Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Baxt.
Evdemonizm
(yun. eudaimonia-baxt-saodat, rohat-farog‘at)
‒ baxt-
saodat, rohat-farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy 
yo‘nalishlardan biri
247
.
Hayotning mazmun va ma’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt 
atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish 
mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va 
shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir 
insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro‘y beradi. 
Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma’noda buyuk 
ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: “Baxt ‒ har bir inson intiladigan maqsad, zotan u 
muayyan komillikdir”,‒ deganida ko‘p jihatdan haq edi.
248
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, 
uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, 
o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, 
ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy 
lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya 
boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; 
shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda 
maqsadlarga birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir 
umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi. 
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida ko‘zga 
tashlansa-da, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu 
intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan 
tayyor-garlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk shoirimiz G‘afur G‘ulom 
yozganidek: 
Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam, 
G‘oyibdan kelajak baxt bir afsona
249
,‒
degan hikmatli satrlari shu jihatdan diqqatga sazovor. 
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. 
Omad ham lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda 
lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: odamga omad hayoti mobaynida 
kamdan-kam kulib boqadi. Omadning ana shu jihati haqida qrim-tatarlarning 
qadimiy asotiri bor. Unga ko‘ra, Omad ma’buda ekan, kunlardan birida uning 
o‘g‘li yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi-yu, qaytib chiqmabdi. Shu-
shu Omad yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma’budaning yuzi yo‘q, faqat 
qoq miyasi ustida bittagina ko‘zi bor ekan. Shu bois u to‘g‘ri kelgan o‘tkinchini 
tutib olib, “O‘g‘limmikan?” ‒ deb, balandga ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qararkan 
va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmon-u falakdan pastga qaratib itqitib 
yuborarkan. Omad o‘z qo‘liga tushganlarning hammasiga shunday munosabatda 
bo‘lar ekan. 
247
 Фалсафа қомусий луғат. – Тошкент: “Шарқ”, 2004. – Б. 455. 
248
 Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, Наука, 1973. С. 3. 
249
 Ғулом Ғ. Танланган асарлар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1953. - Б. 363. 


189 
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati juda chiroyli va 
majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam yo‘q, omad ‒ tasodif, baxt ‒ 
zaruriyat; omad ‒ istisnoli, baxt ‒ qonuniy hodisa. Omad shaxsning bir zumlik 
holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir 
umr mobaynidagi amaliy javobdir. 
Baxtni tushunish har bir davrda, ma’lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va 
jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. 
Ya’ni ideal kabi uning ham tabiati o‘zgaruvchan. Axloqshunoslikda baxt mezoniy 
tushunchasini alohida o‘rganadigan an’anaviy evdeymonchilik deb ataladigan 
yunoncha “eudaimonja” (baxt) so‘zidan olingan yo‘nalish mavjud. 
Forobiyning falsafiy konsepsiyasida, kamolot va komillik tushunchasi 
insonga xos va taalluqli bo‘lib, u tug‘ma xususiyat emas. Inson komillikka 
jiddu-jahd bilan intilishi natijasida erishadi. Insonning asl ruhiy kamoloti 
dastlab Haqni tanish orqali hosil bo‘ladi va bu ma’rifat, baxt-saodat va 
kamolot sari qo‘yilgan birinchi qadamdir
250

Voqelikdagi barcha narsalar o‘zining mazmun-mohiyatiga ega: ularning 
nomi, xususiyati, qolaversa, foydasi va zarari ham bor. Bu xususiyat insonga 
ham xos: uning ismi, fe’l-atvori, fazilati va illatlari bor. Biroq, komillik 
hamma-ga ham nasib etavermaydigan ma’naviy hodisaki, insonga xos bo‘lgan 
bunday kamolotni Forobiy “eng yetuk baxt-saodat” deb ataydi. Bunday baxt-
saodat shu yuksak kamolotga erishish yo‘lida bo‘lgan har turli juz’iy 
narsalarni o‘zida birlashtiradi. Juz’iy narsalar eng yetuk baxt-saodatga olib 
boruvchi fazilatli san’at(kasb-hunar)lardir
251
.
Shuningdek, baxt tushunchasi Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi 
alloma-larning axloqiy qarashlarida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu haqda 
Beruniy “Komil kishi bo‘lishning birinchi sababi ilm va ma’rifat, ikkinchisi 
san’at va amal hosil qilish bilan bo‘ladi”
252
, deydi. Shuningdek, u inson baxtini 
go‘zallik, ko‘rkamlik, olijanoblik, mardlikda deb bilgan. Mehnat tarbi yasini 
baxtning kaliti hisoblab, yoshlarni mehnat qilishga o‘rgatish zarurligini 
ta’kidlagan. 
A.A.Guseynov va R.G.Apresyanlarning “Etika” nomli kitobida esa “Ax -
loq bu: 1) aqlning affekt (jazava) ustidan hukmronligi; 2) oliy baxt-saodatga 
intilishi; 3) jamiyatda insonning yashash usuli; 4) erkin yashashi, beminnat 
xizmat qilishi; 5) insoniylik yoki odamlarga nisbatan insoniy munosabatda 
bo‘lishi; 6) iroda erkinligi; 7) axloqiylikning oltin qoidalari asosida o‘zaro 
munosabatda bo‘lishi”
253
,‒ degan ta’rif berilgan. Bunda oliy baxt-saodatga 
intilishi axloqning asosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatib o‘tgan. 
Bu borada faylasuf olima M.Nurmatova o‘z ilmiy izlanishlarida “baxtli 
hayot kechirish har bir insonning hayot mazmunini tashkil etuvchi yuksak 
orzusi bo‘l-sa, unga erishish uchun sodir etayogan aniq axloqiy xatti-harakati, 
250
 Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. – Тошкент: Ёзувчи, 2001. –Б. 13–15.
251
 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. 
–Б. 185–186. 
252
 Тўрақулов Э., Раҳимов С. Абу Райҳон Беруний руҳият ва таълим-тарбия ҳақида. –Т.: Ўқитувчи, 1992. -68 б. 
253
 Гусейнов А.А., Апресян Р.Г. Этика. Учебник – М.: Гардарики, 2004. – С. 26.


190 
ya’ni mehnat-sevarligi, insoniyligi, sabr-qanoati bu reallikdir”
254
‒ deb 
ko‘rsatib o‘tgan. 
Ma’lumki, qadriyatlarning shaxsiy, kasbiy, etnik, milliy va umuminsoniy 
turlari mavjud bo‘lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi bilan birga, 
bir-birini taqozo etadi.
Demak, ma’naviy qadriyatlar hayotdan ajralgan qandaydir abstrakt kuch 
emas, balki dunyoviy negizga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy kuch 
ekanligini e’tirof etish lozim. Shuningdek, jamiyat rivojining burilish 
nuqtalarida millat, elat, xalqni har xil bo‘hronlardan asrab qoluvchi ma’naviy 
kuch ekanligini bilish asosida quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Ma’naviy qadriyatlarning mazmuniga ko‘ra burch, or-nomus, vijdon, 
qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo‘ylik va hokazo-
larga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy, ya’ni yaxshilik va yomonlik, 
adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va bexayolik kabilarga ajratish 
mumkin.
2. Ma’naviy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra: 
a) umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar ‒ insonparvarlik, adolatparvarlik, 
vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik va boshqalarga; 
b) milliy ma’naviy qadriyatlar-xayrixohlik, kattalarga nisbatan hurmat, 
saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik va hokazolarga;
c) shaxsiy ma’naviy qadriyatlar – kasbiy burchni bajarish, vazifasini sid-
qidildan bajarish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish, oila sha’nini 
saqlash, haromdan hazar qilish kabi turkumlarga bo‘lish mumkin.
3. Ma’naviy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga qarab: 
-axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy qadriyatlar: jamiyat 
tomo-nidan ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilayotgan kodekslar, normalar, 
tamoyil-lar, mafkuraviy g‘oyalar. Masalan, “Harbiy qasamyod”, “Shifokor 
qasamyodi”, “Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi”, “Ijtimoiy 
ish xodimi-ning axloq kodeksi” va h.k; 
-amaliyotda bevosita qo‘llaniladigan ma’naviy qadriyatlar: yaxshilik 
yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko‘zlab, uni amalga 
oshirish-ning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qo‘llab pirovard natijaga 
olib keluvchi qadriyatlar; 
-axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo‘ladigan ma’naviy qadriyatlar: 
burch, 
shartni 
bajarish, 
halollik, 
saxiylik, 
kamtarlik, 
uddaburonlik, 
tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish