INSON HUQUQLARI
fani bo‘yicha yakuniy nazorat savollari
(2021-2022 o‘quv yili)
1. A davlati 6 million aholisiga ega bo‘lgan mamlakat bo‘lib, shundan 5 ta provinsiyada yashovchi 90% aholi Alian millatiga mansub va qolgan 10 % aholi esa Bolian millatiga mansub hisoblanadi.
Alian bilan chegaradosh bo‘lgan qo‘shni V davlat aholisining aksariyati Bolian millatiga mansub.
Alian aholisining aksariyat qismi bepul tibbiy yordam va 18 yoshga qadar maktab ta’limini olish imkoniyatiga ega, A davlatining atigi 10 foizini tashkil etuvchi Bolian aholisi bunday huquqlarga ega emas. Buning sababi esa Bolian provinsiyasining juda kambag‘alligi, uning bepul tibbiy xizmat yoki ta’lim olish imkoniyatiga ega emasligi bo‘lib hisoblanadi. Shu tufayli Bolian aholisi o‘zini kamsitilgan deb hisoblaydi.
2. Ba’zi mamlakatlarda har ikki etnik guruh ayollari kamsitilishning an’anaviy shakllarini boshdan kechirmoqdalar, masalan, ularning uydan tashqarida biror ish bilan band bo‘lishlari qo‘llab-quvvatlanmaydi. Oiladagi zo‘ravonlik odatiy hol bo‘lib, agar ayollar politsiyaga shikoyat qilish uchun murojaat qilsalar, politsiya odatda ularga erlari bilan yarashishni maslahat beradi. Odatda, politsiya er-xotin o‘rtasida hakamlik qilishga harakat qiladi.
3. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISYeF) A davlatda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniyani boshladi. Provinsiyalarning birida poliomiyelit virusi ikki yoshli bolada aniqlandi. Shifokorlar bolada aniqlangan virus qo‘shni davlatda topilgan virus bilan genetik jihatdan bog‘liqligini aniqladilar. Poliomiyelitga qarshi dori vositalari mavjud emas va immunizatsiya uni oldini olishning yagona usuli bo‘lib hisoblanadi. Poliomiyelit bilan kasallangan har 20 bola umrbod nogiron bo‘lib qolmoqda.
A davlati hukumati tashkilotlarning davlatning ichki ishlariga aralashayotgani va bu davlatning suveren huquqlarini buzayotganligi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Ushbu bayonotga asoslanib, hukumat mamlakat bo‘ylab emlashni taqiqladi va natijada ushbu kasallikka chalingan bolalar soni ko‘paydi. Ayrim holatlarda kasallik o‘lim bilan yakunlanmoqda.
4. 1990 yillarda AQShga dengiz orqali Kubadan qochoqlar doimiy ravishda suzib o‘tishdi. Kubalik qochoqlarning umumiy soni 100 ming kishidan ortdi.
AQSh hukumati qirg‘oqqa yetib kelgan kubaliklarga avtomatik ravishda mamlakatga kirish ruxsatnomalarini berish amaliyotini tugatishga qaror qildi. 1996 yilda AQSh hukumati amaldagi AQSh vizasi bo‘lmagan kubaliklarni noqonuniy muhojir sifatida deportatsiya qilish choralarini ko‘rdi.
5. 2005 yil 1 martida Gratsiya va Zumrad davlatlari "Yangi to‘lqin" (YaT) tashkiloti tomonidan uyushtirilgan terrorchilik xavfiga javoban o‘zlarining milliy xavfsizligini himoya qilish uchun umumiy aksilterror strategiyasini yaratdilar. YaT - har ikki mamlakatda ham o‘z izdoshlariga ega bo‘lgan qurolli oppozitsiya harakatidir.
Har bir davlat "terrorizmni butunlay yo‘q qilish uchun qancha zarur bo‘lsa shuncha" favqulodda holat e’lon qildi. Ikkala davlat ham terrorizmga qarshi Favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi qonun qabul qildi. Ushbu qonun quyidagilarga imkon beradi:
harbiy xizmatchilarga davlat xavfsizligiga tahdid qilganlikda gumon qilingan har qanday shaxsni sudning qarorisiz hibsga olishga;
cheklanmagan muddat qamoqda saqlashga;
yangi teraktni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan muhim ma’lumotlarning tarqalib ketishining oldini olish uchun faqat dastlabki tergovdan so‘ng yaqin qarindoshlari bilan aloqada bo‘lishga ( yaqin qarindosh bilan faqat hibsga olinganidan yigirma kun o‘tgach bog‘lanish mumkin);
mumkin bo‘lgan teraktlarni tezkor tekshirishni osonlashtirish uchun va hibsga olinganning yaqinlariga oldindan xabar bermagan holda ularni ikki davlat chegaralari orqali o‘tkazishga.
Qonun “Xabeas Korpus”dan foydalanish va har qanday ommaviy axborot vositalarida nashr etishni taqiqlaydi.
6. A. shtati hukumati “B. davlati A.ga qarshi harakatlarni amalga oshirayotgan jangarilar / terrorchilar uchun xavfsiz boshpana beradi” deb da’vo qilib, B davlati bilan chegarani yopdi. davlat A. va ochlik A davlati bilan chegaradosh V. davlati hududlarida boshlandi. Buning natijasida B davlati iqtisodiyoti jiddiy zarar kurdi, chunki unga barcha oziq-ovqat mahsulotlari A davlatidan kelar edi. Natijada B davlatining A davlati bilan chegaradosh hududlarida ocharchilik boshlandi.
Djon B davlati fuqarosi hisoblanadi va A davlati bilan chegaradosh hududda uning farzandlari ochlikdan nobud bo‘lishdi.
7. 1966 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 11-moddasiga muvofiq: "Ushbu Paktning ishtirokchisi bo‘lgan davlatlar har kimning o‘zi va oilasi uchun yetarli yashash darajasi, shu jumladan yetarli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy va yashash sharoitlarini doimiy ravishda yaxshilash huquqini oladilar. Ishtirokchi davlatlar ushbu huquqning amalga oshirilishini ta’minlash uchun tegishli choralarni ko‘radilar va erkin rozilikka asoslangan xalqaro hamkorlikning muhimligini anglaydilar».
8. Yigirma yil oldin Legolend Qirolligi Ayollarga nisbatan kamsitilishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyani (CYeDAW) bir qo‘shimcha (ogovorka) bilan ratifikatsiya qildi:
"Legolend Qirolligi oilaviy munosabatlarga nisbatan 2-modda mazmuni, 5 modda (d) va (e) bandlari mazmuni, 4- bandning (a) va (b) bandlari, 16 va 15-moddasi 1 (c) (e) va (g) bandlari darhol kuchga kirishi mumkin emas, chunki ular mavjud urf-odat va amallarga ziddir, chunki ular o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat vaqt va jamiyat rivojlanishi bilan o‘zgarishi mumkin va shuning uchun hokimiyat qarori bilan bekor qilinishi mumkin emas."
O’n yil oldin Legolendda yashovchi yosh qiz Nadina 12 yoshida o‘zidan ancha kattaroq erkakka turmushga chiqishga majbur bo‘lgan edi. Nadina endi katta bo‘lib, bolalarni turmush qurishga qarshi kurash bo‘yicha ayollar tashkilotida ishlaydi. U Legolend Qirolligiga qarshi CYeDAW qo‘mitasiga shikoyat qilmoqchi. Siz inson huquqlari bo‘yicha yuristsiz.
9. Germaniya Federativ Respublikasi fuqarosi S. AQShda jinoyat sodir etib, keyin Buyuk Britaniyaga qochib ketgan. AQSh Buyuk Britaniyadan janob S.ni AQShning Virjiniya shtatiga ekstraditsiya qilishni so‘radi. Bu shtatda hali ham o‘lim jazosi mavjud. Janob S.ning fikriga ko‘ra, agar ekstraditsiya qilinsa, u qatl etilishi ehtimoli jiddiy edi. Ekstraditsiya tartibi ancha uzoq (bir necha oy) davomida amalga oshiriladi. Ba’zida o‘lim jazosini ijro etish bir necha yilga kechiktiriladi.
10. Belgiya fuqarosi Janob M. huquqshunoslik fakultetini tamomlab, advokat sifatida ishlamoqda. Belgiyaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, ayrim hollarda advokat o‘z xohishidan qat’i nazar, bepul huquqiy yordam ko‘rsatishi kerak. M.ning fikriga ko‘ra, mazkur holat 1950 yilgi Yevropa Konvensiyaning 4-moddasi 2-bandi buzilmoqda.
11. Fermer mahalliy politsiya xodimi o‘z avtomobilida mast xolatda, uning uyi atrofidagi to‘siqqa zarar etkazgani haqida shikoyat qildi. Siz politsiya boshlig‘i sifatida quyidagilarni tavsiya qilasiz:
a) ishni sudga o‘tkazish;
b) tergovni boshlash uchun, fermerning so‘zlarini tasdiqlagan taqdirda, politsiya xodimiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish, fermerga kompensatsiya olishda yordam berish;
v) xodimga mast holatda avtomobilni boshqarish xavfi haqida eslatish, ammo boshqa choralar ko‘rmaslik;
g) fermerga shikoyat qilishning hojati yo‘qligini tushuntirish. Buzilgan to‘siqdan ko‘ra qonuniylik va tartibga ega bo‘lish yaxshiroqdir.
12. Ravshan sodir qilgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tamoqda. U adolatsiz sud hukmidan norozi bo‘lib, sud va prokuraturaga bir necha bor murojaat qiladi. Biroq samarali natijaga erisha olmaydi. Shu bilan birga, u hibsga olish sharoitlaridan norozi bo‘lib, Ombudsmanga shikoyat yozishni xohlaydi. Bu haqida jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilganda, Ombudsmanga shikoyat yo‘llash uchun navbat mavjudligini, mana shu navbat kelgandan keyingina shikoyat yo‘llashi mumkinligini aytishadi.
13. F. ismli shaxs ruhiy kasallikdan aziyat chekadi, shu bilan birga boshqa odamlarga nisbatan jismoniy zo‘ravonliklar qiladi. F.ning rafiqasi uni shifokorga olib borishga urinib ko‘rdi, lekin F. buni rad etdi. Shuning uchun F.ning rafiqasi uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirishni uchun rasmiy organlardan yordam so‘radi. Ichki ishlar vazirligining qaroriga asosan ichki ishlar organlari xodimlari F.ni majburlab mashina solib, kasalxonaga olib ketishdi. F.ni ikki kun davomida shifoxonada ushlab turishdi, lekin hech kim unga tushuntirish bermadi. F. sizga shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilib, uni bu erda ushlab turish huquqiga ega emasliklarini aytadi.
14. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi X. O’zbekiston Respublikasida sodir etgan, O’z.Res JKning 159 va 2443-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganligi uchun O’z.Res. huquqni muhofaza etuvchi organlari (sud) tomonidan unga nisbatan sirtdan hukm chiqarilgan va bu hukm qonuniy kuchga kirgan. O’zbesiton Respublikasi huuqni muhofaza qiluvchi organlarining so‘roviga ko‘ra Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan fuqaro X. O’zbekiton Respublikasiga majburiy tartibda ekstraditsiya qilingan. Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan fuqaro X. Inson Huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qildi.
15. 1978 yilda Boroviyada tug‘ilgan Sting 1997-yilning sentyabridan Boroviya davlat institutiga diniy tartib taomillariga kiyingan holda qatnay boshlaydi. Institut ma’muriyati tomonidan bir nech marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, Sting institut ichki tartib-qoidalariga zid ravishda o‘qishga qatnashni davom ettiradi. Boroviya davlat instituti rektori buyrug‘iga ko‘ra 1998 yilning 25 martida Sting talabalar safidan chiqarildi.
Sting 1999 yining 15 sentyabrida BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga murojaat qilib, fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktning 18-19 moddalari buzilganligini ko‘rsatadi.
16. Kungurov va unga sherik bo‘lagan 11 nafar fuqaro inson huquqlarini himoya qilish, ushbu sohada axborotlar tarqatish, inson huquqlari buzilishlari holatlari monitoringini olib borish maqsadida nodavlat-notijorat tashkiloti tuzishni rejalashtirib, 2003 yil 7-avgustda O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi NTT sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga murojaat qildi. Arizani o‘rganib chiqish jarayonida adliya vazirligi NTT nizomidan 26ta xato topib, arizani qaytarib fuqaro Kungurov va sheriklariga qaytaradi. Arizachilarning fikriga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nizomdagi xatolarning ko‘pchiligi grammatik va stilistik xatolar bo‘lsada, O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi quyidagi ikki sababga e’tiborni qaratib mazkur NTTni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi:
1-sabab – Nizomda ko‘rsatilgan, NTT vakolatiga kiritilgan ayrim vakolatlar O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining mulaq vakolatiga kirishligi;
2-sabab – Ariza mualliflari O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi NTT sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza topshirgan bo‘lsalarda, NTT Respublikaning barcha hududlarida o‘z vakolatxonalarga ega emasligi.
Ariza mualliflari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining harakatidan norozi bo‘lib, 2003 yil dekabr oyida sudga murojaat qilsalarda, ularning talablari qanoatlantirilmadi.
17. BMT qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy bosh komissariati tomonidan qochoqlik maqomi berilgan 1975, 1974, 1956 va 1951 yillarda tug‘ilgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari J.Maqsudov, A.Raximov, Ya.Tashbayev va R.Pirmatovlar Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardagi ishtiroki uchun O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasiga muvofiq 2006 yil 11 avgustda Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan O’zbekiston Respublikasiga topshiriladi.
18. Rossiya Federatsiyasining Markaziy banki tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolari o‘z yurtlariga qonuniy ravishda pul jo‘natadigan davlatlar ro‘yxatida O’zbekiston Respublikasi birinchi o‘rinni egallab, birgina 2013 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya federatsiyasidan O’zbekistonga 3.18 mlrd. AQSh dollari miqdorida pul jo‘natgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, mehnat migrantlari O’zbekiston iqtisodiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shsada, O’zbekiston Respublikasi xalqaro migratsiya tashkilotiga a’zo emas.
19. Vashington. 20 noyabr 2013 y. INTYeRFAKS – BMT Bosh Assambleyasining inson huquqlari va sotsial va gumanitar masalalari qo‘mitasi Suriyadagi inson huquqlarining buzilishi va harbiy jinoyatlarga javobgarlikni asosan Suriya hukumati zimmasiga tashlaydigan rezolyutsiya proyektiga ijobiy baho berdi – deya xabar beradi “Vashington post” gazetasi.
Qabul qilingan rezolyutsiya proyektida xususan “Suriya hukumati va qurolli hukumatosti tuzilmalari tomonidan inson huquqlari va asosiy erkinliklarining, shu bilan birgalikda gumanitar huquq normalarining davomiy, ommaviy va sistematik ravishda qo‘pol buzilishi” ayblovlar mavjud edi.
Shu jumladan hujjatda aytilishicha, BMT “21 avgust kunida Damashq shaharchasidagi kimyoviy hujum vaqtida zarin gazi bilan to‘ldirilgan snaryadlar hukumat kuchlari tomonidan boshqariladigan hududlardan turib, muxolifat kuchlari tomonidan boshqariladigan hududlarga yo‘naltirilganligi faktini aniq dalil” sifatida inobatga olgan.
20. The Washington Post gazetasining yozishicha, Shimoliy Koreya Shvetsariyaning unga qor chang‘isi uchun ko‘targichlarni sotishni rad etgani uchun uni “inson huquqlarini jiddiy buzish”da aybladi. Ilgariroq ma’lum bo‘lishicha Shimoliy Koreya o‘ziga qo‘yilgan xalqaro sanksiyalar tufayli qor chang‘isi uchun ko‘targichlarni boshqa davlatlardan sotib olish huquqiga ega emas ekan.
Nashrning ta’kidlashicha, yadroviy qurol ishlab chiqaruvchi bu davlatda qor chang‘isi uchun ko‘targichlar ishlab chiqaruvchi texnologiya mavjud emas. Ilgari o‘rnatilgan sanksiyalarga muvofiq Yevropa davlatlari Shimoliy Koreyaga zamonaviy va qimmatbaho tovarlarlar yetkazish huquqiga ega emas. Shimoliy Koreya Avstriya va Fransiya davlatlaridagi kompaniyalarga millionlab dollarlar taklif qilgan bo‘lsada, bu kompaniyalar rad javobini berishdi. Shundan so‘ng Shimoliy Koreya shvetsariya kompaniyasiga qor chang‘isi ko‘targichlari uchun 7,7 million taklif qilishga majbur bo‘ladi. Shartnoma tuzililgan vaqtda esa Shvetsariya hukumati bu shartnomaning harakatini to‘xtatib qo‘yadi.
Kelishuvning to‘xtatib qo‘yilishiga Shimoliy Koreya matbuot agentligi o‘z pozitsiyasini e’lon qildi, unga ko‘ra: “Bu Shimoliy Koreya sotsialistik tuzumi va xalqi ustidan chidab bo‘lmas darajadagi haqorat va sportni siyosiylashtirib, koreys xalqini tahqirlovchi inson huquqlarini buzish shaklidir.
21. Latviyada milliy ozchilikni tashkil etuvchilarga fuqarolik berish masalasini hal etilmagan. 2012 yil boshidagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar umumiy soni 312 000 ni tashkil etgan bo‘lsa, shulardan 205 000 nafari ruslar va 49 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan iborat edi. Fuqaroligi yo‘q shaxslar saylov huquqidan mahrum bo‘lib, ularning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari cheklangan.
Latviya Seymi (parlamenti) 2012 yil 6 sentyabrda ikkinchi o‘qishda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni yoqlab ovoz beradi. 2013 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan mazkur o‘zgarishlarga ko‘ra:
– qayerda tug‘ilishidan qat’iy nazar ota-onalaridan biri Latviya fuqaroligiga ega bo‘lgan bolalar Latviya fuqarosi deb tan olinadi;
– 1991 yil 21 avgustdan keyin tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmagan bolalar faqatgina ular Latviya hududida doimiy yashab kelayotgan va ilgari fuqarosiz yoki biror bir davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan taqdirda Latviya fuqarosi deb tan olinadi;
– fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bolalari tug‘riqni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda agarda ota-onalaridan birontasi bolani latviyaga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash va unga latish tilini o‘rganishida yordam berishini tasdiqlay olgandan so‘ng bolaga Latviya fuqaroligi beriladi;
– naturilizatsiya jarayonidan o‘tayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan, agar ular boshlang‘ich, umumiy va kasbiy ta’limni latish tilida olishgan bo‘lsa, latish tilini bilish sharti bir qadar yengillashtiriladi.
22. «Stringer» qochoqlarga yordam berish markazining bir qancha sobiq xodimlari tomonidan ushbu tashkilot rahbariyati tomonidan qochoqlarning bir qator huquqlari buzilganligini ma’lum qilinadi. Jumladan, qochoqlarning quyidagi huquqlari buzilgan:
bir guruh qochoqlar davomiy ochlik e’lon qilganliklaridan so‘ng tibbiy yordam xizmatidan foydalanish huquqidan mahrum qilinadilar;
– markaz binosi sanitar-gigiyena qoidalariga muvofiq kelmaydi;
– qochoqlarda tibbiy yordam xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan;
– ovqatlanish sharoitlarining qoniqarli darajada emasligi va qochoqlar iste’mol qilish muddati o‘tgan mahsulotlar bilan ovqatlantirilgan.
Qochoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi vrach Markazni “uzoqligi va qiyin yo‘l sharoitlari” sababli biror marta ham tashrif buyurmaganligi fakti ham keyinchalik o‘z tasdig‘ini topadi.
23. Geologik ekspeditsiya mahalliy aholi orasidan dala ishlariga ishchilarni taklif qildi. Kuz oyida, dala ishlari yakunlanganidan so‘ng, taklif etilgan mahalliy ishchilar foydalanilmagan ta’til vaqti va qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya talab qilishdi.
Ekspeditsiya boshlig‘i har bir ishchi va ekspeditsiya o‘rtasida mehnat munosabatlari mavjud emasligi, mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilmaganligi va ular pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlaganligi bilan asoslab, ishchilarga rad javobini berdi.
Ekspeditsiya boshlig‘ining fikriga ko‘ra pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlanganda ishchilar uchun ta’til yoki kompensatsiya taqdim etilmaydi hamda ortiqcha ish uchun haq to‘lanmaydi.
24. Korxona ishchisi Ravshan o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida direktor bilan bir necha bor ziddiyatga borgan. Biroz vaqt o‘tgach, xodim o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza berdi. Ishning oxirgi kunida mehnat daftarchasini olgach, u O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 113-moddasining 2-qismiga (Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelgan xodim ...) muvofiq ishdan bo‘shatilganligi yozuvini ko‘rdi. U murojaat qilgan kadrlar bo‘limi boshlig‘i bu tasodifiy xato ekanligini tushuntirdi va mehnat daftarchasidagi yozuvni tuzatdi. Biroq bu tasodifiy xato emas deb hisoblagan Ravshan, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga qaror qildi.
25. Arizachi Polsha fuqarosi bilan turmush qurgan fransuz hisoblanadi. 2001 yil mart oyida, arizachi va uning xotini Polshada yashagan binoning menedjeri, arizachi tomonidan tuxmat yuzasidan shikoyat qildi. Arizachi Fransiyaga ketganidan sung tuman sudi chaqiruv qog‘ozni Polshadagi eski manziliga yubordi. Arizachi chaqiruv qog‘ozni qabul kilmagan. 2002 yil iyul oyida, tuman sudi arizachini qamoqqa olish va qidiruvga berish haqida hukm chiqardi. Arizachi 2003 yil 3 yanvarda Polsha chegarasida hujjatlarni tekshirish vaqtida hibsga olindi. U so‘roq qilindi, lekin unga berilgan savollarga tushunmas edi va unga berilgan xujjatlarga qo‘l qo‘yishdan bosh torti. Arizachi ta’kidladiki, uning xotini orqali Fransuz elchixonasini xabardor qilish, tarjimon va advokat bilan ta’minlash haqidagi talablari rad etilgan. Shundan so‘ng u qamoqqa olingan.
26. 2000 yilning dekabr oyida Bengaliya davlatining (Inson huquqlari bo‘yicha universal hujjatlar va 1950 yilgi Yevropa Konvensiyasi ishtirokchisi) qamoqda saqlash muassasida maxsus operatsiya o‘tkazilishi oqibatida ko‘p maxbuslar o‘ldirilgan yoki yaralangan. Arizachi shuni ta’kidlamoqdaki, qamoqxonadagi mana shunday operatsiyalarning birida uning oyog‘iga o‘q uzishgan va kaltaklashgan. Politsiya qamoqxonaga kirgan va ogoxlantirishsiz o‘q uzgan.
Bengaliya davlati haqiqatdan ham arizachiga qarshilik ko‘rsatayotgan mahbus tomonidan o‘q uzilganligini ta’kidladi. Rasmiy manbalarga ko‘ra arizachi va beshta boshqa mahbuslar kasalxonaga joylashtirildi va maxsus operatsiya vaqtida ham va undan keyin ham qurol topilmagan. 2001 yilning aprel oyida, arizachi shavqatsiz munosabat nuqtai nazaridan politsiyachilarni va shu ish buyicha barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishni surab shikoyat qildi. Tergov ishi besh yildan beri davom etdi va kerakli dalillar yo‘q bo‘lganligi sababli taqibni tugatish bilan yakunlandi.
27. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasiga (1950) a’zo ishtirokchi davlatning fuqarosi Yevropa sudiga shikoyat bilan murojaat qildi.
Arizachi atom elektrostansiyasidagi halokat ta’sirini bartaraf etish operatsiyalarida ishtirok etishga harbiy hokimiyat tomonidan jalb qilingandi. Arizachi halokat ta’sirini bartaraf etish operatsiyalarida ishtirok etdi va jiddiy radioaktiv nurlanishga duchor bo‘ldi. Shu sababli u turli xil ijtimoiy nafaqalar olish huquqiga ega bo‘ldi.
Ammo vakolatli organlar bu nafaqalarni to‘liq va o‘z vaqtida to‘lamaganliklari sababli, arizachi bir necha marta milliy sudlarga da’vo bilan murojaat qildi. Sudlar da’vogarning talablarini ko‘p marotaba qanoatlantirdi,ammo bir qancha qarorlar turli xil muddatlar davomida bajarilmay qoldi.
28. Shikoyat BMT ning Ayollarga nisbatan kamsitishga barham berish qo‘mitasiga G. ismli ayolga nisbatan ko‘rilgan ishga uning otasi 1950 yilda tug‘ilgan Chexiya fuqarosi, Pragada yashovchi A. dan kelib tushdi.
Murojaat Chexiya davlatining Xotin qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya 2-moddasini buzganidan berilgandi.
G. ga nisbatan uning eri tomonidan zo‘ravonlik qilingan bo‘lib, yuqorida qayd etilgan Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra buni jinsiy belgilariga ko‘ra erkinlikka va shaxsiy daxlsizlikka bo‘lgan huquqini buzish bilan kvalifikatsiya qilish mumkin deyilgandi.
Konvensiyaning 2-moddasiga ko‘ra, ishtirokchi davlat “o‘zining vakolatli milliy sudlari va boshqa davlat organlari orqali ayollarning kamsitilishiga oid har qanday hatti-harakatga qarshi samarali himoyani ta’minlashi kerakligi”, shuningdek, “ayollarga nisbatan har qanday shaxs, tashkilot, muassasa tomonidan ko‘rsatilayotgan kamsitishlarga barham berishning barcha choralarini ko‘rishga majbur.
Ish hujjatlaridan ko‘rinib turibdiki, Praga shahri prokuraturasi, oxirgi xolat bo‘yicha politsiya ham, G. ning huquqlarini himoya qilish chorasini ko‘rmagan va oqibatda u o‘z eri tomonidan o‘ldirilgan.
29. Farid ismli shaxs ruhiy kasallikdan aziyat chekadi, shu bilan birga boshqa odamlarga nisbatan jismoniy zo‘ravonliklar qiladi. Faridning rafiqasi uni shifokorga olib borishga urinib ko‘rdi, lekin Farid buni rad etdi. Shuning uchun Faridning rafiqasi uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirishni uchun rasmiy organlardan yordam so‘radi. Ichki ishlar vazirligining qaroriga asosan ichki ishlar organlari xodimlari Faridni majburlab mashina solib, kasalxonaga olib ketishdi. Faridni ikki kun davomida shifoxonada ushlab turishdi, lekin hech kim unga tushuntirish bermadi. Farid sizga shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilib, unga yordam berishingizni aytadi.
30. Germaniya Federativ Respublikasi fuqarosi Shols AQShda jinoyat sodir etib, keyin Buyuk Britaniyaga qochib ketgan. AQSh Buyuk Britaniyadan janob Sholsni AQShning Virjiniya shtatiga ekstraditsiya qilishni so‘radi. Bu shtatda hali ham o‘lim jazosi mavjud bo‘lib, Sholsning fikriga ko‘ra, agar ekstraditsiya qilinsa, u qatl etilishi ehtimoli jiddiy edi. Ekstraditsiya tartibi ancha uzoq (bir necha oy) davomida amalga oshiriladi. Ba’zida o‘lim jazosini ijro etish bir necha yilga kechiktiriladi. Shols o‘z huquqlarini himoya qilish uchun Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat yo‘llaydi.
31. Granada davlatida 2022 yilda prezidentlik saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 5 yil avval o‘tkazilgan saylovda saylovchilarning 30 foizidan ortig‘i muddatidan avval ovoz berishda qatnashgan. Ushbu mamlakatdagi oppozitsiya vakillari muddatidan avval ovoz berish saylov natijalarini sohtalashtirish imkoniyatini oshiradi deb hisoblaydi.
Ushbu davlat fuqarolari bo‘lgan Aleks hamda Bremen saylovchilar muddatidan avval ovoz berishda qatnashmaslik huquqiga ega ekanliklarini tushuntirish maqsadida, shaharning markaziy maydonlaridan birida 50 kishilik namoyish o‘tkazish yuzasidan Gdansk shahar ma’muriyatiga murojaat qilishadi. Shahar ma’muriyati murojaat mualliflari “Granada Respublikasida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun asosida qabul qilingan 1121-sonli qaror talablariga (1121-son qarorga muvofiq namoyish faqatgina shahar chekkasidagi joyda o‘tkazilishi hamda uni tashkil etayotgan shaxslar shaharning xavfsizlik, tibbiy va obodonlashtirish xizmatlari bilan shartnoma tuzishlari kerak) javob bermaganligi sababli iltimosnomani rad etadi.
Aleks va Bremen shahar ma’muriyati qarori ustidan tuman sudiga murojaat qiladilar. Biroq shikoyatlari ko‘rib chiqilmay rad etiladi. Keyingi bosqich sudlariga ham murojaat etish muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Arizachilar prorkuraturaga nazorat tartibida ish ko‘rish uchun shikoyat topshirmasdan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga murojaat qiladilar. Bunga qarshi ravishda Granada davlati arizachilar mamlakatning barcha ichki himoya vositalaridan foydalanmaganliklari sababli Qo‘mita ushbu ishni ko‘rib chiqishga vakolatli emas deb hisoblaydi.
32. Jeroniya federativ davlat bo‘lib, uning hududidagi Velasku o‘lkasini terrorchilar egallab olganidan so‘ng ikki yil davomida o‘lkani terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilayotgan edi.
2021 yil 23 mart oqshomida Jeroniya davlatidagi separatistik harakatining qurolli terrorchilari mazkur davlatdagi Freda shahri teatrida 800 dan ortiq odamni garovga oldi hamda teatr binosini minalashtirdi. Terrorchilar Jeroniya qo‘shinlarini Velasku o‘lkasidan zudlik bilan olib chiqib ketish shartini qo‘yishadi. Garovdagilarni ozod qilish bilan bog‘liq muzokaralar natijasiz yakunlanada, o‘z navbatida terrorchilar tomonidan bir necha garovga olinganlar o‘ldiriladi.
Shundan so‘ng Jeroniya xavfsizlik xizmati boshchiligida qutqaruv operatsiyasini o‘tkazishni rejalashtiradi. 2021 yil 26 mart kuni tongda Jeroniya maxsus xizmatlari binoning ventilyatsiya tizimi orqali binoga gaz yuboradilar (milliy qonunchilik terrorchilarga qarshi qurol va maxsus vositalardan foydalanishga ruxsat beradi). Bir necha daqiqadan so‘ng deyarli barcha terrorchilar gaz ta’sirida hushidan ketadi, maxsus bo‘linma binoga kirib, ularning aksariyatini o‘ldiradi. Garovga olinganlar esa tezda binodan evakuatsiya qilinib shifoxonalarga jo‘natiladi. Biroq, taxminan 125 nafar garovga olingan voqea joyida, ularni tashish vaqtida yoki kasalxonada vafot etadi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi, biroq keyinchalik qutqaruv operatsiyasini rejalashtirish va o‘tkazishni tergov qilmaslikka qaror qilindi. Garovga olinganlarning ommaviy o‘limining rasmiy izohi shunda ediki, vafot etganlar zalda garovga olinishi tufayli zaiflashgan yoki og‘ir kasal bo‘lgan. O’z navbatida ekspertiza xulosasida insonlar o‘limi bilan gazning qo‘llanilishi o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud emasligi qayd etilgan.
Arizachilar (garovga olinganlar yoki qutqaruv operatsiyasi vaqtida halok bo‘lgan garovga olinganlarning qarindoshlari)ning jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi keyingi murojaatlari va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volari rad etildi. Arizachilar Inson huquqlari bo‘yicha yevropa sudiga murojaat qilishga qaror qilishadi.
33. Vanada davlatining kichik shaharlaridan birida 2021 yil 10 yanvarda qotillik sodir etilganligi haqida ichki ishlar organiga xabar kelib tushadi. Surishtiruvlar natijasida qotillikni sodir etgan shaxs fototasviri shakllantiriladi.
Oradan 1 hafta o‘tgach Vanada fuqarosi Rodriges fototasvirdagi shaxsga o‘xshaganligi sababli qotillikda ayblanib hibsga olinadi. Shaharda kamdan kam jinoyat sodir etilganligi sababli ushbu voqea ovoza bo‘lib ketadi. Shahar politsiyasi boshlig‘i jinoyatchi qo‘lgan olinganligi va u o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ommaviy axborot vositalariga intervyu beradi.
Surishtiruv va tergov jarayonlarida olingan ma’lumotlar Rodrigesning aybsiz ekanligini ko‘rsatadi. Shundan so‘ng, u 2021 yilning mart oyida ozodlikka chiqarildi va unga qarshi jinoiy ish to‘xtatildi. Rodriges jinoyat sodir etishda ommaviy axborot vositalari orqali shahar politsiyasi boshlig‘i tomonidan noqonuniy ravishda ayblanganligini aytib, mamlakat Ichki ishlar vaziriga moddiy va ma’naviy zararni qoplash talabi bilan murojaat qiladi biroq vazir ushbu masala yuzasida sudga murojaat etishni tavsiya etib shikoyatni rad etadi.
Vanada davlati sudlariga shikoyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha murojaatlari ham samarasiz yakunlanadi. Sudning fikricha ushbu holatda bo‘ysunuv bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotga murojaat qilishi lozim. Arizachi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining 6-moddasi 2-qismi buzilgan deb topish uchun inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qildi.
34. Portugaliya fuqarosi Leyla Almada shahri yaqinidagi yerlardan birida oilasi bilan yashar edi. 2019 yil mart oyida uning uyi yaqinida teri ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarning suyuq va qattiq chiqindilarini qayta ishlash korxonasi ish boshladi. Zavod foydalanishga topshirilgandan so‘ng darhol undan ajralib chiqadigan zararli gazlar ko‘plab mahalliy aholi, jumladan, arizachining sog‘lig‘ining yomonlashuviga, hayotida jiddiy noqulayliklarga olib keldi. Natijada u yerdagi fuqarolar shahar hokimiyati tomonidan vaqtinchalik boshqa yerga ko‘chirildi. 2019 yil sentyabrda shahar hokimiyati tashkil etilgan ekspert komissiyasining xulosasini inobatga olib, korxonada bir qator ishlab chiqarishlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Leyla uyiga qaytganidan so‘ng, sog‘lig‘i yomonlashishda davom etdi. Korxona atrofi qanday ifloslanayotganini, hudud aholisining turmush sharoiti qanday yomonlashayotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng 2020 yil 10 yanvarda tuman sudiga shaxsiy hayotiga hokimiyatning noqonuniy aralashayotganligi va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilayotganligi haqida da’vo kiritadi, biroq u rad etiladi. Oliy sudga berilgan apellyatsiya da’vo ham rad etiladi. 2021 yil fevral oyida Konstitutsiyaviy sud keltirilgan shikoyatni yetarlicha asoslanmagan deb topadi. Shundan so‘ng, Leyla Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi yevropa konvensiyasining 8-moddasi va 3-moddalari buzilishi mavjud deb Inson huquqlari bo‘yicha yevropa sudiga shikoyat yuboradi.
Ish Yevropa sudi tomonidan ko‘rishga qabul qilingan vaqtda, 2022 yil 28 fevralda arizachi va uning oilasi shahar ma’muriyati tomonidan puli to‘langan shahar markazidagi xonadonga ko‘chib o‘tishadi. Chiqindini qayta ishlovchi korxona esa atrof-muhitga ziyon yetkazganligi uchun faoliyati to‘xtatiladi. Portugaliya hukumati mazkur holatlarni hisobga olib, shikoyat ob’ektida keltirilgan masalalar barxam topgan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tomonidan ishni ko‘rishni tugatish lozim deb hisoblaydi.
35. Boraviya ko‘p millatli davlat bo‘lib, davlatning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiya etnik kelib chiqish bo‘yicha kamsitishni taqiqlaydi. Biroq mamlakatda etnik ozchilik hayotning aksariyat sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvida ishtirok etish va ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlardan foydalanish huquqida kamsitishni boshdan kechirmoqda.
Boraviya hukumati ozchilikning hukumat tarkibida kam sonda ekanligini tan oladi. Bunga sabab sifatida etnik ozchilikka mansub aholining aksariyat qismining savodsizligi bilan bog‘liq deya izohlaydi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, o‘z ismini yozib, imzo qo‘ya oladigan va mahalliy ro‘yxatga o‘z manzilini yoza oladigan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslargina ovoz berish huquqiga ega. Biroq ko‘pgina etnik ozchilik vakillari yoshligidan maktablarda tahsil olmaganligi sababli qanday yozishni bilmaydi. Mazkur holat esa ularning eng asosiy siyosiy huquqlaridan biri bo‘lgan saylovlarda qatnashish va ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lishga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatdagi inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi nohukumat tashkilotlar vakillari hukumat aholining qator huquqlari tizimli buzayotganligi yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga xabar yubormoqchi. Boraviya hukumati esa bu yerda hech qanday inson huquqlarining buzilishi yo‘qligini, qonunchilikda keltirilgan talablar esa davlat ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalarga to‘la mos kelishini qayd etmoqda.
36. 2013 yilning 15-iyulida Antanta davlatida to‘ntarish sodir etiladi. 2013-yil 2-avgustida Antanta hukumati BMT Bosh kotibini Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktning 4-moddasiga muvofiq olingan majburiyatlarga rioya qilmaslik to‘g‘risida xabardor qiladi. Shu vaqtda davlat to‘ntarishida ayblanib davlatning 2 mingdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodimlari qo‘lga olinadi, ishdan bo‘shatiladi.
Tiberiya davlatida uzoq yillardan beri istiqomat qiluvchi Antantaning 3 nafar fuqarosi ham to‘ntarishda ayblanib tiberiya qonunchiligiga ko‘ra xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olinadi hamda Antantaga ekstraditsiya qilinadi. Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularni ekstraditsiya qilish bo‘yicha sud jarayoni o‘tkazilmagan, qo‘lga olinish sabablari, ularga qo‘yilayotgan ayblar, ularning ishiga oid materiallar haqida ma’lumot berilmagan. Bir marta tiberiya politsiya mahkamasida advokat bilan qisqa uchrashuvga ruxsat berilgan. Antantaga ektraditsiya qilingailigidan so‘ng ular noma’lum joyda saqlangan, ular bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lingan hamda ularning Tiberiyada yashovchi yaqinlariga bu haqida ma’lumot berilmagan hamda faqat bir marta sudga keltirilgan.
Jabrlanuvchi 3 nafar fuqaro so‘zlariga ko‘ra Antanta hukumati Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 6, 7, 9, 10, 14-moddalari buzgan hamda ish Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Hukumatning fikriga ko‘ra, ushbu ish Qo‘mitaning vakolat doirasiga kirmaydi, sababi fuqarolar milliy darajadagi barcha sud va ma’muriy himoya vositalaridan foydalanib bo‘lganlaridan so‘ng, ular qo‘lga olish haqidagi qaror ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat berishlari kerak edi. Chunki davlat to‘ntarishi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi davlatning Konstitutsiyaviy sudini shaxslar Yevropa sudiga murojaat qilishdan avval foydalanishi lozim bo‘lgan samarali himoya vositasi deb hisoblagan. Boshqa tomondan, jabrlanuvchilar tomonidan keltirilgan moddalarni favqulotda vaziyat sababli BMT Bosh kotibiga yuborilgan ogohlantirish xabariga ko‘ra, normalarni buzish sifatida baholanmaydi.
37. Grata mamlakatida qo‘shni davlatdan kelgan ko‘plab muhojirlar mavjud. Muhojirlarning aksariyati qo‘rg‘oshin ruda konlarida ishlaydi. Shaxtalardagi mavjud mehnat sharoitlari yer osti ishlarida ishlayotganlar hamda yaqin atrofda yashovchi bolalarning sog‘lig‘iga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida ishonchli tibbiy dalillar mavjud. Milliy iqtisodiyot qo‘rg‘oshin rudasi eksportiga juda bog‘liq.
Kutilmaganda qo‘rg‘oshin rudasi narxining to‘satdan tushib ketishi minglab mehnat muhojirlari sonining qisqarishiga olib keldi. Mamlakat hukumati barcha ishsiz mehnat muhojirlari va ularning oila a’zolariga mamlakatni yetti kun ichida tark etishni buyurdi, aks holda ularning quvg‘in qilinishi va xavfsizlik kuchlari orqali surgun qilinishini ma’lum qildi. Ushbu buyruqdan sakkiz kun o‘tgach, xavfsizlik kuchlari migrantlar va ularning oilalariga qarshi chegaradan o‘tishga majburlovchi reydlarni boshladilar.
38. Liberiyada doimiy yashovchi Mavrata fuqarosi Zara qizini birinchi sinfga qabul qilish to‘g‘risida iltimos bilan o‘rta maktablardan birining direktoriga murojaat qildi. Zara arizasida qizining otasi – Virni avval Mavrata fuqarosi bo‘lganligini, hozirda esa Liberiya fuqaroligiga qabul qilganligini bildiradi. O’z navbatida Zara va qizining fuqarolikka qabul qilish bo‘yicha arizalari Liberiya vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilayotganligini va yaqin kelajakda ular ham Liberiya fuqaroligini olishlari mumkinligini bildirdi.
O’rta maktab direktori Zaraning arizasini o‘rganib chiqib, rad javobini berdi. Rad etish sabablari sifatida ikki holatni keltirib o‘tdi. Birinchi asos – ariza berish vaqtida Zara va uning qizi Liberiya fuqaroligiga ega emasligini, bunday vaziyatda ota yoki onaning fuqaroligi ahamiyatga ega emas. Ikkinchi asos – Zara va uning qizi islom diniga etiqod qiluvchilar bo‘lib, Liberiya musulmon o‘g‘il va qiz bolalar alohida maxsus maktablarda tahsil olishligini, ular ham ushbu maktablardan biriga murojaat qilishlari lozimligidir.
Zara farzandining ta’lim olish huquqi buzilyapti deb hisoblab Liberiya sudiga murojaat qilishga qaror qiladi. Liberiya tuman sudi ishni o‘rganib chiqib, maktab ma’muriyati to‘g‘ri tushuntirish berganligini, bu yerda hech qanday normalar buzilmagan degan qarorga keladi.
39. BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga Urugvay fuqarosi Diyego Sanchezning murojaat kelib tushdi, u 2016 yil 8 sentyabrda Montevideo ko‘chasida fuqarolik kiyimidagi politsiyachilar tomonidan hibsga olingan. Hibsga olinishga sabab sifatida Sanchez tomonidan mamlakatda ta’qiqlangan gazeta tarqatish aybi qo‘yilgan. Sanchezning ma’lumotiga ko‘ra, so‘roq paytida unga nisbatan noqonuniy usullar va qiynoqlar qo‘llangan. Politsiya uning xotini va bolalarini hibsga olish bilan tahdid qilgan. Hech qanday ordersiz uning kvartirasi tintuv qilingan. Bundan tashqari, o‘z murojaatida Sanchez hibsda saqlangan butun muddat davomida (50 kundan ortiq) u advokat xizmatidan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lganini ko‘rsatadi. 2016 yil 5 noyabrda harbiy sud qarori bilan aybiga dalil yo‘qligi sababli ozodlikka chiqariladi. Biroq ozodlikka chiqqanidan keyin unga noqonuniy hibsda saqlangan vaqt uchun yetkazilgan moddiy zarar to‘lanmagan. Sanchez BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga murojaat qilishga qaror qiladi.
2017 yil 25 avgustda Inson huquqlari qo‘mitasi Sanchezning shikoyatini ko‘rib chiqib, ushbu shikoyatni qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyati to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish uchun Urugvay hukumatidan ushbu ish bo‘yicha batafsil ma’lumot berishni so‘radi. Urugvay hukumatining Qo‘mitaga 2017 yil 27 oktyabrdagi bergan javobida Urugvay tomoni ushbu shikoyatning Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilishiga e’tiroz bildirdi, chunki uning fikricha, shikoyatchi o‘z mamlakatidagi milliy himoya tizimining barcha bosqichlarini bosib o‘tmagan va Urugvayning ichki qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida bo‘lgan har qanday fuqaro barcha sud instansiyalariga erkin murojaat qilish imkoniyatiga ega.
40. Peru sudining qaroriga binoan Lyuksemburg fuqarosi Doroti ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan Perulik uch yoshli qizni rasman asrab oldi. Uni Lyuksemburg qonunchiligiga ko‘ra rasmiylashtirish, xususan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish, bolaga Lyuksemburg fuqaroligini va Lyuksemburgda doimiy yashash huquqini olish uchun sudga murojaat qildi (o‘zgartirish kiritilgunga qadar, Lyuksemburg amaliyotida xorijiy davlatlarning farzand asrab olish haqidagi qarorlari avtomatik ijro etilgan bo‘lib, FHDY organlari oraqali rasmiylashtirishning o‘zi yetarli bo‘lgan. Yevropa kengashiga a’zo davlatlar hududida ham mazkur amaliyot keng qo‘llaniladi). Peru sudining to‘liq farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarori Lyuksemburg qonunchiligiga zid bo‘lganligi sababli Lyuksemburg sudi uning da’vosini qanoatlantirmadi. Sudning fikriga ko‘ra, ushbu holat Lyuksemburg Fuqarolik kodeksining qonunlar ziddiyati normasiga muvofiq bo‘lib, unga ko‘ra turmushga chiqmagan shaxs tomonidan to‘liq farzandlikka olish taqiqlanadi.
Doroti Lyuksemburg davlati sudining qarori Inson huquqlari va asosiy erkinliklari himoyasi to‘g‘risidagi konvensiyaning 8-moddasiga zid deb hisoblab keyingi bosqich sudiga shikoyat beradi. Mazkur shikoyat asossiz deb topildi, chunki Sud Peru sudining qarori Lyuksemburg kollizion qonunchiligiga to‘g‘ri kelmaydi, degan xulosaga keldi, unga ko‘ra farzandlikka olish shartlari farzandlikka oluvchi fuqarosi bo‘lgan davlat qonuni bilan tartibga solinadi. Apellyatsiya va kassatsiya sudlari ham avvalgi sud qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi.
Doroti Lyuksemburg sudlarining qarorlari shaxsiy va oilaviy hayotga davlat tomonidan aralashuv hamda inson huquqlarini kamsitishni ta’qiqlashga oid normalarga zid deb hisoblab Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qiladi.
41. 2006 yil 26 oktyabrda Stefan ismli shaxs Krakoziya viloyat sudi tomonidan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qarorni o‘zgartirish yuzasidan berilgan shikoyat ham samarasiz yakunlandi. 2007-yil 22-fevralda hukmni Oliy sud o‘z kuchida qoldirdi.
Arizachi jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tamoqda. 2007-yil 25-may va 2007-yil 14-dekabrda arizachi koloniya ma’muriyatiga BMT va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga yuboriladigan maktublarni taqdim etdi. Maktubda u odil sudlovga bo‘lgan huquqlari buzilganligi haqida shikoyat keltirilgan edi. Muassasa rahbariyati uning xalqaro inson huquqlari organlariga murojaatlari ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish talabi bilan Oliy sud raisi va Bosh prokurorga murojaat qilmaguncha yuborilmasligini ta’kidladi. Ariza beruvchi koloniya ma’muriyati aytgan talabni ham bajardi, biroq ushbu murojaatlar ham natija bermadi. 2008-yil 1-fevralda arizachi Yevropa sudiga uning odil sudlovga bo‘lgan huquqi buzilganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qildi. 2008 yil 13 fevralda koloniya boshlig‘i arizachini doimiy huquqbuzar deb tan oldi va 2008 yil 26 fevralda uni yanada qattiq rejimli koloniyaga o‘tkaziladi. 2008 yil 4 martda arizachi koloniya ma’muriyati bilan bog‘liq ziddiyat sabab o‘z murojaatiga asosan boshqa koloniyaga o‘tkazildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudida ish ko‘rib chiqish jarayonida Krakoziya davlati shikoyatchiga Yevropa sudiga ariza bilan murojaat qilish munosabati bosim o‘tkazganligini rad etadi. Hukumat arizachining qattiq tartibli koloniyaga o‘tkazilganligini u tomonidan sodir etilgan intizomiy huquqbuzarliklar bilan bog‘laydi. Ariza beruvchi Hukumat tomonidan taqdim etilgan faktlarga e’tiroz bildiradi hamda qattiq tartibli koloniyaga o‘tkazish uni Yevropa sudiga bergan shikoyatidan voz kechishga majbur qilish uchun mo‘ljallanganligini ta’kidlaydi.
42. Asliddin qattiq tartibli kolniyada jazo o‘tayotgan ukasi Farxod bilan uchrashganda, u yerdagi sharoit yaxshi emasligi, mahkumlar bilan ham shafqatsiz munosabatda bo‘lishayotganligi haqida xabar topadi. O’z navbatida Farxod bu haqida jazoni ijro etish mussasasi rahbariyatiga ma’lum qilganligi, Ombudsmanga bir necha bor maktub yo‘llaganligini, biroq hech qanday natija bo‘lmaganligini aytadi.
Asliddin Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman)ga Farxodning nomidan shikoyat yo‘llaydi hamda koloniya hududidan bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsada, nima uchun hech qanday chora ko‘rilmaganini surishtiradi. Ombudsman jazoni ijro etish mussasasidan xabar kelib turishini lekin, Farxod ismli shaxsdan so‘nggi bir yil ichida hech qanday shikoyat kelib tushmaganligini ma’lum qilishadi. Vaziyatni o‘rganish uchun Ombudsman mahkumning qarindoshi shikoyatiga binoan, qattiq tartibdagi koloniyada mahkumlarning yashash sharoitlari bilan tanishish istagini bildiradi.
Biroq, koloniya ma’muriyati mahkumlar saqlanadigan muassasalarda jinoyat protsessual qonunchilikka muvofiq aniq qonunbuzarlik faktlari, aynan shu faktlar tekshiruv uchun asos bo‘lishi bayon qilingan yozma shikoyat mavjud emasligini asos qilib kirishni rad etadi. Muassasa ma’muriyatining fikricha, bunday holatda O’zbekiston Respublikasining “Ombudsman to‘g‘risida”gi qonuniga tayanish asosli emas, chunki Jinoyat protsessual qonunchilikning normasi maxsus xarakterga ega va Vakilga mazkur maxsus normalarga rioya etishi lozim.
Vakil koloniya ma’muriyatidan mahbus Farxod tomonidan ombudsmanga yo‘llangan maktublar nima uchun yetib bormaganligi so‘ralganda, koloniya xodimlari asossiz ayblangan, holatlar bo‘rttirib ko‘rsatilgan xatlar muassasa hududidan tashqariga chiqarilmasligi yoki tahrir qilinishi ma’lum qilindi.
43. Vanaxeymning 14 yoshli fuqarosi Syuzi ismli shaxsning ota-onasi rasmiy nikohdan o‘tmasdan turib uzoq vaqt birga yashagandan so‘ng ajrashishgan. Bunday holatlarda Vanaxeym qonunchiligiga ko‘ra, bolaga nisbatan ota-onalik huquqi faqat onaga berilar edi. O’z navbatida ota vakolatli organlarning ruxsatini olganidan so‘ng o‘z bolasi bilan ko‘rishishi mumkin edi.
Oradan 3 yil o‘tganidan so‘ng ota bola bilan uchrashish uchun beriladigan tegishli ruxsatni vakolatli organlardan oladi. Otasi bilan birga bo‘lishi natijasida bola otasiga tobora o‘rganib qola boshladi. Bu orada Syuzining otasi Midgard davlatiga ko‘chib o‘tadi. Ikki haftalik ta’tilda otasi bilan birga yashaganidan so‘ng bola onasiga qaytishni istamaydi. Natijada, onasi ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi organga murojaat qildi. Biroq muassasa vakillari bola hozir boshqa davlatda ekanligi sababli, u qaytib kelganidan so‘ng bolani olish mumkinligini aytishadi. Shunda Syuzining onasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga farzandini xorijga olib ketishganligi bo‘yicha shikoyat qiladi.
44. Bryune Antverpenda advokatlik amaliyotini o‘tayotgan edi. 2019 yil 31 iyulda u hali stajyorlik qilayotgan vaqtda, Antverpen advokatlar assotsiatsiyasining Yuridik yordam va himoya bo‘limi tomonidan rasman Namibiya fuqarosi Bouzmanni himoya qilish uchun tayinlangan. Bouzman jinoyat sodir etishda ayblangan bo‘lib, birinchi instansiya sudining uni aybdor deb topish haqidagi qarori Apellyatsiya bosqichida ham o‘zgarishsiz qoldirilgan edi. Biroq, Bryune tomonidan Bouzman foydasiga Adliya vazirligiga bir necha bor kiritilgan iltimosnomalar natijasida, Bouzman 2019 yil 17 dekabrda qamoqdan ozod qilinadi.
18 dekabr kuni Antverpen advokatlar assotsiatsiyasining Yuridik yordam va himoya bo‘limi Bryuneni ishdan ozod etilishini va uning mijozi Bouzman to‘lovga qobiliyatsizligi sababli, Bryunega to‘lov va sud xarajatlari to‘lanmasligini ma’lum qiladi.
Bryunening ta’kidlashicha, u uch yillik xizmat faoliyati davomida 50 ga yaqin ishlarga advokat sifatida tayinlangan bo‘lsada, ularning hech biriga mukofot pullari berilmagan hamda harajatlar qoplanmagan. Agar bu ishlarni amalga oshirmaganida, uni kelgusida advokatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirib tashlash xavfi bor edi deb hisoblaydi. Bu esa majburiy mehnatning elementlari bo‘lib, uning huquqlari buzilayotganligini qayd etadi.
O’z navbatida, Antverpen advokatlar assotsiatsiyasining Yuridik yordam va himoya bo‘limi bu hech qanday majburiy mehnat emasligini, bu ishlarni amalga oshirishga uning o‘zi rozi bo‘lganligini dalil sifatida keltirib uning da’volarini rad etadilar.
45. Avstriya davlati fuqarosi Gerxard siyosiy qarashlari sababli 2004 yilda o‘z davlatini tark etdi. U o‘z davlati tomonidan ta’qib qilinayotganligi hamda uning himoyasidan foydalana olmasligini tushuntirganidan so‘ng 2006 yilda Niderlandiyada yashagan vaqtda unga qochoq maqomin berilgan. Biroq u qidiruvda bo‘lganligi sababli, 2010 yilda halqaro order asosida Shvetsiyada maxsus xizmati tomonidan hibsga olinadi. Bu haqida xabar topgan Avstriya hukumati Shvetsiya hukumatiga fuqaroni insoniyatga qarshi jinoyat bo‘yicha ayblab sud qilish uchun Avstriya davlatiga ekstraditsiya qilish haqida so‘rov jo‘natadi.
Avstriya hukumatining ta’kidlashicha, mamlakat qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgartirishlar Gerxardning odil sudlovga bo‘lgan huquqlarini tan oladi hamda adolatli sud jarayonini kafolatlaydi. Ular shuningdek, u izolyatorga joylashtirilishi va unga munosib muomila ta’minlashini ta’kidlashgan. Gerxardning ishi Shvetsiya Oliy sudiga jo‘natiladi va ish diqqat bilan ko‘rib chiqilganidan so‘ng, ekstraditsiya uchun huquqiy to‘siqlar yo‘q deb hisoblandi. Sud bunda Avstriya davlat qonunchiligiga muhim o‘zgarishlar kiritilganligini va ish adolatli tarzda halqaro standartlarga muvofiq ravishda ko‘rib chiqilishini asos sifatida keltirdi.
Gerxard Shvetsiya Oliy sudi chiqargan qaror xalqaro huquq normalariga zid ekanligini, qochoq maqomidagi shaxs uni ta’qib qilayotgan davlatga har qanday holatda ham qaytarilmasligi bo‘yicha imperativ norma mavjudligini qayd etadi.
Ushbu vaziyatdagi barcha davlatlar 1951 yilgi Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.
46. 2021 yil 17 mart kuni ertalab soat 9 larda Parijdagi ichki ishlar bo‘limiga Arena ko‘chasidagi 23-sonli o‘rta maktab binosiga portlovchi moslama joylashtirilgani haqida telefon orqali xabar kelib tushdi. Voqea joyiga yetib kelgan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektor Xyugo o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazgan holda, politsiyaga 8-sinf o‘quvchisi Grizman (kelib chiqishi jazoirlik) qo‘ng‘iroq qilganini aniqladi. Bunday xabar berishiga sabab, o‘sha kuni bo‘lib o‘tadigan algebra fanidan imtixonni bekor qilish niyatida bo‘lgan. Biroq o‘sha kuni ertalab taniqli san’atkor 11-sinf o‘quvchilari oldida konsert berishi kerak bo‘lib, yolg‘on xabar tufayli chiqish qoldiriladi. Konsertning bekor qilinishining asl sababini 8-sinf o‘quvchilaridan bilgan 11-sinfning bir guruh o‘quvchilari Grizmanni kaltaklab, unga yengil tan jarohati yetkazishadi. Maktab ma’muriyati Grizmanni aybdor deb hisoblab hamda o‘quvchilar o‘rtasida katta janjal kelib chiqishini oldini olish maqsadida sud yakunlangunga qadar uni o‘qishdan chetlashtirishadi.
Grizmanning ota-onasi tuman prokuroriga voqea kuni maktabga borgan inspektor Xyugoni maktab o‘quvchilari bilan suhbatda politsiyaga ataylab yolg‘on xabar qilganlikda gumon qilinib, sud xali ushbu qilmishni sodir etishda aybdor deb topmasdan, ularning o‘g‘lini ismini oshkor qilgani uchun javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat qiladi. Maktab ma’muriyati esa ularning o‘g‘lini kamsitayotgani (bir oy oldin o‘quvchilar o‘rtasida janjal bo‘lganligini, lekin hech bir o‘quvchi maktabdan chetlatilmaganini vaj qilib keltiradi), ular jazoirlik bo‘lgan uchun o‘g‘lini maktabdan chetlashtirishdi deb, ularni ham javobgarlikka tortish haqida shikoyat qilishadi.
47. 2015 yil 3 yanvarda N.Romanova jismoniy layoqatsizligi tufayli, o‘zining 1 yoshlik nevarasini bolalar uyiga topshirdi. Qizchaning onasi uni tug‘ilganidan so‘ng buvisiga topshirib ketgan edi. N.Romanova o‘z qizining taqdiri va qayerdaligidan bexabar edi, chunki uning qizi odatiy hayot kechirmas, spirtli ichimliklar ichar, narkodispanserda ro‘yxatda turar edi. Qizchaning onasi bolalar uyiga biron marta ham bormaydi.
2015 yil mart oyida qizcha boshqa oilaga (ota-onalarga) kelgusida farzandlikka olish huquqi bilan beriladi.
2015 yil oktyabrda qizchaning onasi farzandini boshqa oilaga topshirilganligidan xabar topadi va qizini bolalar uyiga qaytarishni talab etadi. U farzandi faqatgina davlat qaramog‘ida bo‘lishini talab etadi, chunki mazkur mamlakatning qonunchiligiga ko‘ra farzandi 16 yoshga to‘lganidan so‘ng davlat har bir bolani alohida uy bilan ta’minlashga majbur hisoblanadi.
Farzand bolalar uyiga qaytariladi.
48. Norman va unga sherik bo‘lagan 11 nafar fuqaro inson huquqlarini himoya qilish, ushbu sohada axborotlar tarqatish, inson huquqlari buzilishlari holatlari monitoringini olib borish maqsadida nodavlat-notijorat tashkiloti (NNT) tuzishni rejalashtirib, 2021 yil 7 avgustda Dokata davlatida faoliyat olib boruvchi NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun Adliya vazirligiga murojaat qildi. Arizani o‘rganib chiqish jarayonida Adliya vazirligi NNT nizomidan 26 ta xato topib, arizani qaytarib fuqaro Normanga qaytaradi.
Arizachilarning fikriga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nizomdagi xatolarning ko‘pchiligi grammatik va stilistik xatolar bo‘lsada, Adliya vazirligi quyidagi ikki sababga e’tiborni qaratib mazkur NNTni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi: 1-sabab – nizomda ko‘rsatilgan NNT vakolatiga kiritilgan ayrim masalalar Dokata davlat organlarining mulaq vakolatiga kirishligi; 2-sabab – ariza mualliflari Dokatada faoliyat olib boruvchi NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza topshirgan bo‘lsalarda, NNT Respublikaning barcha hududlarida o‘z vakolatxonalarga ega emasligi.
49. Boraviyadagi axloq tuzatish muassasalaridan birida Kryuger ismli 18 yoshli mahkum 1 yil davomida axloq tuzatish muassasasi hududida joylashgan avtomibilga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida mehnat faoliyatini olib bordi. Mehnat faoliyati davomida bajargan ishi uchun tegishli haq ham oldi. Mehnat faoliyatini boshlashidan avval Kryugerga mahkumlarning mehnat xavfsizligi, ish vaqti, mehnatga haq to‘lash, haq to‘lanadigan ta’tillar haqida ma’lumot berilgan edi.
Kryuger Shoxobcha ish beruvchisiga yillik mehnat ta’tilini so‘rab murojaat qilganda, ulning talabi rad etildi. Bunga sabab sifatida ish beruvchi mazkur mahkumlar bilan mehnat shartnomasi tuzilmagani, ishga joylashtirish bo‘yicha buyruq berilmagani, ya’ni rasmiy mehnat munosabatlari mavjud emasligini tushuntirdi. Shu bilan birga shahobcha rahbari qo‘shimcha tarzda quyidagilarni sanab o‘tdi. Mahkumlar istalgan vaqtda majburiy mehnatga jalb etilishi hamda Kryuger tomonidan 1 yil davomida amalga oshirilgan ishlar mahkumning majburiy jamoat ishiga jalb etilishi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Qonunchilikka ko‘ra majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi hamda ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi.
Kryugerning fikricha mahkumlar tomonidan amalga oshiriladigan mehnat ham mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi lozim. Ushbu vaziyatda uning mehnat huquqlari buzilyapti deb Ombudsmanga murojaat qilishga qaror qiladi.
50. O’zbekistonda pandemiya tarqalganligi sababli butun mamlakat hududida qarantin choralari o‘rnatildi. Shaharlararo harakatlanish cheklandi. Faqatgina rasmiy ruxsati bor davlat idoralari hodimlargina shaharga kirish, o‘z ish joyida ishlash huquqiga ega edi. Aholining qolgan toifalariga esa bunday ruxsat berilmadi, shu jumladan, o‘qituvchilarga ham. Ko‘plab tashkilot, muassasalar tomonidan xodimlar maofaviy ish shakliga o‘tkazildi. Karantin choralari vaqtida o‘qituvchilar o‘quvchilar uchun masofaviy dars o‘tishlari, ularga topshiriq berishlari hamda o‘zlashtirishni elektron platformada qayd etib borishlari lozim edi. O’z vazifalarini vaqtida bajarmagan o‘qituvchilar o‘sha kuni ishda bo‘lmagan hisoblanishi va oyliklaridan ushlab qolinishi haqida masofaviy ishga chiqarib yuborilayotganda majlisda ogohlantirildilar.
Karantin choralari yakunlanganidan so‘ng, xususiy maktab o‘qituvchisi Sobir karantin vaqtida dars o‘tish uchun kopyuter sotib olganligi, yashash joyida internet aloqasi yaxshi bo‘lmaganligi uchun har kuni shahar markaziga qatnashiga to‘g‘ri kelganligi, qolaversa o‘z hisobidan internet uchun internet paketlar xarid qilganligi sababli maktab direktoriga harajatlarni qoplab berish talabini qo‘yadi.
Maktab direktori Sobir tomonidan amalga oshirilgan ishlar uning funksional vazifasiga kirishini, qolaversa mehnat shartnomasiga bu haqida o‘zgartirish kiritilmaganligi, hukumat tomonidan 2020 yil 25 martda qabul qilingan karantin vaqtida masofaviy ishga oid nizomda ham bu masala tartibga solinganligini asos sifatida keltirib, uning talablarini rad etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |