2. Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha ko`p bilishga harakat qiling.
3.Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?
4. Mavjud vaqt: sizga mo`ljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bog`liq bo`ladi.
5. Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir bo`ladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat’i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor bo`ling.
6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo`lishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog`liq bo`ladi. Taqdimotda foydalangan so`zlaringizga e’tibor qarating, mos bo`lmagan hech narsaga murojaat qilmang.
18-bilet
35 Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
36
19-bilet
37 Idora etikasi; Nutqning to‘g‘riligi. Nutqning aniqligi. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning tozaligi. Nutqning ta’sirchanligi,
38 Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
20-bilet
39 Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib, ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100%i internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning deyarli 90% i kompyuterdan foydalanadilar, bu foydalanuvchilarning 59%i internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to‘rtinchisi internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo‘lsa 60% ni, 16 va undan kattalarda bu ko‘rsatkichlar 80% ni tashkil etadi (bu ko‘rsatkichlar ham vaqt o‘tishi bilan ortib bormoqda).
40 passport Guvohnoma
21-bilet
41 Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
lug‘atlar ikki turli boladi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.
42 Intervyu - muxbirning (umuman so'zlovchining) biror mashhur shaxs bilan ma'lum bir masala bo'yicha savol-javobidir. Muxbir intervyu olingunga qadar o'z savollarini tayyorlab qo'yadi. Intervyu savollari shu kunda hammani qiziqtirgan muhim masalalar haqida bo'lishi lozim. Intervyu olish muxbirdan bilimdonlikni, notiqlikni, turli etik qoidalarga amal qilishlikni talab etadi. Muxbir intervyu beruvchi shaxs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |