Python dasturlash tilida matematik funksiyalar va ifodalar
Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilida ham matematik ifodalar ma’lum bir standartlar asosida yoziladi. Ifodalar tarkibidagi matematik funksiyalar Python tilida standart fuksiyalar yordamida yoziladi, agar ifoda tarkibidagi funksiya standart funksiya tarkibida bo‘lmasa, alohida funksiya yaratib olish kerak.
Ifoda-sonlar, harflarni arifmetik amallar va qavslar bilan birlashtirilgan yozuvga aytiladi.
Python dasturlash tilidagi ifodalar tarkibidagi amallarni bajarilishi matematikadagi amallarni bajarilish tartibiga mos keladi. Python tilida arifmetik amallarni yozilishi yuqoridagi mavzuga asosan yoziladi. Ifodalar tarkibidagi nomalumlar faqatgina lotin alifbosida yozilishi kerak. Ifoda tarkibida kasr sonning surati yoki maxrajida ikki va undan ortiq hadlar bo‘lsa, python tilida ular albatta qavsga olinishi kerak.
Python dasturlash tilida matematik funksiyalar
Python dasturlash tili tarkibida mavjud bo‘lgan matematik funksiyalar standart funksiyalar deb ataladi.
Ifodalar tarkibidagi funksiyalarni Python dasturlash tilida ifodalash uchun satandart funksiyalardan foydalaniladi. Funksiyalarni python dasturlash tilida ifodalash uchun ularni argumentlarini albatta qavsga olib yozish kerak.
Python dasturlash tilida matematik funksiyalardan foydalanish uchun albatta python tili tarkibidagi matematik funksiyalar kutubxonasiga murojat qilish kerak. Matematik funksiyalar kutubxonasiga murojat qilish quyidagicha.
from math import*
Python dasturlash tili tarkibidagi matematik funksiyalar yozilishi quyidagi ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.
Matematik funksiyalarning bajarilish jarayoni, matematikada qanday bo‘lsa python dasturlash tilida ham xuddi shunday amalga oshiriladi.
Matematik funksiyalarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz. Chunki interaktiv rejim bir vaqtning uzida natija qaytaradi.
Misol. Matematik funksiyalarni bajarilishi
Qo‘shimcha funksiyalar
Python dasturlash tilida standart kutubxona tarkibida ketma ketliklar ustida bir nechta maximum, minimum, summa kabi funksiyalar aniqlangan. Boshqa dasturlash tillarida bu funksiyalar alohida algoritmlar yordamida tuzib olinadi, python dasturlash tilida esa bu funksiyalar tayyor holda saqlanadi. Qo‘shimcha funksiyalar quyidagi jadval ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha funksiyalarni ishlash jarayoni tushunarli b o‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz. Chunki interaktiv rejim bir vaqtning uzida natija qaytaradi.
Misol. Qo‘shimcha funksiyalarni bajarilishi
Misol. Quyidagi ifodalarni python tilida ifodalash. Matematik ifodasi
Python tilida ifodalanishi
y=pow((x+sin(x)),3)+sqr(cos(x))+(1+log(x,a))/(sqrt(t-x**2));
Misol. Quyidagi ifodalarni Python tilida ifodalash. Matematik ifodasi
Python tilida ifodalanishi y=abs(x-2)+sin(x)-abs(4/sqrt(t-x**2));
Adabiyotlar
Eric Matthes. Python Crash Course Paperback.England 2015.205p..
Сысоева М.В., Сысоев И. В. Программирование для «нормальных» с нуля на языке Python Москва. 2018. -180с.
Федоров Д. Ю.Основы программирования на примере языка Python. Санкт-Петербург 2018. -167 c.
К.Ю. Поляков, В.М. Гуровиц. Язык Python в школьном курсе информатики – М.: Издательский дом МЭИ, 2011. – 424
Aminov I.B. Algoritmlash va dasturlash asoslari. O’quv qo’llanma. Samarqand,SamDU, 2018 y.
Axatov A.R.,Nazarov F.M.Python tilida dasturlash asoslari. O‘quv qo‘llanma –SamDU, 2020 –yil, 180- bet.
Aminov I.B.., Suyarov A.M. Dasturlash tillari asosida matematik masalalarni yechish. O’quv qo’llanma. Samarqand, SamDU, 2019, 169 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |