Hotam kishi uyda tutatganda ud,
Qo‘shni hovlida ham shul muattar dud
274
.
“Himmat”
(arab. g‘ayrat, shijoat, jo‘shqinlik, harakat, hafsala, qunt)
‒
odamgarchilik, muruvvat yuzasidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam,
insonga xos xislatni angaluvchi tushuncha
275
bo‘lib, bu borada Fariduddin Attor:
Himmati oliyga yetsa har ko‘ngul,
Davlati beminnat unga yuzlanur”
276
‒
deya insonlarni himmatli bo‘lishga chorlash orqali qalb sofligi, ko‘ngil
xotirjamligi, ma’naviy yetuklikka undaydi. Himmat tushunchasining asosida
iqtisodiy yoki mod-diy asos yotadi. Shuningdek, tarixiy manbalarda uchraydigan
“himmat” tushuncha-lari ijtimoiy xizmat ko‘rsatish nuqtayi nazaridan qiyosiy
o‘rganilganda uning asosan ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Biri beg‘araz
yordam ko‘rsatish, ikkinchisi, qo‘l-lab-quvvatlash. Bunda qo‘llab-quvvatlash
xizmat ko‘rsatishning ikki tomonlama manfaatga asoslangan o‘ziga xos shaklini
ifodalab, foiz olish, sudxo‘rlik jamiyatda kreditlashtirishning bir ko‘rinishi sifatida
ham namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimdan muhtojlarga muruvvatli bo‘lish,
ko‘mak va ehtirom ko‘rsatish, keksayganda ularga g‘amxo‘rlik qilish ijtimoiy
himoyaning tarkibiy qismi bo‘lib kelganki, ular etnoan’ana tariqasida namoyon
bo‘lmoqda. Bunda jins, yosh, kasb kabi ijtimoiy-madaniy omillar belgilovchi
hisoblangan. Bu o‘ziga xoslikning ma’naviy asosi o‘zbek xalqining turmush
tarzida dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi va jamoaviy tarzda mehnat
qilish singari omillar bilan izohlanadi. Mazkur holat ma’naviy birlik tuyg‘usi bilan
bog‘liq bo‘lib, milliy ma’naviyatning tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lishi
mumkin. Shu bois mehr-muruvvat ko‘rsatish, oqibatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish
milliy ta’lim-tarbiya tizimida vazifadorligi jihatidan ajralib turishini ta’kidlash
lozim. Inson o‘z yaqinlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bilan birga,
ularning g‘am-tashvishlariga hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini o‘zida
mujassam etishi lozim. Aynan ana shu jihatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan
xalq og‘zaki ijodi namunalarida, ya’ni rivoyat va ertaklar, afsona va maqollarda,
shuningdek, “Avesto”, “Qur’on”, Hadislar to‘plami kabi diniy manbalar va o‘tmish
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir qo‘lyozmalarda ham o‘z ifodasini topgan.
Mana shunday fazilatlarni shakllantirish asosida jamiyatda ijtimoiy muho-
fazaga oid ijtimoiy foydali maqsad ommalashtirib borilgan. Shunday ezgu maqsad-
lardan birini ijtimoiy yordam ko‘rsatish ma’naviyati deb oladigan bo‘lsak, u,
albatta, muayyan ma’naviy, axloqiy muhitda shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy muhit
esa insonlar yashaydigan hudud-makonidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik
va barqaror siyosiy muhitni anglatadi. Barqaror ijtimoiy, siyosiy muhit deganda,
hududdagi mavjud jamiyat a’zolarining tinch-totuvligi va farovonligi tushuniladi.
Shu sababli ajdodlarimiz ijtimoiy xizmat yoki beg‘araz yordam ko‘rsatishni
274
Хусрав Деҳлавий шеъриятидан. – Тошкент: Ўзбекистон, 1979. –Б.124.
275
Маънавият асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 2010. –Б.751.
276
Фаридуддин Аттор. Ҳикматлар. – Тошкент: Ўзбекистон, 2013. –Б. 39.
203
ma’na-viy hayot, milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, urf-odat va
an’analar tarkibiga singdirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |