Annotatsiya: ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan qabul qilingan 5 muhim tashabbusning O’zbekiston yoshlari yorqin kelajagi uchun naqadar muhim ahamiyat kasb etib



Download 406,27 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi406,27 Kb.
#202639
Bog'liq
Maqola Yunusov Muhammadyor KB-81


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Korporativ boshqaruv fakulteti

Korporativ boshqaruv yo’nalishi

bakalavr 1-kurs talabasi

Yunusov Muhammadyor Alimardon o’g’lining

“Nima uchun besh muhim tashabbus – kelajak poydevori?”

mavzusidagi maqolasi



Annotatsiya: ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan qabul qilingan 5 muhim tashabbusning O’zbekiston yoshlari yorqin kelajagi uchun naqadar muhim ahamiyat kasb etib, o’zbek xalqining farovon hayotini ta’minlashda poydevor bo’lib xizmat qilishi, bir so’z bilan aytganda ushbu loyihaning yoshlar kamolotidagi o’rni va ahamiyati yoritib beriladi.

Kalit so’zlar: besh muhim tashabbus, innovation g’oyalar, san’at, sport, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, “Yoshlar klubi”, olis va chekka qishloqlar, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi, Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalari, kompyuter savodxonlik, “IT park”, ixtisoslashtirilgan maktablar, xorij universitetlari, zamomaviy o’quv markazlari, “Bir million o’zbek dasturchilari” loyihasi, kitobxonlik, teleko’rsatuvlar, musobaqalar, qimmatbaho yutuqlar, an’anaviy kutubxonalar, elektron kutubxonalar, 5-muhim tashabbus, kuchli avlod.

Ma’lumki, besh muhim tashabbus shaxsan Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan va yurtimiz rivojida salmoqli o’rniga ega bo’lgan bir nechta shunday innovatsion g’oyalar qatorida iliq qarshi olingan. Buning asosiy sababi sifatida esa Vatanimiz ertasi hisoblangan yoshlarni bo’sh vaqtini unumli tashkil etishga amaliy yordam berish, ularni har tomonlama yuksalishiga turtki berib, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash asosiy maqsad qilib olingani bo’ldi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida yoshlar orasida san’atga bo’lgan qiziqishni oshirib, ochilmagan iqtidorlarni yuzaga chiqarishga va ularda jismonan yetuk avlodni tarbiyalab, sportning har bir turida rivojlanishga erishish ustuvor vazifa qilib qo’yildi, zero davlatni dunyoga tanituvchi eng katta yutuqlar aynan san’at va sportda qayd etilgan natijalardir.

Ushbu ikki soha besh muhim tashabbusga kiritilganidan so’ng, hukumatimiz tomonidan Madaniyat va Xalq ta’lim vazirliklariga hokimliklar bilan hamkorlikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari, maktablarda esa qo’shimcha bir yarim mingdan ziyod to’garaklar tashkil etish vazifasi qo’yildi. Ushbu madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari – “Yoshlar klublari” tuzilishi tashabbuskor san’at ishqibozlari uchun juda muhimdir.

Statistikaga e’tibor qaratadigan bo’lsak, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, biroq yoshlarni ommaviy sportga qamrab olish va maktablarning sport anjomlari bilan ta’minlanish qarajasi 56 foizni tashkil etganini ko’rishimiz mumkin. Ushbu statistikani yaxshilash va sog’lom avlodni voyaga yetkazish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi asosida mamlakatimizning nafaqat rivojlangan shaharlarida balki, olis va chekka qishloqlarda kichik sport inshootlari qurish uchun tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratila boshlandi. Bu orqali aynan shunday diyorimizning chekka hududlarida yashovchi tengqurlarimizda bizda mavjud bo’lgan ayrim sharoitlarga ega bo’lish imkoniyati yuzaga keldi.

Joriy biz yashayotgan asrda texnologiya rivojlanishining jadallashishi Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalarining kundalik hayotimizda bo’lgan o’rni kattalashishiga sabab bo’lmoqda. Qo’shimcha sifatida shuni ham aytib o’tish joizki, yoshlarni internetning zararli nuqtalaridan asrash, ularni internetning ijobiy tomonlaridan unumli foydalanishga o’rgatish va targ’ib qilish har qanday kuchli va rivojlanayotgan davlatning burchidir. Shu sababli uchinchi ustuvor tashabbus kompyuter savodxonligini oshirilishiga qaratildi va bugungi kunda AKT ni rivojlantirish uchun ko’plab yengillik va sharoitlar yaratishga kirishildi: har bir shaharlarda bosqichma-bosqich tarzda “IT-park” larning qurilishi, ushbu sohaga ixtisoslashtirilgan maktablarning, xorij universitetlarining va nomdor o’quv markazlarining qad rostlashi, internet orqali ushbu texnologiyalardan unumli foydalanishga o’rgatish, bugungi kunda eng ko’p ishlatilayotgan kompyuter dasturlarini o’rganishga yengillik yaratish maqsadida “Bir million o’zbek dasturchilari” loyihasining ishga tushirilishi bunga yorqin misollardir.

Undan tashqari, kitobxonlikning navbatdagi muhim yo’nalish sifatida qabul qilinishi yurtimizda kitobsevarlarnig soni oshishiga va unga bo’lgan qiziqishning yuksalishiga olib keldi. Telekanallarimizda turli xil ko’rsatuvlar paydo bo’lishi, shahar, tuman, viloyat kesimlarida bir qancha qimmatbaho yutuqlariga ega bo’lgan musobaqalar tashkil qilinishi, an’anaviy kutubxonalarga qo’shimcha ravishda elektron kutubxonalar o’z ish faoliyatini boshlagani, platformalar orqali kitoblarga masofaviy buyurtma berish xizmatlari ishga tushirilishiga keng imkoniyatlar yaratilishining za’mirida ham yoshlarning bo’sh vaqtlarini o’zlari uchun keraksiz va zararli mashg’ulotlar o’rniga turli xil kitoblar o’qib, o’z dunyoqarashlari va fikr doiralarini o’strishga erishish kabi ezgu maqsadlar yotadi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davridan buyon xotin-qizlarning huquqlari himoya qilinishiga, jamiyatda ularning o’rnini mustahkamlashga doim e’tibor qaratib kelingan. Shu bois ham ularning ish bilan bandligini ta’minlash ushbu 5 muhim tashabbus ichiga kiritildi va o’z dolzarbligini oshirdi.



Yuqorida aytilganidek, ushbu loyiha mamlakatimizga ham ma’nan, ham jismonan yetuk davomchilarni tarbiyalashga yordam, biz yoshlarga esa kuchli avlod bo’lib yetishib, yurtimizda yashagan ajdodlarimizga munosib farzand bo’lishimizga imkon beradi.
Download 406,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish