185
Ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan madaniy,
ma’rifiy, axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy va hokazo turlarga bo‘linadi. Ular
insonning aqli, kamoloti, dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga
mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon
bo‘ladi. Ma’naviy qadriyatlarning inson tarbiyasi va jamiyatdagi o‘rniga doir
asosiy funksiyasi ham ana shular bilan bog‘liq. Ma’naviy qadriyatlarning yana bir
muhim jihati shuki, ularning ba’zilari insoniyat tarixi davomida asta-sekin
shakllanadi va takomillashib boradi. Ularning miqdori va sifatining ortishi jamiyat
a’zolarining tafakkur darajasi hamda insoniyat
taraqqiyoti qanchalik
ilgarilaganligini belgilovchi ko‘rsatkich hamdir. Qachonlardir, o‘tmishda ba’zi
qadriyatlar ‒ gazeta, radio, TV to‘g‘risida umuman tasavvur bo‘lgan emas. Bunday
yangi ma’naviy qadriyatlarlar asrlar o‘tgan sari shakllanib, qadriyatlar qatorini
boyitib borgan. Ayni vaqtda, ma’naviy qadriyatlar etnik, milliy, mintaqaviy va
umuminsoniy bo‘lishi tabiiydir. Chunki “qadriyat” tushunchasi muayyan vaziyat va
sharoitda shakllanadi, jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga
tegishli, ya’ni umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar ko‘payib va takomillashib
boraveradi.
Ma’naviy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllanib, rivojlanib kelgan.
Ularni o‘tmishi uch ming yildan ortiq davrni o‘zida
mujassamlashtirgan xalqimiz
sivilizatsiyasini yaratgan. Bizning ma’naviy qadriyatlarimiz ana shu sivilizatsiyaga
uzviy bog‘liq bo‘lib, ular millatimiz shakllangan makon va ona yurtga ehtirom,
avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, muomalada mulozamat, hayo,
andisha kabi ko‘plab tushunchalarda ifodalanadi. Ma’naviy qadriyatlarimizda
jahonning boshqa xalqlariga o‘xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar,
marosimlar va an’analar ko‘plab uchraydi.
Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, bu davr ichida o‘zining turli-tuman
va xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlarini yaratdi. Bu moddiy va ma’naviy
ne’matlar umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar shaklida qaror topdi.
Ular xalqlar, millatlar, mamlakatlar ma’naviy taraqqiyotida muhim o‘rin tutib
kelmoqda.
Ma’lumki, qadriyatlar o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Ular uzoq tarixiy
jarayonda shakllanadi, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari
asosida ri vojlanadi,
xalq va millatning moddiy-ma’naviy shahodatnomasi sifatida sayqal topadi.
“Inson ana shu qadriyatlarni yaratish, idrok etish jarayonida o‘zi ham kamolga
yetadi. Ana shunday shakllangan qadriyatlar tizimi o‘zining dunyoviy va diniy
xarakteri, moddiy va ma’naviy asoslari, mohiyati bilan jamiyat va inson
taraqqiyotiga xizmat qiladi hamda insonni komillikka yetkazuvchi omil vazi -
fasini bajaradi. Demak, inson bir tomondan, barcha yaratilgan hamda yaratila-
yotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning ijodkori, bunyodkori sifatida
namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ajdodlar bilan avlodlar vorisiyligini
ta’minlovchi ijtimoiy-ma’naviy omilga aylanadi. Bu muntazam davom
186
etadigan dialektik jarayondir”
244
, ya’ni hayotning mazmunini belgilovchi
indikatordir.
Ma’naviy jarayonlarning pirovard maqsadi komil insonni shakllan-
tirishdan iborat. Komil insonni shakllantirish
hamma davrlar uchun xos
bo‘lgan ijtimoiy muammo sanaladi. Bu borada falsafiy tafakkur tarixida rang-
barang qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar mavjud.
Jumladan,
ma’naviy taraqqiyot bosqichlarining antik davrida Geraklit, Pifagor,
Empedokl, Suqrot, Demokrit, Aflotun, Arastu, Epikur kabi faylasuflar insonni
barkamol qilib tarbiyalashga doir ko‘plab fikrlarni bayon qilganlar. Bu borada
Arastuning qarashlarini alohida qayd etish mumkin.
Arastuning tasnifiga ko‘ra, hayot mazmuniga inson uchun zarur bo‘lgan
axloqiy fazilatlarga-jasurlik, dovyuraklik, mo‘tadillik, saxiylik, muloyimlik,
to‘g‘rilik, dilkashlik, mehribonlik, adolatparvarlik, salobatlilik, himmatlilik
kabilar kiradi. Jumladan, “Olijanoblik ‒ kibr va xorlikning, saxiylik-
isrofgarchilik va xasislikning, kamtarlik-uyatchanlik va uyatsizlikning,
xayrixohlik-xushomadgo‘ylik
va
adolatning,
haqgo‘ylik-ayyorlik
va
maqtanchoqlikning, nafrat-hasadgo‘ylik va ichi qoralikning, ehtiyotkorlik-
buzuqlik va toshbag‘irlikning o‘rtasidir,”‒ deydi
245
.
Mashhur alloma Majididdin Xavofiy, yashash uchun ovqatlanurlar,
ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikmatni ko‘p takrorlar ekan. Xo‘sh, aslida
inson nima uchun yashaydi? Yashashdan maqsad nima? Inson hayotining ma’nosi
nimada?
Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi
va hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ijtimoiy ish
etikasining ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo, shuni aytish joizki, hayotning mazmunini yashashdan maqsad degan
tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki,
ularni
aynanlashtirish mumkin emas, chunki hayotning maazmuni maqsadga nisbatan
juda qamrovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi,
aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir
biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini “mazmun va
ma’nosiz” deb bo‘lmaydi.
Ba’zan hayot “mazmun va ma’nosiz” kechishi ham mumkin. Bunda
kishidagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy,
tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi – “hayot egasi”ning bunday
tabiati jamiyat erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti
ma’nosini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb
tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning haqidan
qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, martabaga erishishni o‘z oldiga
hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat «yulsam» deydi.
Boshqa birov esa qonunni
Do'stlaringiz bilan baham: