Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

278
 https://hozir.org/so-zning-otasi.html?page=6 
279
 https://daryo.uz/2018/08/12/belgiyada-9-va-11-yoshli-bolalar-evtanaziya-qilindi 


205 
gubernator Devid Jonston imzolagan
280

Ayni damda evtanaziya borasidagi yangi qonun faqat Kanada fuqarolari 
uchun amal qiladi. Undan ruhan sog‘lom va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan Kanada 
fuqarosi foydalana oladi. 
Ma’lumot uchun: evtanaziya – bu og‘ir va tuzalmas darddan azob 
chekayotgan insonning ixtiyoriy ravishda hayotini to‘xtatishlariga rozi bo‘lishi. 
Yonlama amiotrofik skleroz kasaliga uchrab, harakatlana va gapira olmay 
qolgan, odamlar bilan nutq sintezatori yordamida muloqot qiladigan mashhur 
britaniyalik olim Stiven Xoking hayotdan ketish uchun evtanaziyaga murojaat 
qilishi mumkinligini haqida quyidagicha munosabat bildirib o‘tgan: “Agar kuchli 
og‘riq sezsam, fanga boshqa yangilik kirita olmasam yoki atrofdagilarga ortiqcha 
yuk bo‘la boshlasam, evtanaziya yo‘lini qo‘llashim mumkin”. Olimning fikricha, 
“har bir inson o‘z hayotini istaganday va istagan paytida yakunlash huquqiga 
ega”
281

Xalq hokimiyati, huquqiy tizim o‘rnatilgan deyarli barcha davlatlarda 
muhim qarorlar qabul qilinishidan avval referendumlar o‘tkaziladi, ijtimoiy fikr 
o‘rganiladi, masalaga fuqarolarning munosabati tahlil qilinadi. 
Lekin shunday savollar borki, ularni omma e’tiboriga havola qilib 
bo‘lmaydi. Masalan, “Maoshlar oshirilishi kerakmi?”, “Soliqlar kamaytirilishi 
lozim deb o‘ylaysizmi?” degan savollarni o‘rtaga tashlashdan mantiq yo‘q. Chunki 
javob tayin, garchi ko‘pchilikning bu boradagi fikri bir joydan chiqsa-da, baribir, 
hukumat imkoniyatlariga ko‘ra va vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘radi.
Ana shunday, ijtimoiy fikr o‘rganilganda so‘ralmaydigan savollardan, refe-
rendumda kun tartibiga qo‘yilmaydigan masalalardan biri bu “O‘lim jazosini yoq-
laysizmi, yoki og‘ir jinoyat qilganlar oliy jazo sifatida qatl etish qo‘llanilishi 
tarafdorimisiz?” ‒ degan savolni qo‘yishdir. Chunki mutlaq aksariyat odamlar 
mud-hish jinoyat qilganlar o‘lim jazosiga hukm qilinishini yoqlab chiqishlari aniq. 
Shunday bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham 
oliy jazo sifatida o‘lim jazosi butun umrlik yoki katta muddatlarga ozodlikdan 
mah-rum qilish jazosiga almashtirilgan. Umuman olganda, o‘lim jazosi insoniyat 
abadiy tortishib o‘tadigan, aniq to‘xtamga kelish qiyin bo‘lgan bahslardan biridir. 
O‘lim jazosi ‒ qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan oliy jazo turi bo‘lib, og‘ir 
jinoyatlari uchun insonning qatl etilishi. O‘lim jazosi ijro etilayotgan vaqtda davlat 
tomonidan belgilangan vakillar ishtirok etishi va aynan ular qatlni amalga oshirish-
lari shart, aks holda bu jarayon qotillik deya baholanadi. 
Hozirda dunyoning 130dan ortiq davlatida o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi. 
Lekin insoniyat borki, bu jazo turi ham mavjud. Butun dunyo huquqshunoslari 
baravar bu jazoga qarshi chiqqanlarida ham uning yo‘qolib ketishiga ishonish 
qiyin. Yildan-yilga kamayib borayotgan bo‘lsa-da, hali-hanuz ko‘pchilik 
davlatlarda o‘lim jazosi muntazam qo‘llanilib kelinadi. Bu davlatlar qatorida 
o‘zining huquqiy tizimi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishga harakat qiladigan AQSh 
ham bor. Yevropada esa, aksin-cha, deyarli barcha davlatlar bu jazo turidan voz 
280
 https://kun.uz/44443693 
281
 https://kun.uz/uz/news/2015/06/03/stiven-xoking-evtanaziya-yordamida-hayotiga-nuqta-qoyishi-mumkin 


206 
kechishgan. Lekin tarix nuqtayi nazaridan bu jazoni eng ko‘p qo‘llagan va 
takomillashtirib, o‘ziga xos san’at dara-jasiga olib chiqqanlar ham aynan ko‘hna 
qit’a davlatlaridir. 
Kamdan-kam tarixiy filmlar o‘lim jazosi sahnasisiz kechadi. Albatta, 
ko‘rgan-siz, baland sahn ko‘rinishida tiklangan qurilma (eshafot), unga o‘rnatilgan 
dor, bir chetda turgan kunda, niqob kiygan jallod va qo‘li bog‘lanib cho‘kkalab 
turgan mahkum. Pastda esa son-sanoqsiz olomon.... 
Bu anchayin insonparvar sahna ko‘rinishi. Film ijodkorlari ham 
tomoshabinda noxush hislar qoldirmaslik uchun ko‘proq shu ko‘rinishdan 
foydalanadilar. Lekin u davrlarda o‘lim jazosining usullari shu qadar ko‘p 
bo‘lganki, ularning nomini eshitiboq kishining eti junjikadi. Mahkumlar dorga 
osilgan, o‘tda yoqilgan, parcha-lab tashlangan, boshlari olingan, past olovda 
qaynatilgan, toshbo‘ron qilingan, tirik-lay ko‘milgan, yirtqich hayvonlarga yem 
qilingan, qoziqqa o‘tqazilgan… Bular ham hammasi emas, mahkumning aybiga 
ko‘ra yanayam shafqatsiz usullar o‘ylab topil-gan yoki uning joni uzilgunga qadar 
bir necha usullar qo‘llanilgan. 
U davrlarning o‘ziga xosligi shundaki, bizning nazdimizda og‘ir jinoyatlar 
deya baholanadigan qotillik, davlatga xiyonat qilish kabi qilmishlar uchungina 
emas, aksildiniy qarashlar, g‘alayon qilish, o‘g‘irlik, turmush o‘rtog‘iga xiyonat, 
harbiy xizmatdan qochish, shohni yoki tuzumni yomonlash, fohishalik va hatto 
arzimagan hazillar uchun ham o‘limga mahkum qilinib, hukm ham darhol ijro 
etilgan. Mahkum shaharlarning markazlarida, bozorlarda, umuman, odamlar 
gavjum joylarda qatl qilingan va jazo har doim ham ming-minglab odamlar ko‘z 
o‘ngida amalga oshiril-gan. Qatl jarayoni ommaviy yig‘inlarga, xalq tantanasiga 
aylanib ketgan. Televizor, gazetalar kabi ommaviy axborot vositalari yo‘q 
davrlarda bu olomon uchun o‘ziga xos tomosha vazifasini o‘tash bilan birga 
boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan juda kuchli targ‘ibot vazifasini ham bajargan. 
Zamonamizda bu jazo quyidagi ko‘rinishlarda mavjud: bekor qilingan; 
oddiy sud amaliyotida bekor qilingan, lekin maxsus sud amaliyotlarida (masalan 
urush holatida) qo‘llanilishi mumkin; Qonun tomonidan bekor qilinmagan bo‘lsa-
da, qo‘llanilmaydi; oliy jazo sifatida o‘lim jazosi qo‘llaniladi. Hozirda o‘lim jazosi 
belgilanganidan so‘ng ham, hukm ijro qilingunga qadar ham ko‘p yillar o‘tib 
ketadi va ko‘pincha mahkumlar tabiiy o‘limdan vafot etishadi. O‘sha vaqt 
mobaynida mahkumga apellyatsiya berish imkoniyati beriladi va sud jarayoni bir 
necha marta qaytalanishi mumkin. Masalan, AQShning Jorjiya shtatida yashovchi 
Jek Oldermen xotinini o‘ldirgani uchun 1975 yilning 14 iyunida o‘lim jazosiga 
hukm qilingan, lekin oradan 33 yil o‘tibgina, 2008 yilning 16 sentabrida qatl 
etilgan
282

Bu jazo vositalari asrlar osha takomillashtirib kelingan. Hozirda rivojlangan 
va bu jazo bekor qilinmagan davlatlarda ko‘proq to‘pponchadan otish, gaz 
kamerasi, elektr stullar, o‘lim in’yeksiyasi qo‘llaniladi. Aksariyat davlatlarda bu 
jazo qamoqxonalarda va maxsus belgilangan joylarda ijro etilsa Eron, Saudiya 
Arabistoni kabi davlatlarda hozir ham bu jazo ko‘pincha omma oldida amalga 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish