1-bilet
1 Yuqori nutq madaniyati - bu o‘z fikrlarini til vositalari bilan to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. To‘g‘ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me’yorlarga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. «Nutq madaniyati» tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan tilshunoslik fanining madaniyat quroli bo‘lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish muammolari bilan shug‘ullanuvchi sohadir».
2 O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Hujjat matnlari mazmunan lo‘nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.
2-bilet
3 Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar). Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi.
4 Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.
3-bilet
5 Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar). Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoma, taklifnoma, hisobot, tarjimayi hol, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi.
6 Dialogik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq, nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Alohida bir kishiga taalluqli bo‘lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.
4-bilet
7. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi tomonlarning – so‘zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o‘quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo‘lmaydi.
8 Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
5-bilet
9 Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, felyeton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.
Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi.
10 Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:
1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);
2) javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat xatlar va h.k).
Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga ega bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil adi. Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin.
Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yo‘llanadigan bo‘lsa, uni oluvchilar 4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal qilinishi rahbar bilan bog'liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.
6-bilet
11 Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
12
7-bilet
13 Ko‘rinadiki, garchi «til madaniyati» va «nutq madaniyati» tushunchalari tilga oid atama sifatida bir-birlaridan farqlansa ham, aslida ularning birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. «Nutq madaniyati» aniq ma’noda til birliklarini nutq jarayonida qo‘llashning me’yori, maqsadga muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning umumtil doirasida qaraladi.
14 O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi.
Hujjat matnlari mazmunan lo‘nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.
8-bilet
15 Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, felyeton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.
16 Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:
1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);
2) javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat xatlar va h.k).
Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga ega bo'lishi mumkin.
9-bilet
17 Hujjatlarni tuzish, ularni tayyorlashga oddiy, yengil qarash mumkin emas, chunki u huquqiy jihatdan kuchga ega bo‘lgani uchun jiddiy munosabatda bo‘lishni taqozo qiladi.
Hujjatlarni tayyorlashda qog‘ozlarning shakli, o‘lchami ham ahamiyatga ega. Ish qog‘ozlarining chap tomonida 20mm, yuqorida kamida 10mm, o‘ng va past tomonida 8-10mm bo‘sh joylar bo‘lishi kerak.
Bosma ish qog‘ozlari 2 ta turga bo‘linadi.
18
10-bilet
19 reklamadagi asosiy element – tovarlarni sifati va korxonani bozordagi mavqeyi;
tovarlar reklamasida barchani jalb etadigan oddiy, gohida xaridorlarning tovarlarni ko‘rish uchun safarbar qiladigan usullar bo‘lishi;
tovar reklamasi qimmat bo‘lganligi uchun shunday reklama tayyorlash kerakki, u arzon bo‘lsin;
reklamada tovarni turli ranglarda ko‘rsatish va bu ranglar xaridorlarni o‘ziga jalb eta olishi zarur;
tovarni reklamasida mahalliy an’analarni hisobga olish va tovarni qaysi regionlarda va qaysi yoshdagi xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘lishi juda muhimdir.
Reklama turlari va qo‘llanilish usullari. Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
– ko‘rgazma reklamalari;
– matbuotdagi reklama;
– bosma reklamalar;
– plakat-grafika reklamalari;
– kino reklamalari;
– radio-reklamalari;
– yoritish reklamalari.
20 Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.
Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.
11-bilet
21 Taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4.Slayd hajmi yo‘lchamlarini tanlash;
5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;
6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak;
Imidj tushunchasi reyting, obro`, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi ko`rinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y-harakatlar, inson axloqi va o`zini tutishida, xarakterida, do`stlari va o`zaro munosabatlarida namoyon bo`ladi.
22 Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, olti oylik birikmasining davlat so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.
12-bilet
23 Nutqning aniqligi. Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqaridan bo‘lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o‘zidir.
Shunday qilib, aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir.
24 Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
13-bilet
25 Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar). Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoma, taklifnoma, hisobot, tarjimayi hol, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi.
26 Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan habardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz xizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta engilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor virtual olamga jalb etib bormoqda.
14-bilet
27 Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos) larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so‘z muhim oʻrin tutadi. So‘z talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Noverbal so‘zlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi so‘zlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi so‘zlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. So‘zlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi.
28 Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.
15-bilet
29 Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
30-
16-bilet
31 Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin.
32 Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma’lum ma’noda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulohazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ana shunday nutqgina tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchidan va omma oldiga chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.
17-bilet
33-
341. O`tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o`zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo`lsa, siz xona, o`rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko`rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |