244
Нурматова М.А. Шахс маънавий камолотида эстетик ва ахлоқий қадриятлар уйғунлиги муаммоси. //
Фалс.ф.док-ри ... ёзилган дисс. – Тошкент, 2011.- Б. 16.
245
Арасту. Сочинение. В 4-х.т. –М.: Мысль, 1984. Т.4. С. 54-55.
187
buzmaydi, lekin o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan
ishi bo‘lmaydi, faqat “o‘z qobig‘ida” yashashni afzal ko‘radi.
Yana bir toifa odamlar borki, ular hayotining mazmun va ma’nosini eng
yuksak qadriyatlar bilan bog‘laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik
oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozonadilar. Ular oliy ideallarga
intilib, fidoyilarcha umr kechiradilar. Hayotining mazmun ma’nosini o‘zidan keyin
qoldiradigan “ikkinchi umr”da ko‘radilar. Har bir jamiyatning taraqqiy topishi yoki
tanazzuli hayotning ma’nosini ana shu tarzda tushunuvchilarning ko‘pligi yoki
kamligi natijasida ro‘y beradi, bir so‘z bilan aytganda, bunday tom ma’noda “elim
deb, yurtim deb yonib yashaydigan” odamlar yuksak axloqli, demokratik, erkin
jamiyatning ustunlaridir.
Bu borada Arastu insonning vazifasi amaliy va axloqiy fazilatga ega
bo‘lishdan iboratligini ta’kidlaydi. Shuning uchun u chinakam baxtni anglash
ma’naviy yuksak bo‘lgan hamda to‘g‘ri fikrlovchi kishiga taalluqli ekanligini
asoslashga harakat qiladi. Boshqa mutafakkirlardan farqli o‘laroq, Arastuning
axloqiy va estetik qarashlarida “ma’naviy barkamol inson” iborasini uchratish
mumkin. “Ma’naviy barkamol inson” uning fikricha, aql bilan axloqiy fazilat
birligiga amal qiladigan kishidir. Bunda axloqiy fazilat insonning qo‘lga
kiritgan ma’naviy mulki bo‘lib, uni hayot va jamiyat bilan bog‘lovchi
qadriyatdir. Aql esa insonni ijtimoiy hodisa sifatida insoniyligini belgilamaydi,
balki axloqiy fazilat insonni belgilaydi,‒ degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.
Sartrning fikriga ko‘ra esa inson, eng avvalo, subyektiv kechinmalar orqali
yaralgan loyihadir. Bu loyihagacha hech narsa mavjud emas, aql bovar qiladigan
samovotda hech narsa yo‘q; borlig‘ining loyihasi qanaqa bo‘lsa, inson ham
shunaqa. Agar mavjud bo‘lish haqiqatan ham mohiyatdan avval tursa, unda inson
o‘zining borligi uchun mas’uldir. Shunday qilib, ekzistensiyachilik, birinchi
navbatda, har qanday insonning hukmiga uning borligini havola qiladi va
mavjudligi uchun to‘liq mas’uliyatni uning o‘ziga yuklaydi.
Bu borada fikr yuritib, Sartr shunday deb yozadi: “Biroq biz insonni
mas’uldir, deganimizda, bu ‒ faqat uning o‘z shaxsiyatigagina javobgar, degani
emas. U barcha odamlar uchun mas’uldir. Biz, inson o‘zini-o‘zi tanlaydi, degani-
mizda, har birimizning o‘zini-o‘zi tanlashini nazarda tutamiz, biroq, shu bilan
birga, biz o‘zimizni tanlar ekanmiz, barcha odamlarni tanlaymiz, degan gapni ham
aytishni xohlaymiz”.
246
Zero, o‘zimizni tanlashimiz, qanday holda bo‘lmasin, biz
hech qachon yovuzlikni tanlamaymiz, ayni paytda, bu tanlov tanlovimizning
qadriyatini barqaror etishni taqozo qiladi. Bizning tanlovimiz esa ezgulik bo‘lishi
shubhasizdir. Lekin, shuni aytish kerakki, hamma uchun ezgulik hisoblanmagan
narsaning biz uchun ezgulik bo‘lishi mumkin emas. Bizning mas’uliyatimiz butun
insoniyatga taalluqli, taxmin qilganimizdan ancha katta. Biz o‘zimiz uchun ham,
hamma uchun ham javobgarmiz va o‘zimiz tanlagan muayyan inson qiyofasini
yaratamiz; o‘zimizni tanlash bilan biz umuman insonni tanlaymiz.
246
Сартр Ж.П. Экзистенциализм тўғрисида. // «Жаҳон адабиёти», А.Шер таржимаси.1997, 5 – сон, -Б.
182.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |