Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
qaror va me’yoriy hujjatlar
Respublikamiz hukumati tomonidan Favqulodda Vaziyatlar
Vazirligi tashkil topgan kundan e’tiboran aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha qaror va me’yoriy hujjatlar qabul qilindiki, ular o’z navbatida favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining har o’quv yiliga qabul qiladigan tashkiliy ko’rsatmalari ham kiradi. Quyida shu hujjatlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-sonli «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida»gi qarorida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi Nizom va uning tuzilmasi to’g’risida so’z yuritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida tarkibida Vazir (hay’at raisi), lavozimi bo’yicha vazir o’rinbosarlari, Vazirlikning hamda unga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlari bo’lgan 9 kishidan iborat hay’at tuzilgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatiga kiritlgan muhim muammolarga oid tavsiyanomalarni ko’rib chiqish va tayyorlash uchun O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida ilmiy-texnika kengashi tashkil etilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga quyidagi huquqlar berilgan:
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqalopog’iston RespublikasiVazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabbdor shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy bo’lgan fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, avariyalar va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirib borish uchun zarur bo’lgan qarorlarni belgilangan tartibda, o’z vakolati doirasida qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqalopog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan axborot va ma’lumotlarni belgilangan tartibda talab qilish va olish;
vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va obyektlarni o’z vakolatiga taaluqli masalalar bo’yicha tekshirishlarni belgilangan tartibda o’tkazish;
mamlkatimiz va chet el mutaxassilarini hududlarni, xavf-xatar mavjud bo’lgan obyektlar va ishlab chiqarishlarni davlat ekspertizasidan o’tkazishga jalb etish;
avariya-qutqaruv texnikasini yaratish, avariya va halokatlardan zarar ko’rgan aholini va hudadlarni sog’lomlashtirish va tiklashga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan ish bajaruvchilar (firmalar), shu jumladan xorijlik ish bajaruvchilar (firmalar) bilan belgilangan tartibda kontrakt (shartnoma)lar tuzish;
Qoraoqalopog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklarbilan kelishilgan holda boshqa sohalardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish uchun doimiy tayyorgarlikning zarur hududiy kuchlari va vositalarini jalb etish to’g’risida qarorlar qabul qilish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini mablag’ bilan ta’minlash xarajatlarini O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ushbu qaror bilan fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo’yicha rahbar xodimlar tayyorlash respublika markazi O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutiga aylantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 1997 yil 23 dekabrdagi 558-sonli «O’zbekiston Republikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to’g’risida»gi qarori.
FVDT boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo’ljallangan.
Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibi tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari, xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining Respublika, mahalliy va obyektlar darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funksional quyi tizimini tashkil etuvchi vazirlik va idoralar ro’yxati ilova qilingan bo’lib, ulardan har birining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalari keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tavsifi to’g’risida»gi qarori.
Qarorda O’zbekiston Respublikasi hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteri va ko’lamiga ko’ra tasniflab berilgan.
Favqulodda vaziyatlar xaraketriga ko’ra uch turga – tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlar, ko’lamiga ko’ra to’rtga – lokal, mahalliy, Respublika va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga bo’linadi.
Umuman, keltirilgan qarorlar va bundan tashqari me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda, quyida O’zbekiston FV qarorlari strukturasi sxemasi (rasm 1.3), FV kuchlarining harbiy holatdagi kuchlarini strukturasi (rasm 1.4) va hududiy obyektlar bo’yicha FV kuchlari strukturasi (rasm 1.5) keltirilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida kadrlar tayyorgarligi masalasi muhim o’rin tutadi.
Aholi va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash masalalari «O’zbekiston Ruspublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga, tayyorlash tartibi to’g’risida»gi 427-sonli qarorida bayon qilib berilgan. O’qitish ma’yorlari Bosh vazirning yillik tashkiliy ko’rsatmalarida aniqlab beriladi.
Qarorda begilanishicha, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalarda, muassasalardava tashkilotlarda, shuningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari bo’yicha o’tkazilishi lozim. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo’yicha tayyorgarlikdan o’tgan fuqarolarimiz muhofazalanishining qoidalari va asosiy usullarini birinchi tibbiiy yordam ko’rsatish usullarini, jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari zarur.
Rahbar xodimlar esa favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish bo’yicha harakat qilishga tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o’tishlari lozim.
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash sohasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir nechta vazirliklar – Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishi lozim. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar aholi o’rtasida keng tashviqot qilinishi lozim. O’quv dasturlari ishlab chiqilishi, o’quv qo’llanamalari, darsliklar tayyorlanishi talab etiladi.
Tayyorgarlik ishlarini olib borishni samarali tashkil etish maqsadida har bir o’quv yiliga Bosh vazirning tashkiliy ko’rsatmalari qabul qilinadi. Jumladan, «Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash yuzasidan 2001-2002 o’quv yiliga mo’ljallangan tashkiliy ko’rsatmalar»da shunday belgilangan: aholini, rahbarlar tarkibini, harbiylashmagan tuzilmalarni O’zbekiston Respublikasi hududida tabiiy texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, hamda ularni tugatish ishlariga tayyorlash saviyasini oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarni profilaktika qilish, oldini olish va tugatishga rahbarlik qilish usullarini takomillashtirish, hamda o’tkazish, tayyorlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Shuning bilan birga ishchi va xizmatchilarning bilim darajasi va amaliy tayyorgarligi zamon talablariga javob berishi lozim.
Asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
aholiga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hatti-harakatlari qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish yo’llarini, jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini o’rgatish;
boshqaruvning barcha darajalaridagi rahbarlarni favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish harakatlariga tayyorlash va qayta tayyorlash;
korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlarida va boshqa mutaxassislarida qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini o’tkazish kuchlari va vositalarini tayyorlash va boshqarish ko’nikmalari hosil qilish;
favqulodda vaziyatlardagi o’z funksional vazifalarini amalda o’zlashtirib olishlari.
O’zbekiston Respublikasi hukumati
Respublika bo’yicha
Regionlar bo’yicha
Territoriyada
Mahalliy
Obyektda
Territorial podsistema
1.
Boshqaruv organlari
Koordinasiya
Tarmoqlararo komissiya
Region markaz
FVK
FVK
FVK
Doimiy boshqaruv
FVV
Region markaz
Bosh boshqarma
Boshqaruv bo’limi
Bo’limlar, sektorlar, mutaxassislar
Kunlik boshqaruv
Krizisli FV markaz boshqaruvi
FV markaziy boshqaruv
Tezkor-navbatchi xizmati
Navbatchi dispetcherli xizmat
2.
Kuch va vositalar
Kuzatish va nazorat
“O’zbekgidromet”, hokimiyatlar bo’limi, xavfli obyetklar, Davlatsanepidnazorat, laboratoriya kuzatuvi tarmoqlari.
FV bartaraf etish
FVV axtaruv-qutqaruv bo’limi, yong’inga qarshi bo’limi, Fuqaro mudofaasi kuchlari, IIV bo’limlari.
Shtatli va shtatadan tashqari avariya-qutqaruv turli kuchlar.
3.
Axborot boshqaruv sistemasi
Axborot markazi
Axborot boshqaruv markazi
Axborot boshqaruv markazi
Abonent punkti
Axborot markazi
4.
Moliya va material rezervlari
Baza, omborxona, materiallarni saqlash joylari.
Funksional quyisistema
Boshqaruv organlari, GOChS joylari va kuchlari, axborot boshqaruv sistemalari.
Rasm 1.3. O’zbekiston Favqulodda vazitlar qarorlari strukturasi.
B o sh q o’ m o n d o n
Hukumat vazirligi
Mazmuni
Darajasi
Respublika bo’yicha
Regionlar bo’yicha
Territoriyada
Mahalliy
Obyektda
Territorial podsistema
1.
Boshqaruv orgnalari
Maslahatli
Tarmoqlararo komissiya
Region markaz
FVK
FVK
FVK
Doimiy boshqaruv
FVV
Harbiy (harbiy holat)
- Harbiy kuchaytirilgan boshqaruv organi. - Fuqaro muhofazasi xizmati.
Kunlik boshqaruv
Krizisli FV markaz boshqaruvi.
Zahiradagi boshqaruv punkti (ZBP)
Krizisli FV markaz boshqaruvi.
ZBP
Tezkor-navbatchi xizmati
Navbatchi dispetcherlik xizmati
2.
Kuch va vositalar
Kuzatish va nazorat
Tinch vaqtda qo’llash bo’limi.
FV qurol qo’llannish oqibatini bartaraf etish
Tinch vaqtda qo’llanuvchi kuchlar va vositalar.
FM qismlarini ko’paytirish
Fuqarolar tashkiloti
3.
Axborot boshqaruv sistemasi
Axborot markazi
Axborot boshqaruv markazi
Axborot boshqaruv markazi
Abonent punkti
Axborot markazi
4.
Moliya va material rezervlari
Baza, omborxona, materiallarni saqlash joylari.
Funksional quyisistema
Boshqaruv organlari, GOChS joylari va kuchlari, axborot boshqaruv sistemalari.
Rasm 1.4. Harbiy holatdagi favqulodda vaziyatlar kuchlari strukturasi.
35
|
|
|
Bo’lim boshlig’i (FV
|
|
|
|
|
mutaxa
|
ssisi)
|
|
|
Mazmuni
|
Darajasi
|
Obyekt
|
Obyekt bo’limlar strukturasi
|
1.
|
Boshqaruv orgnalari
|
Maslahatli
|
FVK
|
FVK
|
Doimiy boshqaruv
|
FMFV ishlari bo’yicha bo’lim
|
FV sektorlari
|
Kunlik boshqaruv
|
Navbatchi dispetcherlik xizmati
|
2.
|
Kuch va vositalar
|
Kuzatish va nazorat
|
|
FV qurol qo’llannish oqibatini bartaraf etish
|
|
3.
|
Axborot boshqaruv sistemasi
|
Axborot boshqaruv markazi
|
|
4.
|
Moliya va material rezervlari
|
Baza, omborxona, materiallarni saqlash joylari.
|
Rasm 1.5. Hududiy obyektlar favqulodda vaziyatlar kuchlari strukturasi.
36
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun umumiy o’rta ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejalari, akademik liseylar, oliy o’quv yurtlari, korxona, tashkilot va muassasalarda, shuningdek aholi manzilgohlarida alohida dastur asosida tayyorgarlik ishlari olib borilishi zarurligi ta’kidlanib, o’rganilishi lozim bo’lgan mavzularning taxminiy ro’yxatlari keltirib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |