Fanning asosiy tushunchalari
Har bir fanning o’zining asosiy atamalari va tushunchalari bo’lganiday, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi fanining xam, huquqiy-me’yoriy hujjatlarida o’z o’rnini topgan, hozirda bir tizimga keltirilgan asosiy tushunchalari mavjud. Bu asosiy tushunchalar tizimi O’zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlat markazining maxsus qaroriga muvofiq tasdiqlangan va amal qilish uchun joriy etilgan. Bundan maqsad qabul qilingan asosiy tushunchalar, atamalar va ularning ta’riflari turli hujjatlarda, ilmiy ommabop, hamda o’quv adabiyotlarda bir xilda qo’llanilish va tushunishini ta’minlashdan iborat.
Mazkur favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi fanining asosiy tushunchalar tizimi uch qismdan iborat bo’lib, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish, hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tashkiliy strukturasining atamalari va ta’riflarini mujassamlashtirilgan.
Quyida biz ana shu qabul qilingan asosiy tushunchalarni ko’rib chiqamiz.
Favqulodda vaziyat (FV) deganda odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’lig’i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarish hamda odamlar hayot sharoitini izdan chiqishga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiat hodisa, yoki boshqa tabiat ofat natijasida muayyan hududida yuzaga kelgan vaziyat tushuniladi.
Kelib chiqish sabablari bo’yicha ular tabiat, texnogen, ekologik, harbiy va ijtimoiy bo’lishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish – deganda, oldindan o’tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, binoan, bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiat muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksiga tushuniladi.
Bunga eng avval, oldindan sinalgan, tajribada ko’rilgan choratadbirlar qo’llaniladi. Ayniqsa oldindan bashoratlash, axborotini berish, bo’ladigan vaziyatlarni oldini olishga davlatlar katta mablag’lar sarflab e’tibor berib kelishiyapti.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – deganda, favquloddavaziyatlar ro’y berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetadigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni xalqaga olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari kechiktirib bo’lmaydigan boshqa kompleks ishlarga tushuniladi.
Albatta, bunda yuz bergan vaziyatda, eng avval shu vaqtda, shu yerda yoki yaqinida bo’lgan ushbu ishni tushungan matonatli kishilarning vaziyatni bartaraf etish uchun harakat qilishlari lozim.
Ammo, Respublikamizda bunday vazifalarni ado etuvchi maxsus bo’linmalar mavjudki, bular favqulodda vaziyatning turiga qarab doimiy shay-tayyor holatda bo’ladilar. Sodir bo’lgan favqulodda vaziyat o’chog’iga birinchi bo’lib aynan shu bo’linma mutaxassislari yetib kelishadi va ushbu ishlar bilan shug’ullanishadi.
Favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilish – deganda favqulodda vaziyat yuzaga kelishining ehtimol bo’lgan sabablarini, uning ilgarigi va hozirgi manbaini tahlil qilish asosida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi ehtimolini va rivojlana borishni oldinroq aks ettirishga tushuniladi.
Bu bashoratlash uzoq muddatli, qisqa muddatli hamda tezkor bo’lishi mumkin, bu favqulodda vaziyatlar xususiyatiga va sodir bo’lishi vaqtiga bog’liqdir.
Masalan: tabiiy xususiyatli FV aksariyat uzoq muddatli bo’lib xarita ko’rinishida bo’ladi, texnogen xususiyatdagisi obyektning joylashgan o’rni, faoliyati, ishlab chiqarish mahsuloti turi, miqdoriga qarab hisob kitob qilinadi.
Favqulodda vaziyatlarda ogoh bo’lish – deganda, atorof tabiiy vapotensial xavfli obyektlarning, favqulodda vaziyat manbalari paydo bo’lishini oldindan bashorat qilish va profilaktika qilishning ahvolini kuzatish va nazorat qilishni tashkil etilishiga, shuningdek favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, muhandislik texnikaviy, ekologik muhofaza sanitariya-gigiyena, sanitariya-epidemiologik va maxsus tadbirlar majmuasiga tushuniladi.
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish – deganda muayyan hudud yoki potensial xavfli obyektda aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyat manbalarining shikastlovchi omillari va ta’siridan muhofaza qilish uchun, shuningdek favqulodda vaziyatlari tugatishda boshqaruv organlari, kuch va vositalarining samarali faoliyatini ta’minlash uchun sharoit yaratuvchi oldindan o’tkaziladigan tadbirlar majmuasiga tushuniladi.
Aholini evakuasiya qilish – bu favqulodda vaziyat zonalaridan yoki ehtimol bo’lgan favqulodda vaziyat zonalaridan aholini piyoda va transportda uyushqoqlik bilan olib chiqish, shuningdek evakuasiya qilinganlarni joylashtirish manzillarida turmush kechirishni ta’minlash tadbirlari majmuasiga tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |