Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Xayr-ehson, muruvvatpeshalikning axloqiy jihatlari



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

 
3. Xayr-ehson, muruvvatpeshalikning axloqiy jihatlari 
Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehr-muruvvat g‘oyalarini takomillashib 
borishi va ro‘yobga chiqarilishiga islom dini, uning umuminsoniy ta’limotlari juda 
katta hissa qo‘shib kelmoqda. Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-
oqibat tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy 
ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo, insonning inson bilan, qo‘shnining 
qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning 
jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, 
musofir-larga saxovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi 
va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim 
inkor eta olmaydi
264

Mehr-muruvvat va sahovat g‘oyalari, muhtoj va nogironlarga mehr-shafqat 
ko‘rsatish eng asosiy insoniy burchlardan ekanligi dunyo dinlaridan bo‘lmish 
xristianlik, iudaizm, islom, buddizm dinlarining bosh g‘oyalari asosiy 
harakatlantiruvchi kuchlarini tashkil etadi. 
Xayr-ehson
arabcha sadaqa so‘zining sinonimi sanalib, sadaqa 
(arab.-chin 
dildan qilingan ehson)
‒ xayr-ehson ma’nosida ifodalanadi. Islom dinida sadaqa 
berish imkoni bo‘lgan har bir kishi uchun zarur hisoblanadi, bu ish mansub 
amallar-dan sanaladi. Diniy manbalarda birovga sadaqa bera olishga qurbi 
yetmaydigan kishilar sadaqa olishlari mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Diniy 
manbalarda sadaqa-ning quyidagi turlari mavjud:
Bir martalik xayr-ehson ko‘rinishdagi sadaqa; 
kafforat, ya’ni xayrli maqsadlarga sarf etiladigan jarima ko‘rinishidagi 
sadaqa; 
o‘ziga to‘q bo‘lgan musulmonlarning daromadlaridan yo‘qsil, miskinlar 
foydasiga ajratib beriladigan sadaqa. 
Dastlabki ikki holatda sadaqa pul, ovqat, kiyim, xizmat ko‘rsatish va uy-joy 
bilan ta’minlash, qarzdan va majburiyatdan kechish va boshqa shaklida bo‘lishi 
mumkin. Uchinchi holatda sadaqa ‒ faqat pul bilan beriladigan bo‘lib, u maxsus 
soliqchilar tomonidan yig‘ilib, markaziy yoki mahalliy xazina (bayt ul-mol)ga 
264
 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент. Маънавият нашриёти. 2008. 9-бет. 


200 
kelib tushgan. Bu mablag‘ sadaqa deb ataluvchi zakotdan to‘plangan mablag‘ bilan 
birgalikda maxsus vakolatli shaxslar tomonidan sug‘urta vositasi turi sifatida mar-
kaziy hokimiyat nomidan kambag‘al, muhtoj kishilarga tarqatilgan. Sadaqa mab-
lag‘laridan yordam olishga kambag‘allar va nogironlar haqida bo‘lib, ularning bu 
holati to‘g‘risida jamoaning uch a’zosining sxohidligi lozim bo‘lgan. Shuningdek, 
biror sabab bilan xonavayron bo‘lgan, qurbi yetmaydigan xarajatlar, to‘lovlarni 
to‘lashga (masalan, muhtoj qarindoshlarini boqish, qarindoshi uchun diya (xun) 
to‘lash va boshqalar) majbur bo‘lgan kishilarga ham sadaqa beriladi va hokazo. 
Ularning ishi yurishib ketsa, sadaqa to‘lash to‘xtatiladi. Shuningdek, sadaqa to‘p-
lovchi va taqsimlovchi amaldorlarga, musofirxonalarga, biror sabab bilan safarni 
davom ettira olmay qolgan yo‘lovchilarga ham mablag‘ ajratiladi. Hadislar va 
fiqhga oid adabiyotlarda sadaqa istilohi bilan zakot anglatilgan.
O‘zaro yordam ko‘rsatishni, islom dini bilan bog‘liq amallarda, jumladan
sadaqa, zakot, fitr, bechoralarga ko‘mak berish singari ijtimoiy xizmatning faoliyat 
nokasbiy turi sifatidagi tarixiy ildizlarida ham ko‘rish mumkin. Buni ikki sabab 
bilan izohlash mumkin. Birinchidan, hech bir ijtimoiy tizim bo‘shliqdan paydo 
bo‘lib qolmaydi, ya’ni mavjud resurslarning hisobidan yaratiladi. Ikkinchidan, 
dastlabki shart-sharoitlar asosida u yoki bu sohadagi ijtimoiy tuzilmalar 
tizimlashtiriladi, uchinchidan, ma’lum bir tarixiy bosqichlarda aholining turli 
guruhlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti turli shakllarda 
umumlashtirilib, institutsional mazmun kasb etadi.
Markaziy Osiyo tarixida odamlarga madad va muhtojlarga sadaqa berish, 
ko‘maklashish, yordam qo‘lini cho‘zish xalqimiz hayot tarzi bilan bog‘langan
265

Jumladan, Amir Temur davrida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat darajasida amal 
qilgan bo‘lib “Faqir-u miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-ko‘rlarga nafaqa 
belgilangan”
266
. Tarixiy manbalarda Amir Temur tomonidan “turlik-turlik xayr-u 
ehsonlar qilinib, sinf-sinf sadaqalar mustahiklarga yetkazilib, faqir va miskinlarga 
bisyor ob-u osh bergan”ligi
267
keltirilgan. Amir Temur davlati tarqalib ketganidan 
keyingi xonliklar davrda ham beva-bechoralarga g‘amxo‘rlik qilish milliy va diniy 
an’ana, axloqiy qadriyat sifatida xalqimiz urf-odati, kundalik turmushida chuqur 
saqlanib keldi. Bu davrlarda davlat ijtimoiy himoyasi, asosan, davlat 
amaldorlariga, harbiylar va ularning oila a’zolariga nisbatan amalga oshirilar edi. 
Tarixiy manbalarda madrasa, masjidlarga, shifoxonalarga vaqf yerlari ajratilgani, 
ular soliqlar va yig‘imlardan xoli qilingani, madrasa toliblarini moddiy qo‘llab-
quvvat-lash uchun davlat mablag‘lari sarflangani, ularga homiylik qilish yaxshi 
darajada yo‘lga qo‘yilgani haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud.
Imom 
al-Buxoriy 
“Al-Jomi’ 
as-Sahih” 
asarida 
(J.Ramatovning 
ta’kidlashicha, bu asarga fiqh, islomiy marosimlar, axloq-odob, ta’lim-tarbiya 
haqida, shuningdek, o‘sha davr tarixi va elshunosligiga doir ma’lumotlar 
265
 Жабборов И.М. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти (Этномаданий лавҳалар). – Тошкент: Ўқитувчи, 
2003. – 208 б., Мухсумадьен Х. Узбекии вокруг них. Новый взгляд. – Алмати: Дайк-Пресс, 2006. –256 с., 
Карабаев У. Этнокультура (Традиционная народная культура). –Ташкент: Шарк, 2005. -239 с.
266
 Темур тузуклари. – Тошкент: Шарқ, 2005. 119-бет. 
267
 Аёзий Мирзо Муҳаммад Ҳайдар. Тарихи Рашидий. – Тошкент: О‘zbekiston, 2011. -Б.111. 


201 
kiritilgan
268
) ta’kidlaydiki, “Ketidan ozor ergashtirib keladigan sadaqadan ko‘ra, 
ko‘ngilni ko‘taradigan va mag‘firatli so‘z afzaldir”
269
. Ulug‘ mutafakkir shoir 
hazrati Alisher Navoiyning o‘z mablag‘larini ilm-fan, adabiyot va san’at ahlini 
qo‘llab-quvvatlashga, ko‘priklar, karvonsaroylar qurish, suv chiqarish va 
obodonchilikni yo‘lga quyish yo‘lida sarf-xarajat qilganlari, himmat va 
samimiyatning mislsiz namunasi sifatida tarixiy bitik-larda yozib qoldirilgan. Bu 
haqda Mir Alisher Navoiy o‘zining “Arbain hadis” (Qirq hadis) asarida shunday 
deydi: 
Yaxshi so‘z birla hojat ahlin so‘r, 
Bermasang yaxshi to‘madin sadaqa. 
Ne uchunkim rasul qavli bila: 
Yaxshi so‘z bordur o‘ylakim sadaqa
 270

Ta’kidlash lozimki, “sadaqa go‘yo faqat kambag‘al, faqir, muhtoj va beva-
bechoralarga qilinadigan xayr-ehsondir. Muqaddas hadis mazmuniga binoan
kishining aytgan har bir yaxshi so‘zi, ezgulik, yaxshi niyat bilan o‘zgalarning 
ko‘ng-lini ko‘tarishi ham sadaqa hisoblanadi”. Xayr-sadaqaning mazmuni mana 
shunday keng ma’noda talqin qilinsada, ayni vaqtda u ijtimoiy ma’qullangan, erkin 
xizmat ko‘rsatish mazmunini ham anglatadi. 
Demak, ajdodlarimizning saxiylik, himmatlilik, xayr-ehson, sadaqa, keksalik 
singari tushunchalarga bergan izoh va sharhlari, qarash va fikr-mulohazalari faqat 
ma’naviyat tarbiyasini shakllantiribgina qolmasdan balki ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
motivi sifatida amaliy yo‘l-yo‘riqlarni belgilash imkonini ham beradi; 
“Axloqiy qadriyat bo‘lmish yaxshilik, olijanoblik, saxiylik, mehr-muruvvat, 
fidoyilik”
271
, himmatlilik, totuvlik, ahillik va hamjihatlikka undovchi falsafiy 
tushunchalar

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish