ARIFMETIK AMALLARNI OʻRGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. Oʻquvchilarning biror-bir sohani yoki predmetni faol egallashi
uchun faqatgina nazariy bilimginiеtarli boʻlmasdan, balki
masalani hal etish boʻyicha amaliy koʻnikmalar ham shakllangan
boʻlishi kerak. Shuning uchun maktab darsliklari mavzusini
faqatgina nazariy jihatdan emas, balki amaliy koʻrinishda, yani
koʻrgazmali qurollar, harakatli tasvirlar, turli taqdimotlar orqali
oʻqitish maqsadga muvofiq boʻladi.
Oʻnlik konsentrida arifmetik amallarni oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Boshlang’ich sinf Matematika fan dasturi oʻz ichiga avvalo
natural sonlar bilan toʻrt arifmetik amal bajarishni oladi.
Oʻquvchilar raqamlashni oʻrganish jarayonida asta-sekin
navbatdagi mavzu—qoʻshish va ayirishni oʻrganishga
tayyorlanadilar. Arifmetik amallarnioʻrganishdan oldin bolalar
ongiga uning ma‘nosini, mazmuniniеtkazish kerak. Bu vazifa turli
xil amaliy ishlarni bajarish asosida oʻtkaziladi.
Arifmetik amallarni oʻrganishdagi asosiy masalardan biri
og’zaki va yozma hisoblash usullarini oʻzlashtirish vaqoʻllay
olish. Oʻquvchilarda og’zaki va yozma hisoblash koʻnikmalarini
tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yoʻnalishlaridan
biridir.
Ma‘lumki boshlang’ish sinf oʻquvchilarida raqamli
ma‘lumotlardan koʻra tasviriy ma‘lumotlar koʻproqxotirasida
saqlanadi. Shuning uchun dastlab arifmetik amallar bilan
tanishtirishda raqamlardan emas balki, tasvirlardan foydalaniladi.
Bunda axborot texnologiyalari muhim aahamiyat kasb etadi.
Masalan, qoʻshish amali bilan dastlabki tanishda vaqoʻshish
amali yordamida misollarеchishga oʻrgatishda quyudagicha
koʻrinishda tasviriy ma‘lumotlardan foydalanish mumkin:
Shuningdek, ayirish amali bilan dastlabki tanishda va ayirish
amali yordamida misollarеchishga oʻrgatishda quyudagicha
koʻrinishda tasviriy ma‘lumotlardan foydalanish mumkin:
Og’zaki va yozma hisoblash usullari bilan tanishtirish ishlari olib
borilib dastlab tasvirlar asosida tushuntirilib keyinchalik tasvirlarda
aks ettirilgan predmetlar sonini raqamlarda ifodalanib misollar
еchiladi. Agar tasvirlar animatsilar bilan harakatlantirilsa
oʻquvchilarda yaqqol tasavvurlar hosil boʻlishiga yordam beradi.
Bolaga arifmetik amalni bajarishiga sabab boʻluvchi syujetli
rasmlardan foydalanish mumkin:
1-likopcha va ikkinchi likopchada olmalar jami 8 ta. Ikkinchi
likopchadagi olmalarni nechta. Ikkinchi likopchadagi olmalarni
sanab chiqoolmaydi. Natijada bu ishni arifmetik amallar
yordamida bajaradi.