Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


birinchidan , tabiiy va tarixiy (yoki tabiiy-tarixiy) – fundamental-tarixiy  bilim;  ikkinchidan



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

birinchidan
, tabiiy va tarixiy (yoki tabiiy-tarixiy) – fundamental-tarixiy 
bilim; 
ikkinchidan,
tabiiy va istiqbolli (yoki tabiiy-istiqbolli) – fundamental-
prognostik bilim; 
uchinchidan,
sun’iy va tarixiy (yoki sun’iy-tarixiy) – texnologik-tarixiy 
bilim; 
to‘rtinchidan,
sun’iy va istiqbolli (yoki sun’iy-istiqbolli) – texnologik-
prognostik bilim. 
Natijada “Fundamental (kasbiy) bilim – Texnologik bilim – Prognostik bilim 
– Tarixiy (sohaviy) bilim” kabi to‘rtlik birikmasi vujudga kelib, pedagogik jarayon 
haqida mukammal ma’lumot asosida aniq tasavvur shakllanadi. 
Mazkur masalani bilimlarning integratsiyalashuvi deb ham ko‘rsatish mum-
kin. Natijada, ilmiy munozaraning mavzusi kengayib, ta’lim psixologiyasidan, 
ta’lim falsafasi va fan metodologiyasiga o‘tib ketish mumkin. Metodologik nuqtayi 
nazardan fundamental (kasbiy) – texnologik – prognostik va tarixiy (sohaviy) 
bilimlarning integratsiyasini ta’minlashda falsafa integrativ funksiyani bajaradi. 
Uni xususiy yo‘nalishini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
♦ strukturaviy-funksional (tabiiy va ijtimoiy borliqning unversal tavsifini 
(termodinamik, mexanik, fizikaviy-kimyoviy va kibernetik kabi xossalarini) 
belgilash) yo‘nalishda; 
♦ genetik (tabiiy va ijtimoiy borliqning tarixiy va prognostik (planetar, 
geologik, biologik, ijtimoiy va avtotrof (ijtimoiydan keyingi bosqich) tavsifini 
belgilash) yo‘nalishda; 
♦ strukturaviy-funksional va genetik yondashuvlarni kesishmasini ta’minlash 
(borliqning tarixiy-universal va prognostik-universal xususiyatlarini belgilash va 
bu bosqichda yangi fundamental bilimlarni shakllanishini ta’minlash) yo‘nalishida. 
“Mantiqiy egoizm (xudbinlik)”.
Egoizm-xudbinlik, yorqin shaxslarning 
o‘ziga xosligini yo‘qotmaslik, shaxsiy manfaatlarni Vatan va xalq manfaatlaridan ustun 
qo‘yishdir. Egoizm xususida D.Didro “oqilona egoizm” g‘oyasini ilgari surib, “bu 
dunyoda shaxsiy baxt-saodatimiz uchun oxir-oqibatda halol inson bo‘lishimiz 
ma’qul”, degan xulosaga keldi. U insondagi “tabiiylik” va “oqilona egoizm”ga 


198 
nisbatan ustunroq bo‘lgan rigoristik (qat’iy) axloqiy imperativ(qonun)ning zarurligi 
haqida ham fikr yuritadi. 
Chernishevskiy umumiy ish muvaffaqiyatidan oxir-oqibatda individning 
shaxsiy manfaatlari ham yutishidan kelib chiqqan holda, shaxsiy foydani umumiy 
ishga o‘z xohishi bilan bo‘ysindirish g‘oyasini ilgari surgan va buni “oqilona 
egoizm” deb nomlagan edi. Shuningdek, I.Shtirner va Nitsshe, Sartr, Bergson va 
Yaspers qarashlarida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan. Jumladan, K.Yaspersning 
yozishicha, psixopatologik hodisalar inson shaxsining yemirilish jarayonini aks 
ettirmaydi, 
balki 
insonning 
o‘z individualligini topish uchun jadal 
izlanayotganligidan dalolat beradi. U buyuk shaxslarning ijodiy evolyutsiyasini 
psixopatologik nuqtayi nazardan tahlil qilish natijasida olamning har qanday ratsional 
asosda ko‘rilgan ilmiy manzarasi ‒ ijodkor shaxslar yashirin ruhiy intilishlarining 
boshqacha ko‘rinishidir, degan xulosani ilgari surgan. Shu o‘rinda “egotsentrizm” va 
“egoizm” tushun-chalarini farqlash lozim. Egoist inson shaxsiy istaklariga muvofiq 
faoliyat yuritib, o‘zgalarning qiziqishlarini mensimaydi va bunday xulq shaxsning 
axloqiy nuqtayi nazariga, o‘ziga xos hayotiy falsafasiga aylanadi. Egotsentrizm esa 
insonning bevosita bilish jarayonlari bilan bog‘liq hodisadir. Egotsentrik inson 
boshqalar 
fikrining 
maqsad-muddaolarini, 
ularning 
manfaatlari 
nimaga 
asoslanganini tushunishga qodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, egotsentrizm 
shizofreniya, jazava, vasvasa kabi ruhiy kasalliklarga chalingan kishilar orasida 
ham uchraydi. Agarda egotsentrik xususiyatga ega bo‘lgan ikki insonning 
suhbatini 
kuzatadigan bo‘lsak, bunday vaziyatda hamsuhbatlik hissi 
yo‘qolganining 
guvohi 
bo‘lamiz, 
ya’ni 
ular 
bir-birini 
eshitmasdan, 
suhbatdoshining fikrini idrok qilmasdan faqatgina o‘z fikrini bayon etish va 
tasdiqlash bilan ovora bo‘ladi. Egotsentrizm muammosi bilan J.Piajedan tashqari 
L.S.Vigotskiy, Sh.Byuper, V.Shtern, G.Ayzenk kabi olimlar ham shug‘ullangan. 
Egotsentrizm insonning o‘z “Men”ini anglashga qaratilgan ma’naviy tushunchadir.
 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish