Boshlang’ich sinf oʻquvchilarini nomerlashga oʻrgatishda
axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Nоmanfiy butun sоnlarni raqamlashda bоshlang’ich sinf
matеmatikasining asоsiyоb‘еkti hisоblangan nоmanfiy butun
sоnlar toʻplarnini qurishning: toʻplamlarnazariyasi asоsida,
aksiоmatika asоsida va miqdоrlarni oʻlchash asоsida qurish
oʻrgatiladi.
Boshlangi‘ch sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomеrlash
mavzusi boʻyicha bilim va koʻnikmalarga qoʻyiladigan talablar:
1) konsentrlar boʻyicha «raqamlash» mavzusini mazmuni va
vazifalarini bilishi:
2) oʻquvchilarni oʻzlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar
tizimini ishlash jarayonini bilishi;
a) fanlararo aloqadorlik va sonlarni xonalar boʻyicha oʻzaro
uzviyligiga bog’liq metodlar:
b) naturalsonlar qatorining hosil qilish tamoyillari:
d) sonning oʻnli tarkibi toʻg’risida:
e) konsetrlar boʻyicha sonlarning oʻqilishi va joylashuvi:
f) yangi sanoq birligining hosil qilinishi:
g) konsentrlar boʻyicha sonlarning joylashuv tarkibi:
h) xonabirliklari boʻyicha munosabat:
i) sonlar tarkibining oʻqilishi va yozilishini bilishi kerak.
Mavzuni oʻrganish jarayonida koʻrgazmalilikdan foydalanish.
Oʻquvchilar bilan birga olib boriladigan nomanfiy butun
sonlarni
nomеrlashga oid mashg’ulotlar ularda shakllantiriladigan dastlabki
tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Albutta bu jarayonda oʻquvchi
tasavvurlari alohida oʻrin tutadi. Son va predmetlarning sanog’i
oʻrtasidagi bog’lanishni ochib berishda tasviriy ma‘lumotlar
muhim. Tasviriy ma‘lumotlarni taqdim qilishda axborot
texnologiyalaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Masalan, oʻquvchilarda narsalarni sanash malakalarining
shakllanishiga «shuncha», «koʻp», «kam», «teng», «baravar» kabi
tushunchalarni oʻzlashtirishga qaratilgan mashqlar: ―Nima qilsak,
toʻtburchaklar nechta boʻlsa, uchburchaklar shuncha boʻladi?
(toʻrtburchaklar 5 ta, uchburchaklar esa kam.
Ular teng boʻlishi uchunеtishmayotgan uchburchakni qoʻshish
kerak.)ǁ Bunday mashqlarni bajarish bolalarni narsalarni qayta
sanashdan ularni
qoʻshib sanashga oʻtishlariga, shuningdek, arifmetik masalalar
еchishga tayyorlaydi.
Bu davrda tartib raqamlash ham oʻrganiladi.Buning uchun
birgina narsaning oʻzi qanday sanash tartibi berilishiga, savol
qanday qoʻyilganiga qarab har xil tartib nomeri oladigan
mashqlardan foydalaniladi:
Bolalarga sonning alohida birlardan ham hosil boʻlishini
koʻrsatish zarur. Bu holda (5 sonining hosil boʻlishi) misol uchun
turli oʻyinchoqlardan foydalanish mumkin
—Mashinalar nechta? Qoʻg’irchoq nechta? Koptok nechta?
Oʻyinchoq nechta? Hamma oʻyinchoqlar nechta? (Bolalarning
javoblaridan keyin oʻqituvchi umumlashtiradi: «Toʻg’ri, bolalar
mashina bitta, qoʻg’irchoq bitta, koptok bitta, oʻyinchoq bitta,
poezd bitta, hammasi boʻlib 5 ta oʻyinchoq, 5—bu 1, 1, 1, 1 va
yana 1.)
Sonni undan oldin keladigan songa birni qoʻshish bilan hosil
qilar ekan, oʻqituvchi sonni undan keyin keladigan sondan
birni ayirish bilan qanday hosil qilish mumkinligini
koʻrsatadi.
Bizning holda oʻqituvchi 5 sonini 4 ga bitta narsani
(predmetni) qoʻshish orqali hosil qilgach, 5 ta doirachadan
bittasini olib qoʻyib, 4 ta doiracha qanday hosil boʻlishini
koʻrsatadi. Soʻngra yana bitta doiracha olib qoʻyiladi va 3 ta
doiracha qanday hosil boʻlishini koʻrsatadi va h. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |