Boshlang’ich sinf oʻquvchilarini nomerlashga oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish


Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni oʻrgatishda axborot



Download 0,86 Mb.
bet3/3
Sana31.05.2022
Hajmi0,86 Mb.
#622073
1   2   3
Bog'liq
Sodda masalalarni yechishda axborot texnologiyalardan foydalanish

Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni oʻrgatishda axborot
texnologiyalaridanfoydalanish.
Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni oʻrgishda oʻquvchilar
sonlarni oʻnlikdan oʻtib qoʻshish, sonlarni oʻnlikdan oʻtib ayirish,
qoʻshish va ayirish jadvallaridan foydalanish, sonlarni qoʻshish va
ayirish amallari yordamida taqqoslash, sonni bir necha birlikka
oshirish va kamaytirish, qoʻshish va ayirish amallarining ma‘nosiga
oid matnli masalalar bilan tanishadilar. 100 ichidagi sonlar ustidagi
arifmetik amallarni oʻrganish jarayonida oʻquvchilar qoʻshish
jadvali va koʻpaytirish jadvalini yod oladilar.
ALGEBRAIK VA GEOMETRIK MATERIALLARNI
OʻRGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH.
Ma‘lumki oʻquvchilarda matematika darslarida raqamli
axborotlardan koʻra tasviriy axborotlar muhim hisoblanadi.
Zero matematik bilimlarni (masalan harxil
modellar, grafiklar, diagrammalar, grafiklar) va geometrik bilimlar
(geometrik figuralarni) ni tasviriy axborotlarsiz ya‘ni, tasvirlarsiz
oʻrgatish mumkin emas.
Algebraik materiallarni oʻrgatishda axborot
texnologiyalaridan foydalanish.
Boshlang’ichsinflar dasturida algebra materiali mustaqil boʻlim
sifatida ajratilmagan. Boshlang’ich matematika kursida algebra
elementlarini oʻrganish arifmetikani oʻrganish masalalari bilan
uzviy bog’likdir. Hozir amal qilinayotgan dasturga muvofiq
oʻquvchilar matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar
haqida boshlang’ich ma‘lumotlar olishlari lozim, harfiy simvolika
(belgilash), oʻzgaruvchi bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va
tengsizliklarniеchishni oʻrganishlari kerak.
Boshlang’ich sinflarda oʻquvchilar bilan tenglik, tengsizlik,
tenglama kabi matematik ifodalar (sonli ifoda va oʻzgaruvchili
ifodalar) haqidagi tushunchalarni shakllantirish boʻyicha rejali ish
olib boriladi.
Bu tushunchalarning hammasi oʻzaro uzviy bog’langandir.
Masalan, harfiy simvolikani kiritish oʻquvchilarga tengsizlik,
tenglama va boshqa tushunchalar uchun propedevtik material
sifatida tanishtirish imkonini beradi. Harfdan oʻzgaruvchini
ifodalovchi simvol sifatida foydalanish boshlang’ich matematika
kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli,
chuqur va umumlashgan holda oʻzlashtirish maqsadlariga xizmat
qiladi, keyinchalik bolalarni oʻzgaruvchi funksiya tushunchalari
bilan tanishtirish uchun yaxshi tayyorgarlik boʻladi. Oʻquvchilarda
tenglik va tengsizlik tushunchalarini shakllantirish boʻyicha
bajariladigan ishlar tenglamalarеchish va masalalarni tenglama
tuzish yoʻli bilanеchishni kiritish uchun tayyorgarlik boʻlib
xizmat qiladi.
Sonli ifodalarning qiymatini topishga doir misol va masalalar
birinchi sinfdan boshlab oʻrganiladi. Abatta sonli ifodalarning
qiymatini topish yuzasidan misollar dastlab tasvirlar koʻrinishida
tushuntiriladi.Tasvirlarni namoyish qilishda axborot
texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek masalalarеchimini topishga doir syujetli tasvirlar
(video roliklar) sonli ifodalarnning qiymatini topishga, shuningdek,
harfli ifodalar bilan tanishtirishga ham yordam beradi.
«Ifoda», «Ifodaning qiymati» atamalari ikkinchi sinfda
kiritiladi.Shu vaqtdan boshlab topshiriqlar ushbu shaklda beriladi:
«Ifodani yoz va uning qiymatini hisobla», «Ifodalarni taqqosla»,
«Ifodani oʻqi», «Berilgan masala boʻyicha ifoda tuz». «Berilgan
ifoda boʻyicha masala tuz» va hokazo.
Oʻqituvchi. «Men hozir doirachalar tagiga kvadratchalar
qoʻyaman, men kvadratchalardan koʻp qoʻyamanmi yoki kam
qoʻyamanmi?»Har bir doirachaning tagiga kvadratchani qoʻyadi.
Bolalar koʻzlari bilan har bir kvadratchaga doirachani mos
qoʻyadilar va kvadratchalar doirachalardan kam ekanligini
aniqlaydilar («Katta», «teng» tushunchalari ham shunga oʻxshash
shakllantiriladi).
—Doirachalar qancha boʻlsa, kvadratchalar shuncha boʻlishi
uchun nima qilish kerak (Birinchi usulni bolalar tez topadilar)?
—Yana kvadratchalar qoʻyish kerak. Harbir doirachaning
tagida kvadratcha turibdi, demak, ular teng.
—Doirachalar va kvadratchalarni yana qanday tenglashtirish
mumkin? Oʻqituvchi bolalarni ortiqcha kvadrat doirachalarni
olib tashlash kerak degan
fikrga olib keladi.
Keyingi topshiriqdafiguralar ixtiyoriy tartibda terilgan.
Oʻquvchilar figuralarni surib, bir-birining tagiga keltirish
mumkinligini topadilar va xulosa chiqaradilar.
Nihoyat, figuralarni koʻchirish mumkin boʻlmagan holat
yaratiladi. Plakatning turli qismlarida qizil uchburchaklar va koʻk
doirachalar joylashtirilgan.
Tenglamalarniеchish. Boshlang’ich sinflarning matematika
dasturiga muvofiq ravishda II sinfdan boshlab tenglamalar tanlash
usuli bilanеchiladi.
Bu vaqtga kelib bolalar noma‘lum qoʻshiluvchini,
kamayuvchini, ayriluvchini, koʻpaytuvchini, boʻlinuvchini,
boʻluvchini topish qoidalarini yaxshi ozlashtirganlar.
Biroq noma‘lum komponentni amallarning komponentlari va
natijasi orasidagi bog’lanish asosida topish 10 ichidagi sonlar
ustida kiritiladi. 4+x=7 tenglamani shu usul bilanеchilishini koʻrib
chiqamiz. Katakli taxtachada yozuv terilgan.
4 soniga noma‘lum sonni qoʻshdik va 7 ni hosil kildik.
Noma‘lum qoʻshiluvchini qanday topish mumkin? (4 ta doiracha
chiziladi, faqat berkitilgan doirachalar qoladi. Aytilayotgan qoida
matematik yozuv bilan qayd etiladi: x=7—4 (x=3)
Tenglamaеchilishining umumiy yozuvi doskada va
oʻqituvchilarning daftarlarida yoziladi:
4+x=7
x=7—4
x+3
Tekshirish:4+3=7
7=7
Rasmga qarang. Birinchi savatda necha kilogramm meva bor?
(Birinchi savatda 25 kg meva bor.) Ikkinchi savatda necha
kilogramm meva bor ekanligi koʻrsatilganmi?ǁ (Yoʻq.) Ikkita
savatda jami necha kilogramm meva bor? (Ikkita savatda jami 45
kg meva bor.) Rasm asosida masala tuzamiz… . Masalaеchimini
tenglama tuzish yordamidaеchamiz. Buning uchun ikkinchi
savatdagimevalar massasini bilmaganligimiz sabablixkg deb
belgilab olarniz.
Demak, 25+x=45. Tenglamaеchimini toppish orqali masalani
еchamiz.Keyinchalik mustaqil topshiriq sifatida quyudagi masalar
beriladi: ―Rasm asosida mamasala tuzing vaеchimini tenglama
tuzib toping
Masalaеchimini topishda oʻqituvchi bolalardan asoslab
berishlarini soʻraydi: ―Nega x–140=370 yozuvinitanladingiz?
Nega x+140=370, x+370=140 ni tanlamadingiz?ǁ
Boshlang’ich maktab matematika kursida «tenglama»
tushunchasining aniq ta‘rifi berilmaydi. Oʻquvchilar bu
tushunchani maxsus tanlangan mashqlarni bajarish jarayonida
tushunib oladilar.
Adabiyotlar
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz
bilan birga quramiz.–T.: ― O’zbekistonǁ NMIU, 2017, 488-bet
2.Abdullayeva B, Sadikova A, Jabborova Yu, Toshpulatova M,
Muxitdinova N. Matematika: o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma.–T.:
―O’zbekiston milliy ensiklopediyasiǁ.2017 y., 240 b. (4-sinf )
3.Abdullayeva B, Toshpulatova M, Sadikova A, Jabborova Yu,
Muxitdinova N. Matematika: o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma.–T.:
―O’zbekiston milliy ensiklopediyasiǁ.2014 y., 176 b. (1sinf )
4.Abdullayeva B, Toshpulatova M, Sadikova A, Jabborova Yu,
Muxitdinova N. Matematika: o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma.–T.:
―O’zbekiston milliy ensiklopediyasiǁ.2016 y., 175 b. (3 sinf )
5.Abdullayeva B. Fanlararo aloqadorlikningmetodologik-didaktik
asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yo’nalishlardagi akademik litseylarda
matematika o’qitish misolida).: Ped.fan.dokt...diss. avtoref.–Toshkent:
Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish