Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


II BO‘LIM. IJTIMOIY ISHCHI-ETIK PROFESSIONAL



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

II BO‘LIM. IJTIMOIY ISHCHI-ETIK PROFESSIONAL 
QADRIYATLARINING INSTITUTSIONALLASHUVI
6-bob. OLIY MA’NAVIY QADRIYATLAR. AMALIY ETIKA 
MASALALARI 
Reja: 
1. Oliy ma’naviy qadriyatlar: hayot mazmuni, ozodlik, baxt 
2. Ratsionallik va “mantiqiy egoizm (xudbinlik)” 
3. Xayr-ehson, muruvvatpeshalikning axloqiy jihatlari 
4. Evtanaziya, o‘lim jazosi: tarafdorlar va qarshilar. Zo‘ravonlik 
muammosi. 
Tayanch so‘z va iboralar
: qadriyat, ma’naviy qadriyat, hayot mazmuni, 
ozodlik, baxt, zaruriyat nisbati, tanlash erkinligi va mas’uliyat, ratsionallik, xayr-
ehson, muruvvatpeshalik, zo‘ravonlik. 
1. Oliy ma’naviy qadriyatlar: hayot mazmuni, ozodlik, baxt 
Qadriyatlar – narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning 
ahamiyatini ifodalash uchun qo‘llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarni G‘arbda 
“Aksiologiya” fani o‘rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga o‘tgan asrning 
ikkinchi yarmida nemis aksiologi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan 
kiritilgan
242
. Aksiologiyani qadriyatlar to‘g‘risidagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
“Qadriyatshunoslik” deb atash ham mumkin. Har bir fanga o‘z nomini bergan 
asosiy tushunchalar bo‘lgani kabi “qadriyat” tushunchasi ham “qadriyatshunoslik” 
atamasi uchun shunday asos bo‘la oladi. G‘arbda bu atama grekcha “axio” 
(qadriyat) va “logos” (fan, ta’limot) tushunchalaridan tashkil topgan. 
Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash 
mezoni va usullarini ham o‘zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o‘zaro yordam, 
adolatlilik, haqiqatgo‘ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, meh-
natsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, ma’suliyat kabi 
axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo‘ladi. Qadriyat o‘z tabiatiga ko‘ra, 
ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o‘zgaradi va tako-
millashadi. Shuning uchun qadriyat to‘g‘risidagi ta’limotlar ham takomillashib, 
rivojlanib boradi. 
Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, 
mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy, madaniy; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, 
huquqiy, va boshqalar.
Qadriyatlar bilishning maqsadi, ularning haqiqatga mos kelish darajasini 
aniqlash mezoni tarzida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Inson – jamiyatning eng oliy qadriyati hisoblanadi. Uning mavjudligi, 
hayoti, yashash tarzi, umrining mazmuni nihoyatda muhim. Inson aql-zakovati
242
 Миллий истиқлол ғояси: қисқа изоҳли тажрибавий луғат. – Тошкент: «Янги аср авлоди», 2001. - Б. 233-
234. 


184 
mehnati bilan paydo bo‘lgan odat, udum, ilmiy yoki badiiy asar, kashfiyot yoki 
buyum vaqt o‘tsa ham o‘zining qadr-qimmati bilan ijtimoiy ahamiyat kasb etib
qadriyatning ajralmas bir qismiga aylanadi. Ular qadrlanadigan narsa yoki obyekt 
sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Masalan, Eyfel minorasi yoki Ulug‘bek 
davrida ishla-tilgan usturlob (sekstant) bugun bevosita o‘z vazifasini bajarmaydi, 
ammo tarixiy yodgorlik sifatida o‘z ahamiyati va qadrini saqlab qolaveradi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish