195
ma’naviyat shakllarining shaxsiy (alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish
xususiyatlarini ifodalaydigan tushunchadir.
Ma’naviy o‘sish, inson zuvalasining tarkibiy qismlarini (komponentlarini)
birlashtiruvchi, ularni yakdil tarzda amal qilishini ta’minlovchi fenomen
hisoblanadi. U doimiy tarzda kamol topishga molikdir.
Shu sababli, birinchi
navbatda individual ma’naviyat dinamik mazmun kasb etishini nazarda tutib,
ta’lim-tarbiya jarayoni uni kamolot sari harakatini ta’minlovchi, qo‘zg‘atuvchi
hisoblani-shini inobatga olish tavsiya etiladi. Turli darajalarda insonni kamolotini
ta’minlash
mavzusi falsafiy, teologik, psixologik, etnografik, tibbiy, huquqiy,
antropologik, iqtisodiy va sotsiologik kabi ilmiy ta’limotlarning
asosini tashkil
etadi. Kamolot, psixologik jarayon sifatida alohida faoliyat turlarini tarkibiy
qismlarini shakllanishi va almashinuvini mujassam etishi bilan birga, mustaqil
tarzda ma’rifiy faoliyat yuritishni ham qamrab oladi.
Bu jarayonda alohida
insondagi son ko‘rsatkichi, ya’ni idrok etilgan ma’lumot, axborot, tajriba namunasi
kabilar, sifat ko‘rsatkichiga, ya’ni aniq fazilatni o‘zlashtirish, maqbul bo‘lgan
shaxsiy sifatni o‘zgartirib, biron bir xulq namunasini o‘zlashtirishda namoyon
bo‘ladi. Buni anglash uchun faqatgina psixo-metrik uslublardan vositasi sifatida
foydalanish lozimki, buning uchun psixologni ko‘magidan foydalanish tavsiya
etiladi.
Ikkinchi navbatda, alohida insonda ma’naviyatni tarkibiy qismlaridan qaysi
biri
dominantlik qilsa, individual ma’naviyatning tipologiyasi namoyon bo‘ladi.
Bunda ota-onalar va ustoz-murabbiylar namuna, ibrat, yo‘naltiruvchi va ta’min-
lovchi sifatida ishtirok etadilar. Shu sababli, ota-onalik vazifalari va majburiyati,
ustoz-murabbiyllikning burchi va mas’uliyati masalasiga e’tibor
qaratishimiz
lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, odam ‒ bir kichik olamdir. Insonning ana shu betakror dunyosi
ma’naviyatning shaxsiy darajada namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan uzviy
bog‘langan. Ma’naviy o‘sish tizimida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) har bir insonning tabiiy-tarixiy qadriyatlari;
b) axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi;
d) mehnat va iqtisodiy madaniyati;
e) individual kamoloti va ijtimoiy mavqeyi;
f) qobiliyati va iste’dodi;
g) dini, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari.
Inson ma’naviyatining tabiiy-tarixiy jihati uning biologik jonzot, tirik vujud
sifatidagi
yashashi, sihat-salomatligi, hayot kechirish davrlari, bolalik, o‘smirlik,
yigit va qizlik, erkak va ayol, qarilik onlari bilan bog‘liq namoyon bo‘ladi. Bunday
tabiiylik har bir tirik vujud kabi odam zotining har qanday avlodi, qavmi, millat va
elatiga tegishlidir. Shu ma’noda tabiiy-tarixiy asosga ega bo‘lmagan shaxs
ma’naviyatini uchratish qiyin, har bir kishi, el, xalq, millat va qavm uchun bunday
asosning mavjudligi ijtimoiy zaruriyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: