Mavzu: Yer osti komunikatsiylarini qurishdagi geodezik ishlar.
REJA:
1. VODOPROVOD TARMOQ VA INSHOOT ELEMENTLARINI YO‘LGA QO‘YISH SXEMASI
2. KANALIZATSIYA TARMOQ INSHOOTINI YO‘LGA QO‘YISH ELEMENTINING SXEMASI
3. GAZ INSHOOT TARMOQ ELEMENTINI YO‘LGA QO‘YISH SXEMASI
4. YER OSTI QUVUR BELGI RAQAMINI MAHALLIY JOYDAGI TO‘SIQLARDAN TRASSANING BOSHLANISH NUQTASIGA OLIB O‘TISH
5. YER OSTI KOMMUNIKATSIYA VA INSHOOTNING ASOSIY O‘QINI NUQTAGA BOG‘LASH VA UNI KESIB O‘TISH
Mavzu: YER OSTI KOMUNIKATSIYALARINI QURISHDAGI GEODEZIK ISHLAR
VODOPROVOD TARMOQ VA INSHOOT ELEMENTLARINI YO‘LGA QO‘YISH SXEMASI
Vodoprovod tarmoqlari va inshootlarini suv bilan ta’minlash tartibiga muhandislik tartibi deyiladi. Muhandislik kompleks tartibi aholini yetarli darajada suv bilan ta’minlaydi. Ana shu qoidaga muvofiq aholini suv bilan ta’minlash elementi 153- rasmda ko‘r- satilgan.
rasm. a — vodoprovdning ochiq va yopiq sxemasi;
b — suvni barpo qilish sxemasi.
1 — suv devori; 2 — suvni qabul qilish qirg‘og‘i; 3 — nasos stansiyasi; 4 — suv tozalagich inshooti; 5 — yer osti rezervuaridagi toza suv; 6 — nasos stansiyasi; 7 — suv minorasi; 8 — suvning taqsimot joyi; 9 — shaxtadagi quduq;
10 — oqin suv.
Suvni qabul qilib oluvchi inshoot devori tabiat buloqlaridan oqib kelayotgan suvni qabul qilib olish uchun xizmat qiladi. Nasos stansiyasidan suvni nasos orqali suv tozalash inshootiga haydaladi va inshootdagi suvni takroriy ravishda tozalab ishlab chiqilgandan so‘ng suv hajmi bo‘yicha kerak bo‘lgan joyga taqsim qilib yubori- ladi. Suvni tozalagich inshooti rezervuar va bosimli suv minorasi kerak bo‘lgan hajmdagi suvni talab qilingan joylarga taqsim qi- luvchi joy. Suv quvurlari orqali suvni taqsim qiluvchi tarmoq aho- liga yetarli darajada suvni o‘z vaqtida taqsim qilib yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Suv quvuri uchun chiziq olib o‘tish vaqtida u avtomobil yoki temir yo‘l to‘siqlaridan o‘tadigan bo‘lsa, bunday holda to‘siqdan quvurni olib o‘tish uchun ko‘tarma tagidan o‘tkaziladi, yoki maxsus ko‘prik, tonnel quriladi. Agarda quvurni jarlik yoki ko‘llardan olib o‘tish lozim topilsa, truba, inshootlarni to‘siqlardan ozod qilish uchun ko‘prik yoki dyukerquriladi.
KANALIZATSIYA TARMOQ INSHOOTINI YO‘LGA QO‘YISH ELEMENTINING SXEMASI
Kanalizatsiya tarmog‘i muhandislik inshootlarining yig‘indisi bo‘lib, tashkiliy ishlar quyidagicha: a — oqadigan suv va ularni tashkil qilish, b — oqin suvni tozalagich inshootiga olib borish, d — oqin suvni tozalash va undagi qoldiqdan foydalanish, e — tozalangan suvni tinitilgandan so‘ng qoldiq suvni xovuzga quyish. Kanalizatsiya quvuri va inshootning asosiy elementlari 154- rasmda ko‘rsatilgan.
rasm. Kanalizatsiya tarmog‘i va inshootning sxemasi.
1 — uy ichidagi tarmoq; 2 — uyning tashqarisidagi tarmoq; 3 — vodoprovod;
4 — suvni ariqqa chiqarish; 5 — eng yuqori sath; SCh — suvni quduqdan chiqarish, NS — nasos stansiyasi, TI — suvni tozalash inshooti.
Hududlardan barcha kanalizatsiyalarni olib o‘tayotganda joy relyefi bir-biriga to‘g‘ri kelayotganligi sababli xovuz va kanali- zatsiyaga bo‘linadi: kanalizatsiya joyi suv ayirishlik bilan chegara- lanadi. Oqar suv bitta yoki bir nechta hovuzlarning yig‘indisidan tashkil togpgan bo‘lib, suvlarning bir joyga to‘planib kanalizatsiya tarmog‘ini tashkil qilishiga kollektor deyiladi. Yirik o‘lchamdagi kollektorlarni kanal deyiladi. Quvur chizig‘i kollektor, kanal, daryo, jar, soy va temir yo‘llarni kesib o‘tsa, dyuker inshootidan foydalaniladi. Kollektor va kanallarni qurishda nishablik pastlik tomonga qaratib yo‘naltiriladi. Agarda oqin suvni yuqori tomon ko‘tarish zarur bo‘lsa, bunday sharoitda nasos stansiyasi o‘rnatiladi va nasos yordamida yuqoriga suv haydaladi. Yuqori nuqtadagi suv past tomonga o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha xohlagan tomonga oqib boraveradi
GAZ INSHOOT TARMOQ ELEMENTINI YO‘LGA QO‘YISH SXEMASI
Gaz tarmog‘i quvur tartibidagi inshoot bo‘lib, gaz taqsimotini jihozlab, aholiga qancha gaz sarf bo‘lish hisobi olinadi va aholini yetarli darajada gaz bilan ta’minlanadi. Gaz miqdoriga qarab bosim uch toifaga bo‘linadi: 1-past bosim — 4,90 kPa (0,05 kgs/ sm2). 2-o‘rta bosim — 4,90 dan 294,20 gacha kPa (0,05 dan 3 kgs/sm gacha. 3-yuqori bosim — 294,20 dan 1176,79 gacha kPa (3 dan 12 kgs/sm2 gacha). Gaz taqsimotidagi ishni belgilash bo‘yicha shahar gaz tarmog‘i tranzitli va mayda taqsimotga bo‘linadi: a — tranzitli, b — shoxchalanish taqsimoti. Qoidaga muvofiq, barcha gaz quvurlaridagi bosimsiz gazni aholining talabiga ko‘ra har qaysi ko‘chadan, har qaysi xonadonga yetkazib beriladi. Kvartallarning ichidagi hovlilarga gazni olib o‘tishda uylarning va umumiy uylarning fasadi bo‘yicha olib o‘tiladi va ma’lum joylarga tayanch belgi ustunlar o‘rnatib boriladi. Gaz ballonlarini mashinada olib yurishda nishablikka e’tibor beril- maydi. Gazni yer ostidan yoki yer ustidan dyuker usuli bilan olib o‘tiladi.
YER OSTI QUVUR BELGI RAQAMINI MAHALLIY JOYDAGI TO‘SIQLARDAN TRASSANING
Do'stlaringiz bilan baham: |