Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Evtanaziya, o‘lim jazosi: tarafdorlar va qarshilar. Zo‘ravonlik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

 
4. Evtanaziya, o‘lim jazosi: tarafdorlar va qarshilar. Zo‘ravonlik 
muammosi 
Evtanaziya 
(yunoncha: ευ – “yaxshi” + θάνατος “o‘lim”)
har xil 
harakatlar yoki qurollar bilan uning ichida hayotini sun’iy yo‘l bilan ushlab turgan 
asboblarni ishini to‘xtatish yo‘li bilan bemorning o‘z o‘limini tezlatish haqidagi 
iltimosini qanoatlantirish
277
. Evtanaziyaning ikki xil: faol va sust turlari farqlanadi 
Sust evtanaziya ‒ davoni to‘xtatish orqali o‘limni tezlatish. Masalan sun’iy 
nafasni o‘tkazmaslik. 
Faol evtanaziya ‒ ahvoli og‘ir, uzoq vaqt surunkali kasallik bilan og‘rib 
kelayotgan bemorlarga, masalan, MNS shikastlangan, tug‘ma majruh va xavfli 
o‘sma kasalligi bo‘lgan bemorlarga ma’lum vosita va harakatlar orqali o‘limni 
tezlatish. Bundan tashqari, ixtiyoriy va majburiy evtanaziya ham mavjud. Ixtiyoriy 
evtanaziya bemorning talabi va roziligi bilan bajariladi. Binobarin, o‘lim muqarrar 
va undan qochib bo‘lmaydi, u hayotning so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Majburiy 
evtanaziyada bemorning fikri e’tiborga olinmaydi. Yana “antievtanaziya” atamasi 
ham mavjud. Bu holatda barcha vositalardan foydalanib, qanday bo‘lmasin 
bemorning hayotini saqlab qolish nazarda tutiladi. 
Tasavvur qilaylik, ertaga evtanaziyani tan olishni ruxsat etuvchi qonun 
chiqdi. Shu zahoti qator muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Ya’ni: 
Evtanaziyani kim o‘tkazadi? Bu ish uni amalga oshirishni istamaydigan 
shifokor zimmasiga yuklatilsa-chi? 
Kasallikning erta bosqichlarida, uni davolash uchun kurash va bemorning 
hayotini saqlab qoluvchi faol izlanishlar susayib ketish holatlari ko‘rina boshlaydi. 
Shu bilan birga, qarindoshlarning befarqligi, bemorga uy sharoitida qaray 
olmasliklari sababli yoki har qanday to‘lovga rozi bo‘luvchi, uning o‘limidan 
manfaat topuvchilar uchun yo‘l ochiladi. Tibbiyot xodimlarining evtanaziyadan o‘z 
manfaatlari uchun foydalanish holatlari paydo bo‘la boshlaydi. Evtanaziya yorda-
mida ba’zi jinoyatchi guruhlar o‘zlariga xalaqit berayotgan odamdan qutulish 
imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Shuningdek, transplantatsiya maqsadida (organlar 
kerak bo‘lib qolganda) evtanaziya yordamida odamdan qutulishning qo‘shimcha 
imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 
Qiziq, hozirgi sharoitda evtanaziya muammosini qanday yechish mumkin? 
Qachonki, bemorlar dori vositalari va davolash asboblari yo‘qligi natijasida o‘lib 
ketayotgan bo‘lsa. Aftidan shu sabab bo‘yicha ham evtanaziyani tez-tez qo‘llashga 
imkoniyat yaratilganga o‘xshaydi. Natijada quyidagi ikki savol paydo bo‘ladi: 
Lekin bunga shifokorlar-hamshiralar ma’naviy jihatdan haqlimi? Bungungi 
kunda evtanaziyani amaliy tibbiyotga kiritish lozimmi? 
Bu savollarga javob bermoq uchun boshqa mamlakatlarning tajribalarini 
o‘rganish, tibbiyot an’analarini ko‘zda tutish, tibbiyot bioetikasi masalasini, 
deontologiya, yuridik huquqlar, psixologiya va nihoyat, bemorlar, ularning 
277
 https://uz.wikipedia.org/wiki/Evtanaziya 


204 
qarindoshlari va jamoat fikrlarini bilish, ularni izchil o‘rganish zarur. Shulardan 
keyingina ehtiyotkorlik, sinchkovlik bilan evtanaziya muammosini baholash 
mumkin. Lekin nima bo‘lganda ham, shifokor qasamiga sodiq qolishi va 
bemorning hayotini saqlashga, uning ahvolini yengillashtirishga harakat qilishi 
kerak. 
Bemorning hayotdan ongli ravishda ko‘z yumishi hech qachon rahm-shafqat 
yuzasidan qilingan ish deb baholanmaydi. 1950-yilda AQShda: “Bemorning 
xohishi va qarindoshlari ruxsatiga ko‘ra og‘riqsiz vositalar bilan o‘limni tezlatish 
kerakmi?”-degan savolga 36%, 1973-yilda esa 50% ijobiy javob olingan. Bugun 
Gollandiya dunyo bo‘yicha “evtanaziya muolajasini” qonunlashtirgan birinchi 
mamlakat hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, har yili 4 mingga yaqin bemor 
evtanaziyani tanlar ekan. 
Bizningcha, qaltis va nozik masalaga shifokorlik deonotologiyasi nuqtayi 
nazaridan rad javobini berish kerak. Buqrot (Gippokrat-Hippokrates) asarlaridan 
biriga “O‘ldirma” degan naqlni epigraf qilib olgan. U: “Men shifokorlik 
faoliyatimda bemorning o‘limiga sabab bo‘ladigan biron bir dorini ishlatmaslikka 
qasam ichaman”,‒ degan. Xuddi shu o‘rinda hazrat Alisher Navoiyning “Tabib 
jallod emas”, degan iborasini eslash kifoyadir
278
.
 
Belgiyada 9 va 11 yoshli bolalar evtanaziya qilindi. Ular evtanaziya qilingan 
eng yosh insonlardir, deb yozadi TJournal. Voqea aynan qachon bo‘lgani aniq 
emas, The Telegraph bu haqda 2016-2017-yillarga doir hisobot asosida axborot 
bergan. To‘qqiz yoshli bola miya o‘smasi, 11 yoshli bola esa mukovissidozdan 
aziyat chekkan. Evtanaziyadan avval bolalar o‘z qarorini anglayotganligini 
tushunish uchun ular ruhshunoslar ko‘rigidan o‘tgan. 
“Shu darajadagi ruhiy va jismoniy azobni ko‘rdimki, qilgan ishlarimizning 
bari to‘g‘ri deb o‘ylayman”,‒ deydi Belgiyadagi evtanaziyalarni tartibga soluvchi 
komissiya ‒ CFCEE a’zosi Lyuk Proot. 
Belgiyada 2014-yili evtanaziya uchun yosh bo‘yicha cheklov olib tashlangan 
edi. Mamlakatda 2016-2017-yillarda evtanaziyadan 4 337 kishi foydalangan
279

Ma’lumot uchun, evtanaziya har xil harakatlar yoki qurollar bilan, uning 
ichida hayotini sun’iy yo‘l bilan ushlab turgan asboblarning ishini to‘xtatish yo‘li 
bilan bemorning o‘z o‘limini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirishdir. 
Odatda bedavo kasallikka chalingan va buning natijasida chidab bo‘lmas azob 
chekayotgan insonlarning iltimosiga amalga oshiriladi. Uning ikki turi bor ‒ faol 
va passiv, ayni vaqtda passivini yana ikki turga ‒ ixtiyoriy va majburiyga ajratish 
mumkin. Jahonning bir qator davlatlarida evtanaziyaga rasman ruxsat berilgan; 
O‘zbekis-tonda huquqiy maqomi noma’lum. 
Kanada parlamenti evtanaziya masalasida qonun qabul qildi. 2016-yil 17-
iyul kuni ushbu qonun loyihasini mamlakat parlamentining yuqori palatasi – senat 
tas-diqlab bergan. Avvalroq qonun loyihasi jamoatchilik palatasi tomonidan 
ma’qul-langan edi. Endi ushbu qonunning kuchga kirishi uchun Buyuk Britaniya 
qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining mamlakatdagi rasmiy vakili, general-

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish