karachayeva-Chernesiy va Chechenistonda kuzatilgan suv toshqinlarida 300 dan ortiq kishi jabrlandi, 91 kishi qurbon bo’ldi. Xuddi shuningdek, bu yilgi, ya’ni 2003 yil yozining Yevropa mamlkatlarida jazirama issiq kelishi ham, ko’p noqulay vaziyatlarni keltirib chiqardi. Minglab gektar o’rmonlarni kuydirib, millionlab odamlarga noqulayliklarni paydo qildi. Birgina Fransiyada 3 ming keksa xasta odamlar qurbon bo’lishdi, minglab odamlar kasalxonalarga yotqizildi.
Favqulloda vaziyatlar hodisalaridan yana biri, bu yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan texnik vositalarning avariya holatlariga tushishi va unda kishilarni bevaqt hayotdan ko’z yumishlari odamzodni tashvishga solmasdan qo’ymaydi. Masalan, bultur Nigeriya, Rossiya, Eron, Germaniya, Ukraina, Keniya va boshqa mamlakatlarda sodir bo’lgan aviahalokatlar minglab insonlar hayotiga zomin bo’ldi. Shulardan, 25 mayda Tayvan poytaxti aeroportidan Gonkonga uchgan bortida 225 kishi bo’lgan «Boing-747» samolyotining halokatga uchrashi, yoki 27 iyul kuni
Ukrainaning Lvov shahri chekkasida o’tkazilgan aviashou vaqtida «Su27» qiruvchi harbiy samolyotning va unda 69 kishining jarohat olishi hamda 76 kishini qurbon berilishi inson qalbini larzaga solmasdan kuymaydi.
Albatta bunday misollarni dunyo buyicha yuzlab, minglab misollarda keltirishimiz mumkin. Ayniqsa jamiyatlar, davlatlar o’rtasidagi tasodiflarda ham, minglab kishilarning hayoti so’nib kelmoqda. Bu ikkinchi jahon urushi, Afg’oniston, Iroq Sobiq Yugoslaviya va boshqa davlatlardagi vaziyatlar, terrorizm o’choqlari ayniqsa Amerikadagi, Isroil va Falastin davlatlaridagi, Rossiyadagi Checheniston va Gruziyada bo’lgan hodisalar misol bo’la oladi.
Jahon hamjamiyati 2005 yilning yanvar oyida Yaponiyaning Kobi shahrida bo’lib o’tgan va tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirishga qaratilgan anjumanda maxsus deklarasiyani qabul qildi. Xuyugo deklarasiyasi deb nom olgan mazkur hujjatga binoan davlatlar 2005-2015 yillar oralig’ida aholi uchun tabiiy ofatlar oqibatini kamaytirish yo’nalishida ma’lum faoliyatni amalga oshirishlari lozim. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va xalqaro bolalar fondi YuNISEF tomonidan Yevropa Ittifoqining insonparvarlik yordami boshqarmasi DIPEKOning moliyaviy yordamida amalga oshirilayotgan loyiha O’zbekistonning mazkur muhim xalqaro hujjatda aks topgan fikrlarni ro’yobga chiqarish yo’lidagi sezilarli qadami bo’ldi.
Dunyo vaqyealariga ham-ohang O’zbekiston Respublikasida ham sodir bo’layotgan tabiat ofatlari aholi va hukumatimizning diqqat e’tiborini tortibgina qolmasdan, balki tashvishga ham solmoqda.
Masalan, 2004 yilda mamlakatimizda 166 ta favqulodda vaziyat yuz bergan bo’lib, ulardan 127 tasi texnogen va 39 tasi tabiat favqulodda vaziyatlardir. Bu 2001 yilga 156 ta edi, shunga nisbatan jami 15% ga kamaygan bo’lib, shundan texnogen xususiyatlisi 19% ga kamaygan, tabiat xususiyatlisi 2001 yilgi ko’rsatkichida qolgan.
Respublikamizda qayd qilingan favqulodda vaziyatlarning 149 tasi lokal (2001 yilda – 170 ta) 16 tasi mahalliy (2001 yil - 22) va 1 tasi respublika (2001 yil - 2) ko’lamida sodir bo’lgan.
Respublika xududida qayd etilgan faqulodda vaziyatlarning ko’pchilik ulushi Toshkent (50 marotaba), Qashqadaryo (20) va Farg’ona (17) viloyatlariga to’g’ri keladi. Masalan: o’tgan yilning 25 martida Qashqadaryo viloyatida Toshkent – Termiz avtomobil yo’lining 1298 kilometrda «Neksiya» rusumli avtomobilning «Kamaz–5320» yuk tashuvchi avtomobili bilan to’qnashishi natijasida 4 kishi qurbon bo’lib, 1 kishi kasalxonaga yotqizildi. 23 mayda Urgut tumanida ikki avtoulov to’qnashib 6 kishi hayotdan ko’z yumgan va 5 kishi jarohatlangan. O’tgan davr mobaynida respublikamizda 39 marotaba tabiiy jarayonlar bilan bog’liq vaziyat yuz berib, uning oqibatida 60 kishi nobud, 138 kishi jarohatlandi.
2004 yili 3-martdagi zilzila bo’lganda Qashqadaryo viloyatining G’uzor, Dehqonobod, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’ tumanlarida sodir bo’lib, oqibatda bir qancha ma’muriy va shaxsiy binolar zarar ko’rdi.
Shu bilan birga, yil boshlarida Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanida, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanlarida sel oqimlari kuzatilgan bo’lsa, 12 fevral va 26 aprel kunlari Toshkent viloyatining Chimyon zonasida, Ohangaron tumanining Ertosh-soy qishlog’i yuqori qismlarida 3-6 ming kub.m. hajmdagi yer ko’chkilari, 20 mart kuni Bo’stonlik tumanida qor ko’chishlari bo’lib o’tdi. Xuddi shunday, jiddiy biologik vaziyat birinchi Farg’ona viloyatining Kuva tumanida to’y tantanalarida mehmonlarga tortilgan taomdan sifatsiz go’shtdan 49 kishi zaharlanib kasalxonaga yotqizildi. Juda ko’p suv havzalarida ham vaziyatlar sodir bo’liyapti. Jumladan: Qaroqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida 14 iyun kuni 20 kishidan iborat fuqarolar «Vixr» qayig’iga o’tirib, Amudaryo orqali Xorazm viloyatining Yangiariq tumaniga o’tish vaqtida qayiqda mo’ljallangan ortiqcha og’irlik vujudga kelishi oqibatida, qayiq ag’darilgan va natijada 9 kishi suvga cho’kib ketgan. 2 iyul kuni Navoiy viloyatining Navbahor hududidan oqib o’tuvchi kanalda cho’milayotgan uch opa-singil xavfsizlik choralari ko’rilmaganligi oqibatida cho’kib ketishgan. Joriy yilda ham shu kabi vaziyatlar ko’plab sodir bo’lib turibdi.
Ushbu, qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko’rinib turibdiki, barcha bo’layotgan favqulodda vaziyatlarda, ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining funksional va hududiy quyi tizimlari, korxona va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi bo’yicha mutaxasisliklari uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bartaraf etishda tezkor harakat qilish, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, aholini favqulloda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilishga o’rgatishda favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbuning muhimligining nazarga olgan holda 1996 yil 4 martda
PF-1378 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi va barcha favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi vazifalari shu vazirlikka yuklatildi.
Duyoning taraqqiy etgan mamlkatlari kabi Respublikamiz hukumati XXI asr bo’sag’asida aholining xavfsizligini ta’minlash borasida shu kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib ularni ijro etish bo’yicha qator tadbirlar o’tkazmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi (1997 yil 27 avgust), «Aholini va xududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi (1999 yil 20 avgust) va «Fuqarolar muhofazasi to’g’risida»gi (2000 yil 26 may) qonunlarini, hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash to’g’risida»gi 427-sonli qarorini, O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorash milliy dasturi»ni (1997 yil 27 avgust) amalga oshirishni ta’minlashda umumiy o’rta maktablarida «Hayot xavfsizligi asoslari», o’rta maxsus kasb hunar ta’limi tizimida «Fuqaro muhofazasi asoslari va hayot xavfsizligi», oliy o’quv yurtlarida «Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar» yoki (2003 yildan) «Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanlarini o’qitishni tashkil qilish ta’limning uzluksizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
«Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonunning 16 va 18-moddalarida umumta’lim maktablari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o’rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi bo’yicha o’qitish umumiy va majburiydir, deb ta’kidlangan.
«Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanini oliy o’quv yurtlarida o’qitishdan maqsad talabalarga aholini, hududlarni, xalq xo’jaligi obyektlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat bo’lib:
Talabalarni turli xil favqulodda vaziyatlarni umumiy tavsilotlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, talafotlarni kamaytirish va ularni oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha fuqaro muhofazasini tadbirlari bilan tanishtirish;
Oliy o’quv yurtlarining xalq xo’jaligi inshooti sifatida ularni komanda-boshqaruv tarkibi va harbiylashmagan tuzilmalari faoliyatining mohiyatini moslangan o’quvmoddiy bazasini, oliy o’quv yurtida beriladigan mutaxassisligiga mos fuqaro muhofazasi tuzilmalarini xizmatini qo’llab hal etadigan fuqaro muhofazasi masalalarini o’z ichiga oluvchi tadbirlarning yagona tizimini o’rgatish;
Talabalarda O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligini ta’minlashda fuqaro muhofazasi masalalarini, tadbirlarini muhimligini hamda favqulodda vaziyatlarda jarohatlanganlarga va o’ziga-o’zi yordam ko’rsatish bo’yicha mas’uliyat va burch hissiyotini tarbiyalash;
Talabalarga favqulodda vaziyatlar xavfi bo’lganda va ro’y
berganda ularning harakatlarida axloqiy-ruhiy barqarorlik sifatlarini singdirish;
Talabalarga favqulodda vaziyatlarda harakat qilish, aholini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmas ishlarni tashkil qilish va o’tkazish asoslarini, xalq xo’jalik inshootlarini (korxonalarini) barqaror ishlashini kuchaytirish uskunalarini o’rgatish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |