Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

282
 Зоҳидов А. Ўлим жазоси: ким қандай фикрда? - https://kun.uz/47576914 


207 
oshiriladi. Mahkumlar dorga osiladi, xaloyiq tomonidan toshbo‘ron qilinadi. 
Saudiya Arabistonida ko‘pincha jallod mahkumni cho‘kkalatib qo‘yib, qatl oldidan 
qilich bilan o‘lim raqsini ijro etadi. Eronda bu jazoga, ayniqsa, e’tibor beriladi. 
Xalq yaxshi tomosha qilishi uchun dorlar avtokranlarga baland qilib yasaladi va 
hatto toshbo‘ronda mahkumning joni tez uzilmasligi uchun olomonga o‘rtacha 
kattalikdagi toshlar otish tavsiya qilinadi. Iroq va Afg‘onistonning ayrim 
hududlarida osish usuli ko‘p qo‘llaniladi. O‘z davrida bu davlatlarning rahbarlari 
bo‘lgan Saddam Husayn, Najibullo kabi arboblar ham dorga osilgan. 
Ko‘pchilik davlatlar amaliyotida davlat rahbarlari (prezident, podshoh yo 
qirol, bosh vazir) tomonidan o‘limga mahkum etilgan inson afv etilishi mumkin. 
So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi davlatlarda o‘lim jazosi eng ko‘p 
qo‘llanilgan: 1. Xitoy; 2. Eron; 3. Saudiya Arabistoni; 4. AQSh; 5. Pokiston. 
O‘lim jazosi Angliyada 1969-yildan, Fransiyada 1981-yildan, G‘arbiy 
Germaniyada 1949-yildan, GDRda 1987-yildan, Ispaniyada 1975-yildan, 
Rossiyada 1996-yildan buyon qo‘llanilmaydi. Portugaliya 1867-yilda, Yevropada 
birinchi bo‘lib o‘lim jazosini bekor qilgan. Ko‘hna qit’ada bu jazoni hali-hanuz 
qo‘llab kelayotgan oxirgi davlat Belarusdir
283

AQShda o‘lim jazosi o‘ziga xos tarixga ega. Hatto XX asrga qadar ham 
ko‘pchilik hududlarda sheriflar jinoyatchi deb hisoblagan odamlarini yakka o‘zlari 
o‘limga mahkum qilib, shu ondayoq jazoni ijro etaverganlar. Hozirda ham turli 
shtatlar qonunlariga ko‘ra 5 xil usul ‒ osish, otuv, elektr stuli, gaz kamerasi, o‘lim 
in’yeksiyasi qo‘llanilishi mumkin. Qatl oldidan mahkumga oxirgi tamaddi 
imkoniyati beriladi va u xohlagan taomlar taqdim etiladi. Shuningdek, so‘nggi 
so‘zlar ham tinglanadi. Ijroni advokat, ruhoniy bilan birga mahkumning va u 
o‘ldirgan 
kishilarning 
qarindosh-urug‘lari 
kuzatib 
turishlari 
mumkin. 
Be’manilikday tuyular, lekin qatl etiluvchi albatta, sog‘lom bo‘lishi shart. Betob 
bo‘lsa, shifoxonada davolanadi va sog‘ayganidan keyingina hukm ijro qilinadi. 
2009-yilda AQShda turli usullar bilan 106 kishi qatl etilgan. Bu o‘lim jazosi 
qayta qo‘llanila boshlangan 1976-yildan buyon eng past ko‘rsatkichdir. 1994-yilda 
eng ko‘p ‒ 328 marta jazo ijro etilgan. O‘lim jazosi hozirgi kunga qadar Yaponiya, 
Singapur, Malayziya, Shimoliy Koreya kabi davlatlarda ham qo‘llaniladi. 
Xitoyda o‘lim jazosi nafaqat qotillik, balki iqtisodiy jinoyatlar uchun ham 
qo‘llaniladi va otuv usulida amalga oshiriladi. Ko‘pincha mahkumlar yangi yil 
oldidan yirik maydonlarda, omma oldida qatl etiladi. Hukm ijro etilganidan so‘ng 
mahkumning qarindoshlaridan o‘q uchun 9 yuan undirib olinadi. Agar qarindoshlar 
pulni to‘lashdan yoki mahkumdan voz kechsa, qatl etiluvchi o‘q pulini to‘lashi 
yoki shunga yarasha ishlab berishi lozim. 
Ma’ruzamizning boshida o‘lim jazosi qo‘llanilishi yakuni yo‘q bahslardan 
biri dedik. O‘lim jazosi tarafdorlari mudhish jinoyatga qo‘l urganlar bu dunyoda 
yashashga haqqi yo‘q, deb hisoblaydilar. Rossiyada bir ayol farzandining qotili 
butun umrlik qamoq jazosiga hukm qilinganida: “Men bir soliq to‘lovchi sifatida 
o‘z farzandimning qotilini butun umr boqib o‘tamanmi?”, deya e’tiroz bildirgan. 
Bu jazoga qarshilar inson boshqa bir insonning hayotiga nuqta qo‘yishga haqqi 
283
 Зоҳидов А. Ўлим жазоси: ким қандай фикрда? - https://kun.uz/47576914 


208 
yo‘q, aks holda bizning o‘sha qotillardan farqimiz qolmaydi, degan fikrni ilgari 
surishadi. Shuningdek, qatl jazo emas, qasosdir, qasos esa faqat Haqdandur, deya 
bong urishadi. Yana xato tufayli nohaqdan hukm qilinganlarda hech qanday 
imkoniyat qolmasligini ham bu jazo o‘rinsizligiga sabab sifatida ko‘rsatishadi. 
Ma’lumki, 1993-yilgi Inson huquqlari sohasidagi Vena deklaratsiyasi va 
Harakat dasturida inson huquqlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha aniq 
samarali va uzoq muddatli tadbirlar yaratish maqsadida har bir mamlakatda Inson 
huquqlari sohasida milliy harakat rejasini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib 
chiqishni tavsiya etilgan. 
Bu borada mustaqillik yillarida mamlakatimizda bir qator islohotlar amalga 
oshirildi. Jumladan, 2005-yil 1-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni 
qabul qilindi. Farmonda “O‘lim jazosini qo‘llash sohasining bosqichma-bosqich 
kamayib borayotganligi O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini, jinoiy 
jazolarni liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan jarayonlarning muhim 
yo‘nalishi” bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Mamlakat mustaqillikka erishgan paytda 
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘lim jazosini nazarda tutuvchi 30 dan ortiq 
moddalardan iboratligi, O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat 
kodeksida bunday moddalar soni 13, 1998-yilda 8, 2001-yilda esa 4 tagacha 
kamaytiril-gan”ligi 
ko‘rsatilgan. 
2003-yilda 
jinoyat 
qonunchiligini 
liberallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng, 
faqat ikki turdagi jinoyat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda ‒ qasddan 
odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o‘lim jazosi 
nazarda tutilishi ta’kidlangan
284
. Shuningdek, farmonda bir qator vazifalar 
belgilangan bo‘lib, ular izchilik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 
farmonda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozimligi ko‘rsatilgan:
“...mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratik 
jihatdan yanada yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi islohotlar-
ning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish bo‘yicha olib bori-
layotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinishini hamda 
uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almash-
tirilishi zarurligini taqozo etmoqda. 
Shu 
bilan 
birga, 
ushbu 
muhim 
sohadagi 
islohotlar, 
ijtimoiy 
munosabatlarning rivojlanishi va insonparvarlik ruhida olib borilishini hamda 
insonlar ongida demo-kratik qadriyatlar tobora mustahkamlanishini inobatga olgan 
holda izchillik bilan amalga oshirib borilishi lozim. 
O‘lim jazosining bekor qilinishi aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib 
borishni, birinchi navbatda, mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi izchil harakatlarini asoslab berishni, 
jinoiy jazoni yanada liberallashtirish, shu jumladan, o‘lim jazosini bekor qilish 
zaruratining anglab yetilishini kishilar ongida mustahkamlashni taqozo etadi. 
284
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасида ўлим жазосини бекор қилиш 
тўғрисида”ги Фармони - Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 30-31-сон, 223-
модда.- https://lex.uz/docs/1264447 


209 
O‘lim jazosi umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan 
almashtirilgan shaxslarni saqlash uchun majmua va inshootlar qurish, zarur shart-
sharoitlarni yaratish, ana shu muassasalarda ishlash uchun xodimlarni tayyorlash 
bilan bog‘liq bir qator tashkiliy-tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish lozim”. 
O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida qo‘yilgan eng muhim qadamlar 
qatorida 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran, o‘lim jazosi to‘la bekor qilindi. O‘zbekis-
ton Parlamenti Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim 
jazosiga taalluqli Ikkinchi Fakultativ protokolini ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston 
Ikkinchi Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilgan jahondagi 67-davlat bo‘ldi. 
O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining “O‘lim jazosini qo‘llashga mora-
toriy e’lon qilish” rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi va o‘lim jazosiga qarshi IV 
Butunjahon kongressi ishida (2010-yil fevral, Jeneva) ishtirok etdi. 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidlarini to‘la 
amalga oshirishga yo‘naltirilgan demokratik institutlar – “Xabeas korpus” va “Mi-
raida qoidalari” huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etildi. Mazkur institutlarning 
joriy etilishi insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya 
qilishning, uning daxlsizligi ta’minlashning muhim omiliga aylandi. 
Sudlar amaliyotida yarashtirish instituti keng ommalashdi. Buni 100 
mingdan ko‘proq kishiga nisbatan yarashtirish tartibi qo‘llanilganligi ko‘rsatib 
hisoblaganda, turmadagilar soni 151 nafari tashkil etadi. Bu MDH va Yevropa 
mamlakatlarida eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Keyingi 10-yil 
davomida mamlakatda qamoqqa olinganlar, ozodlikdan mahrum etish joylarda 
saqlanadiganlar soni ikki baravardan ko‘proqqa kamaydi
285


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish