Mavzu: Uskunani energetik moylarini sifatini nazorat qilish
Reja:
Moylarni tozalash jarayoni
Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni
Ichki (oraliq) rafinatlarni
Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish
Moy frakstiyalari uglevodorodlarning har-xil sinflari va geterostiklik
birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarni fizik xossalari ularni
ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog’liqdir.
Geterostiklik uglevodorodlarni fizik xossalari boshqalardan farqli bo’lib, ular harxil haroratlardan har-xil tezlikda organik erituvchilarda saylanib eriydilar.
Saylovchi (yoki selektiv) erituvchilar d eb shunday suyuq moddalarga
aytiladiki, ular ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat
maqsadda tutilgan komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa
uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi.
Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular birbiridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har-xil moddalarni eritadigan
bo’lsin.
Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz
komponentlar eritmalardan cho’ktirilib, osongina ajratiladi. Shu prinstipga asosan
smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltlab) va qattiq uglevodorodlar ajratib
(denarafinlab) olinadi.
Erituvchilarni selektivligi ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to’liq
eritadi va ikkinchisini qisman. Masalan: fenol polistiklik aromatik
uglevodorodlarini yaxshi eritadi, lekin shu bilan birga moyni uglevodorodlarini
ham. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik
qobiliyati yuqoridir. Selektivlikni pastligi natijasida ekstrakt yoki gach bilan
birgalikda moyni qimmatbaxo komponentlarini ham olib chiqib ketiladi,
deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o’tib ketadi.
Birinchi xodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida esa deasfaltizatni
sifati pasayadi.
Erituvchilarga (fenol, furfurol, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va
benzol, toluol qo’shilsa ularni selektivligini va erituvchanlik qobiliyatini
o’zgartirib yuboradi. Suv qo’shilganda erituvchini selektivligi ortadi lekin umumiy
erituvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qo’shish esa
selektivligini (erituvchini) pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobiliyatini
ortiradi. Erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) Erituvchi keng harorat oralig’ida o’zini tanlovchi - erituvchanlik
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
b) Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda o’zi erimasligi kerak.
v) Fazalarni tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq
katta bo’lishi kerak.
g) Erituvchi kimyoviy barqaror va inert bo’lishi kerak (xom-ashyoga
nisbatan), zaxarli bo’lmasligi va portlashga xavfsiz bo’lishi kerak.
d) Erituvchi yengil va to’liq regenerastiya qilinishi kerak.
e) Erituvchi past parlanish haroratiga ega bo’lishi kerak, chunki buning
natijasida sovutishga berilayotgan suvni sarfi kamayadi va umuman energetik
xarajatlar kamayadi.
j) Erituvchi arzon va defistit bo’lmasligi kerak.
Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi
faktorlar muximdir:
1. Jarayonni harorati.
2. Moy frakstiyasini erituvchida eruvchanligini kritik harorati.
3. Xom-ashyo va erituvchilarni nisbati.
4. Erituvchini xom-ashyo bilan o’zaro ta’sir usuli.
Bosim suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, SO2
gaz) o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo’lmagan komponentlar eritmasidan
regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida xaydab olinadi.
b) Suv pari bilan xaydab olinadi.
v) vakuum ostida xaydaladi.
Tozalangan mahsulotda erituvchini qoldiq miqdori 0,005-0,02% dan ortiq
bo’lmasligi kerak.
Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari gach yoki ekstraktga o’tib ketishi
mumkin. Bu asosan erituvchini etarli darajasida selektiv bo’lmaganligi
natijasidadir. Buning natijasida o’zini tuzilishi bilan kimmatbaxo va keraksiz
komponentlar oraligida turgan uglevodorodlar yukotiladi. Bu komponentlarni yana
ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarni yo’qotilishi asosiy mahsulotni chiqishini
pasaytiradi.
Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullari bilan ajratib olinadi.
1. Ekstrakt eritmasini haroratini pasaytirish bilan.
2. Ekstrakt eritmaga suv qo’shish bilan.
3. Ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo’shish bilan.
4. Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilan yuvish.
Buning natijasida birinchi uch usulni qo’llaganda erituvchini selektivligi
ortadi va ekstrakt eritmadan oraliq rafinatni ajratib olinadi. To’rtinchi usulda esa
moy gach va petrolatumdan ajratib olinadi.