Aholini ommaviy qirg’in qurollari va boshqa urush
vositalaridan himoyalash
Aholini OQQ himoyalash fuqaro muhofazasini asosiy vazifalaridandir.
Kompleks ravishda uch xil himoya usullari rejalashtiriladi va o’tkaziladi.
Aholini himoya inshootlarida himoyalash.
O’z ish faoliyatini shaharda davom ettirayotgan korxona, tashkilotlarni ishchi va xizmatchilarni shahardan chet zonalarda tarqoqlashtirish.
Aholi tomonidan mahalliy himoya vositalaridan foydalanish.
Hujum qilish vositalarini holati va uzluksiz taraqqiy etishi dushmanini to’satdan bostirib kirish xavfini oshiradi. Bunday sharoitda himoya tadbirlarini o’tkazish muddatlari o’ta cheklangan bo’ladi. Shuning uchun birinchi o’rinda aholini himoya inshootlarida, ularni ish joylarida yoki o’qish joylarida va yashash joylarida yashirish turadi.
Himoya inshootlari bu aholini yadroviy, kimyoviy va bakteriologik qurollardan, shuningdek yadroviy portlashlarni, oddiy halokat keltiruvchi qurollarni ikkalamchi halokat keltiruvchi omillaridan maxsus himoya qilishga mo’ljallangan inshootlardir.
Himoya inshoatlarini tasnifi rasm-2.14 da keltirilgan.
Himoya xususiyatlariga ko’ra himoya inshootlari yashirinish joylari (ubejishe) va radiasiyaga qarshi yashirinish joylariga bo’linadi.
Ubejiщye bu unda yashirinayotgan odamlarni OQQni halokatli faktoralaridan, yong’inlardagi yuqori harorat va zararli gazlardan, shuningdek vayron bo’lgan binolarni bosishlaridan eng yaxshi himoya qiluvchi inshootdir. Ubejiщyeda odamlar uzoq vaqt davomida bo’lishi mumkin.
Himoyani chidamliligi devor va tomlarni mustahkamliligi, shuningdek odamlarni normal hayoti faoliyatini ta’minlovchi-sanitargigiyenik sharoitlarni yaratilganligi bilan ta’minlaniladi.
Ubejiщyelar bino tarkibida yoki alohida joylashgan bo’lishi mumkin. Bino tarkibidagi ubejishelar eng tarqalgan bo’lib, bu maqsadda asosan ishlab chiqarish korxonalari va yashash binolarini podval yoki yarim podval etajlari ishlatiladi. Bino tarkibida ubejishelarni qurish imkoniyati bo’lmasa alohida joylashgan ubejishelar quriladi. Bu ubejishelar ancha chuqurlikda joylashgan bo’lib, bu maqsadlarda yer osti o’tish yo’llari, metropoliten va boshqalar moslashtirilishi mumkin.
Ubejishye (rasm-2.13) asosiy va yordamchi xonalardan iborat bo’ladi. Asosiy xonalarga odamlarni yashirinishi xonalari, tamburlar, illyuzlar va yordamchi xonalarga esa filtrlash-ventilyasiyalash kameralari, hojatxonalar, dizel elektrostansiyasi xonasi, kirish va chiqishlar, tibbiy xona, mahsulotlar ombori tegishlidir. Yashirinuvchilarni joylashtirish xonasida 1 kishi uchun 0,5 m2 kam bo’lmagan pol sathi va 1,5 m3 kam bo’lmagan ichki hajmi ajratiladi. Ubejiщye xonasi balandligi 2,2 m dan kam emas, yuqori yarusdan bino shiftiga bo’lgan masofa 0,15 m kam bo’lmasligi kerak. Ubejiщyelarda avariya chiqishi bo’lishi kerak. Bundan tashqari ubejisheda elektr ta’minoti, aloqa, suv ta’minoti va kanalizasiya va isitish muhandis tizimlari bo’lishi kerak.
Tez quriladigan ubejishelarda ham yuqorida ko’rastilgan obyektlardagi kabi xonalar bo’lishi kerak. Bu ubejishelarni qurish uchun temir beton, shahar yer osti xo’jaligini injenerlik inshootlarini kollektor elementlari ishlatiladi. Bu ubejishelar ishlab chiqarish binolari orasida bo’sh joylarda ulardan 20-25 m uzoqlikda quriladi.
Radiasiyaga qarshi yashirinish joylari odamlarni tashqi gamma nurlardan, radioaktiv changlarni nafas olish yo’llari, teri va kiyimga kirib borishi va o’tirishidan, shuningdek yadro portlashini nurlanishidan asraydi. Bundan tashqari bu yashirinish joylari ma’lum mustahkamlikka ega bo’lganda odamlarni yadro portlashini havo zarbasidan va buzilayotgan binolarni parchalaridan asrashi mumkin. Bu yashirinish joylari shuningdek teriga va kiyimga zaharlovchi moddalar, bakterial vositalarni aerozollari tushishidan asraydi. Radiasiyaga qarshi yashirinish joylari radiasiya darajasini pasaytirish koeffisiyentini katta qiymatlarini ko’zlab quriladi.
Bu yashirinish joylari qo’yidagicha bo’lishi mumkin:
bino va inshootlarni podval etajlari asosida;
g’ishtli uyni moslashtirish;
tosh yoki somon asosida qurilgan yerto’lalar (pogreb);
alohida joylashgan tez quriladigan radiasiyaga qarshi yashirinish joylari.
Rasm-2.13. Ubejiщye (yashirinish joyi) tuzilishi:
1-himoya germetik eshiklar; 2-shlyuzli kameralar (tamburlar); 3-sanitar-maishiy bo’lim; 4-odamlarni joylashtirish asosiy xonasi; 5-avariya chiqishini galereyasi va boshchasi; 6-filtr-ventilyasiya kamerasi; 7-oziq-ovqat mahsulotlari uchun omborxona; 8-tibbiy xona.
|
|
|
Moslashtirilgan
|
|
Alohida joylashgan
|
qurish vaqtiga ko’ra
hajmiga ko’ra
Filtr-ventilyasiya jihozlari bilan ta’minlanganligiga ko’ra
|
|
|
|
Sanoat jihozlari bilan
|
|
Oddiy jihozlar bilan
|
|
Filtr-ventilyasiya jihozlarisiz
|
Rasm-2.14. Himoya inshoatlarini tasnifi.
Eng oddiy yashirinish joylari bu yoriqlar hisoblanadi. Yoriqlar ochiq, yopiq, ichidan qoplangan yoki qoplanmagan bo’lishi mumkin. Yoriqlarda odamlarni havo zarbasi, yorituvchi nur va kirib boruvchi radiasiyadan zararlanishi 1,5-2 marta (yopiq yoriqlarda 2,5-3 marta) va hududni radioaktiv zararlanishidan nurlanish esa 2-3 marta (200-300 marta yopiq yoriqlar uchun) kamayadi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki yoriqlar zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoya etolmaydi. Bu qurollar ishlatilganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak. Yoriqlar korxona, idora, o’quv muassasasi, kolxoz, sovxoz va odamlar ko’p to’planadigan joylarda quriladi. Yoriqlar bosishlar zonasidan uzoqroqda (yerdagi binolardan uning yarmi plyus 3 m masofada quriladi.
Yoriqlar qo’yidagicha bo’ladi:
ichidan qoplanmagan yopiq va ochiq; Yoriqni normal sig’imi 1015 dan 30 kishigacha. Yoriq chuqurligi 172 sm, eni: yuqori qismida 110120 sm,pastida 80 sm.
ichidan qoplangan yopiq va ochiq;
Turli himoya inshoatlarini radioaktiv nurlanishdan himoyalash xususiyatlari jadval-2.5 da keltirilgan.
Himoya inshootlarini yashirinuvchilarni qabul qilishga tayyor holga keltirishda quyidagilar qilinadi: inshootlar tozalanadi, devor va tomdagi barcha yoriq va teshiklar maxkamlanadi, reproduktor va telefon o’rnatiladi, kirishlarda ko’rsatuvchilar va «Kirish» yoritgichli signalizasiya o’rnatiladi. Vodoprovod, isitish, kanalizasiya, elektr tizimlari tekshiriladi. Hajmi 30 kishidan oshiq ubejishe va radiasiyaga qarshi yashirinish joylarda komendant, hajmi 50 kishidan kam yashirinish joylarida yashirinuvchilar safidan kattalar tayinlaniladi. Ishlar FM ni tegishli shtablari rahbarligida va nazorati ostida amalga oshiriladi.
Jadval-2.5 Himoya inshoatlari va boshqa xonalarni radionurlanishdan himoyalash xususiyatlari
Himoya inshoatni turi
|
Kosl (dozani pasaytirilishi)
|
|
|
Tashqi nurlanish
|
Ichki nurlanish
|
Himoya inshoatlari:
yashirinish joylari: - toza ventilyasiya rejimida;
- filtr ventilyasiya rejimda.
radiasiyaga qarshi yashirinish joylari
Bino va xonalar:
ishlab chiqarish va ma’muriy (3 etaj);
toshli turar joylar (5 etaj);
yerto’lalar
yerto’lalar;
|
1000 marotaba va yuqori
50-500
5-7
25-50
400-600
3
7-8
2
|
10-20 (30-40)*
40-50 (1000 gacha)
3-10
1,5-2 (3-5)**
2-3 (3-5)
2-3 (4-6)
1-2 (2-3)
2-3 (4-6) 1
|
*- aerozolga qarshi filtrlarni mavjudligida; ** - xonalar germetizasiya qilinganida.
Do'stlaringiz bilan baham: |