Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


G‘urbatda g‘arib shodumon bo‘lmas emish



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

G‘urbatda g‘arib shodumon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish

Ozodlik g‘oyasini umuminsoniy, milliy va shaxsiy nuqtayi nazarlardan ham 
talqin qilish mumkin. Umuminsoniy jihatdan, bu g‘oya butun Yer yuzida 
taraqqiyot va erkinlik uchun kurashayotgan kishilarning muzaffar bayrog‘i, 
demokratik jamiyat va davlatlar hayotining ustuvor tamoyillaridan birini 
ifodalaydi. Milliy jihatdan, u har bir millat va xalqning o‘z mustaqil taraqqiyot 
255
 Маънавият асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент: Ғофур Ғулом, 2010. – Б.450. 


192 
yo‘li, o‘z taqdirini o‘zi belgilay olishi, milliy davlatchiligiga ega bo‘lishini 
anglatadi, Shaxsiy darajada ozodlik ‒inson haq-huquqlarining ro‘yobga chiqishi, 
uning ijtimoiy-ma’naviy jihatdan erkinligini bildiradi. 
“Falsafa qomusiy lug‘ati”da zaruriyatga quyidagicha ta’rif berilgan: “Ma’lum 
sharoit mavjud bo‘lgan taqdirda, albatta, yuz beradigan hodisa yoki voqea 
zaruriyat 
deb ataladi. Zaruriyat rivojlanuvchi hodisaning mohiyatidan, ichki tabiatidan kelib 
chiqadi. Zaruriyat muayyan hodisa uchun doimiy va barqarordir”
256
. Zaruriyatdan 
farqli ravishda, tasodifning sodir bo‘lishi shart emas. U muayyan predmetning 
mohiyatidan kelib chiqmaydi. Tasodif beqaror va vaqtinchadir, ammo u sababsiz 
yuz bermaydi. Zaruriyat va tasodif dialektik tarzda o‘zaro bog‘liqdir: voqea bir 
jihatdan zaruriyat bo‘lsa, boshka jihatdan tasodif ham bo‘ladi. Ilmiy va amaliy 
faoliyatda zaruriyat va tasodifning obyektiv dialektikasini nazarda tutish kerak. 
Fanning vazifasi tasodifiy voqealar orasida yashirinib yotgan ichki zaruriyatni 
bilishdan iboratdir. Lekin fan tasodiflarni ham inkor qila olmaydi. Tasodiflar 
mavjud bo‘lib, voqealik jarayonlarining oqimiga qandaydir ta’sir ko‘rsatar ekan, fan 
ularning ham taraqqiyotdagi rolini hisobga olishi, insonni ko‘ngilsiz tasodiflar 
ta’siridan himoya qilishi lozim. 
Zaruriyat bu hodisa ichki elementlarining mohiyati bilan bog‘liq, sababi va 
zamini o‘zida bo‘lgan voqealar rivoji jarayonida qonuniy va muqarrar tarzda ro‘y 
beradigan hodisadir. “Zaruriylik” tushunchasini ishlab chiqishda muhim fikrlarni 
bayon qilgan yirik nemis olimi, faylasufi, matematik, fizik, huquqshunos, tarixchi, 
tilshunos va ixtirochi Leybnits (leibniz) Gotfrid Vilgelmdir (1646-1716)
257
. Zaruriyatni 
Leybnits tasodifga qarama-qarshi qo‘ydi. Zaruriyat subyektiv ko‘rinishga ega bo‘lmay, 
hodisalarni obyektiv aloqasidir. Leybnits ijtimoiy masalalarga oid tugallangan bir 
tizimga solingan asarlar yozgan emas. Bu masalaga oid uning fikrlari “Teoditsiya” 
(Xudoni oqlash) nomli risolasida bayon qilingan. Unda o‘zining mashhur optimistik 
nazariyasini bayon qiladi. U aytadiki, garchi dunyomiz ko‘p nuqsonlarga, 
yovuzliklarga ega bo‘lsa ham, baribir boshqa dunyolar ichida afzali va 
takomillashgani. 
Demak, ozodlik tushunchasi inson, millat, jamiyat, davlat miqyosidagi 
tushuncha bo‘lib, u zaruriyat tufayli kelib chiqadi va bir-birini taqozo etadi. 
Yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining mashhur vakili

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish