“Kitobxonlik millat ko’zgusi”



Download 23,5 Kb.
Sana28.05.2022
Hajmi23,5 Kb.
#613333
Bog'liq
Kitobxonlik
1-семинар, 1-семинар, Tilshunoslik test, Tilshunoslik test, Variant №1, analysis, SUGURTA , Практическая работа №4, 9 sinf kasb tanlash fanidan ogil bola, 45454, чори ака 150, чори ака 150, O'qituvchi pedagogik faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, Ziyovuddin Rahim. Dildagi gaplar, O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi Navoiy davri Dilnavoz Yusupova

“Kitobxonlik - millat ko’zgusi”

Kitob – ma’naviyat bulog’i.Uning har bir sahifasi izlanishga, intilishga, yangiliklar yaratishga chorlaydi.


Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev joriy yilning 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, hamda targ'ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishining qabul qilinishi ayni muddao bo’ldi.Bugungi kunda mamlakatimizda 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlar ulkan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan,xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy – intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqimizning ajoyib qadriyat va an’analari behisob. Ammo ular orasida bir an’ana borki,u haqida qancha so’zlasak shunchalar oz tuyulaveradi. Bu kitob bilan bog’liq an’ana bo’lib, elimiz motolaani sevishi, unga chanqoqligidir.Kitob haqida har qancha gapirish, uning sifatlarini soatlab maqtash mumkin.Sababi, eng yaqin do’st,eng zarur hamroh bo’lgan kitob insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi,eng qadrlisi va zamonlar o’tsa-da, o’z o’rnini hech nimaga bo’shatib bermagan mo’jizadir. Kitob va kitobxonlik haqida fikt yuritar ekanmiz,adabiyot bilan oshno qalbga hech qachon yomonlik in qurmasligini ham ta’kidlab o’tishimiz joiz.Haqiqatdan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo’llasa, uni o’qimaslik johillikka, ma’rifatsizlikka olib keladi va natijada bolada ma’naviy qashshoqlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda maktabda, oilada kitobxonlik madaniyatini yanada isloh qilish chora – tadbirlari o’tkazilib kelmoqda.
Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir”- deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charxlaydigan,aql bulog’ini ochadigan buyuk bir mo’jizalaridan biri hisoblanadi.Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati, ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos o’rni qadimdan ma’lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga hayotga muhabbat uyg’otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg’usini paydo qiladi.
Kitobxonlik – bu insonning o’z ustida ishlashi,faoliyatini ma’lum yo’nalishga burib yuborish, ongida ma’lum tuyg’ularni, e’tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o’ylashga, hayotda qanday yashashga o’rgatish, fikr yuritish, har bir o’qigan kitobidan yangilik topish, ma’naviy dunyosini boyitishdan iboratdir.
Yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik va ezgulikka undaydi.Albatta, mustaqillik yillarida mamlakatimizda yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish,milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag’batlantirish, ayniqsa,biz yosh avlodda kitobga mehr uyg’otish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish davlatimizning doimiy diqqat e’tiborida turmoqda. Kitobxonlik o’qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi , balki kitobxonlik bu tushunib o’qish, ya’ni maqsadli o’qish demakdir.Kitobxon yozuvchini tushunishi uchun kitobxonlik madaniyati, talant darajasi muhim hisoblanadi.Kitobxonlik talanti tug’ma emas, balki tarbiya jarayonida kamol topadi.Ammo bugungi kunda yoshlarimiz orasida kitobga bo’lgan mehrning biroz susayganligini , uning o’rnini internet va uyali aloqa vositalari egallayotganligini ko’rishimiz mumkin.Kitobga mehr eng,avvalo, oiladagi bola tarbiyasiga bog’liq.Demak, ota – ona kitobxon bo’lsa bola ham ulardan o’rnak oladi.Kitobxonlikni shakllantirish bolalar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan har qanday ezgu ish oiladan boshlanadi. Qaysi oiladaki, kitob o’qilmasa u ma’nan to’laqonli oila bo’la olmaydi. Shunday ekan, kelajagimiz tayanchi bo’lgan yosh avlod har tomonlama bilimli, salohiyatli, ma’naviyatli bo’lmog’i uchun ularning ongiga milliy ma’naviyatimiz sarchashmalari bo’lmish badiiy adabiyotning bebaho durdonalaridan o’qib, undan bahramand bo’lmoqlikni singdirmog’imiz lozim!!!
Andijon davlat universiteti
Pedagogika fakulteti 1- bosqich
talabasi Dilorom To’xtayeva.
+998936918898
Download 23,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
respublikasi axborot
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti