Mas’uliyat
– ma’naviy, ijtimoiy va ma’muriy-huquqiy sohalarda keng
qo‘llaniladigan tushuncha
261
. Ijtimoiy ish nuqtayi nazaridan yondashilganida burch;
ijtimoiy ma’noda jamiyat va boshqalar oldidagi kasbiy mas’uliyat hissi; ma’muriy
jihatdan, ijtimoiy tartibga solishning turli me’yorlarini amalga oshirishni nazarda
tutuvchi jamoatchilik nazoratining namoyon bo‘lishi; huquqiy yondashuvda esa,
asosan, yuridik javobgarlikni anglatadigan serqirra va keng ma’noli kategoriya.
Mas’uliyat muammosiga fanda azaldan erkinlik va zarurat kategoriyalarining
o‘zaro nisbati, shaxs xulq-atvori va faoliyatining axloqiy jihati nuqtayi nazaridan
yondashib kelinadi. Shu ma’noda mas’uliyat tushunchasi falsafiy, axloqiy,
psixologik, yuridik, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga xos ko‘plab masalalarning
murakkab majmuyini qamrab oladi. Bu hol inson va ijtimoiy borliq mohiyatining
murakkabligi va rang-barangligi bilan belgilanadi. Har qanday odam o‘zi uchun
muhim biron bir maqsadga erishish yo‘lida harakat qilish usulini tanlashda o‘z
tabiatiga ko‘ra erkin ekanligiga qaramay, uning shaxsiy hayoti butun jamamiyat
hayoti, boshqalar oldidagi mas’uliyati bilan uzviy bog‘liqdir.
Mas’uliyat murakkab va ko‘p darajali hodisa bo‘lib, u shaxs xulq-atvori
ustidan ijtimoiy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli sifatida ta’riflanishi ham
mumkin. Bu ma’noda mas’uliyat chorasi pirovard natijaning ko‘zlangan maqsad
bilan o‘zaro nisbati, shuningdek, boshqaruv subyektining obyekt oldidagi
majburiyati bilan bog‘liq. Ayni vaqtda, mas’uliyat, bu ‒ har bir kishining kasbiy,
shaxsiy va ishchanlik fazilatlari, uning faoliyat uslubi xususiyati, mehnatining
rag‘batlantiruvchi va samaradorlik omilidir. Mas’uliyat shaxs maqomining muhim
ko‘rsatkichi bo‘lib, u, o‘z navbatida, insonning davlat va jamiyatdagi o‘rni va rolini
tavsiflaydi, uning davlat va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. Bunda
shaxs faoliyatining samaradorligi huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatning aniq va
to‘liq belgilangan-ligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ayni vaqtda, bu faoliyat natijalari
uchun mas’uliyat shaxsning majburiyatlari, huquqlari, uning harakatlari
samaradorligiga baho berish mezonlarining belgilanishiga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatadi. Bularning barchasi mas’uliyat insonning burch va huquqlari bilan
bevosita bog‘liqligidan dalolat beradi. Ular bir-birini taqozo etadi va jamuljam holda
har bir insonning jamiyatdagi o‘rni va maqomini belgilab beradi. Jamiyatning turli
institutlari, ularning ijtimoiy tartib va jamiyatning yashovchanligini qonun kuchi
bilan ta’minlashga burchli bo‘lgan xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat
alohida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan boshqaruv xizmatchilari o‘z
harakatlarida jamiyatga qarab mo‘ljal oluvchi shaxslar sifatida shakllantiradi. Bunda
jamiyat va davlat xususiyati ta’sirida xizmatchilarning muayyan ijtimoiy intizomi va
javobgarligi (siyosiy, huquqiy, axloqiy mas’uliyat) shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |